boshqarish bo’limlari ish olib boradi. O’zbekistonda atrof muhitni
muhofaza qilish bo’yicha bosh ijro etuvchi organ Tabiatni muhofaza
qilish davlat qo’mitasi bo’lib, u bevosita Oliy Majlis Senatiga
bo’ysunadi. Qo’mitaning vakolatlariga quyidagilar kiradi:
-vazirliklar, idoralar, korxonalar va fuqarolar, tabiatni muhofaza
kilish haqidagi qonun xujjatlariga rioya etishlari ustidan davlat
nazoratini amalga oshirish;
-tabiatni muhofaza qilish dasturlarini ishlab chiqish;
-davlat ekologiya ekspertizasini o’tkazish;
-atrof muhit sifatining me’yorlarini tasdiqlash ;
-ifloslantirvuchi moddalami havoga chiqarib tashlash va suvga
oqizish, shuningdek, chiqindilami joylashtirishga ruxsatnomalar berish
va ulami bekor qilish;
-ekologiya masalalarida xalqaro hamkorlikni tashkil etish.
Tabiatni
muhofaza
qilish
qo’mitasi
Qoraqalpog’iston
Respublikasida, Toshkent shahri va viloyatlarda, ma’muriy tumanlar
tabiatni muhofaza qilish qo’mitalaridan iborat tuzilmaga ega. Tabiatni
muxrfaza qilish soxasidagi davlat nazoratini Tabiatni muxofaza qilish
davlat qo’mitasidan tashqari Ichki ishlar vazirligi, Sog’likni saqlash
vazirligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Geologiya va mineral
resurslar qo’mitasi amalga oshiradi. Tabiatni muxofaza qilish soxasida
idoraviy, ishlab chiqarish va jamoat nazorati amalga oshiriladi.
11.3 Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy chora-tadbirlari
Bizning mamlakatimizda uzoq vaqt davomida tabiatdan
foydalanish bepul bo’lgan. Korxonalar yer, suv va boshqa tabiiy
resurslardan foydalanishgan, atrof- muhitni ifloslantirganlar va buning
uchun hech qanday to’lov to’lamaganlar. Faqatgina atrof muxitning
Do'stlaringiz bilan baham: |