ma’suliyati cheklangan jamiyat deb ataladi. Bunday jamiyat ustav kapitalidagi
bo‘lingan hissalar miqdori ta’sis hujjatlarida belgilab qo‘yiladi, uning ishtirokchilari
majburiyatlar bo‘yicha faqat o‘z mulki doirasida javob beradi.
Ma’suliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali faqat muassislarning hissalari
hisobiga tashkil topadi va uning ko‘payishi yoki kamayishi hammaning roziligi bilan
hissa qo‘shuvchilarning ko‘payishi yoki kamayishi bilan yuz berishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchisi o‘z hissasini jamiyat ro‘yxatga olingan sanadan keyin bir yil
davomida to‘lashi lozim.
Qo‘shma korxona O‘zbekiston hamda xorij korxonalari hissalari asosida tashkil
topadi. Qo‘shma korxonaning ustav kapitaliga hissa tariqasida tabiat resurslaridan,
intellektual mulkdan foydalanish huquqi, nou-xau, moddiy va pul vositalari, shu
jumladan, chet el valyutasi berilishi mumkin.
3. Ustav kapitali va uni shakllantirish manbai. Ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pulda
ifodalangan holdagi) yig‘indisini aks ettiradi. Ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissalar
shaklida kiritiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar (ishtirokchilar)
o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra baholanadi, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa,
baholovchi tashkilot tomonidan baholanishi kerak.
2
Ustav kapitali - huquqlar va imtiyozlar olish uchun korxona muassislari tomonidan
ta’sis hujjatlariga muvofiq qo‘shilgan (to‘langan) hamda korxonaning xo‘jalik faoliyatini
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va xarajatlar
majmuidir.
Ustav kapitalini tashkil qilish amaldagi qonunlar va ta’sis hujjatlari asosida amalga
oshiriladi.
Ustav kapitaliga hissa shaklida qo‘shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar
ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijroiya organining qaroriga ko‘ra baholanadi
va hisobga olinadi.
Ustav kapitali o‘zida xo‘jalik sub’ektini tashkil qilish vaqtida uning ta’sis
hujjatlarida belgilangan miqdorda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun ta’sischilarning
ulushlari yig‘indisini ifodalaydi.
Tashkil etilayotgan xo‘jalik sub’ektining ustav kapitali uning muassislari
(ishtirokchilari) tomonidan kiritilgan mablag‘lar hisobiga jamlanadi. U muassislarning
umumiy mol-mulki va ayni vaqtdagi yuridik shaxs sifatida sub’ektning mol-mulki ham
hisoblanadi. Demak, bu ustav kapitali bir tomondan korxona o‘z mablag‘lari manbai
bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa, har bir muassisning mol-mulkidir.
Ustav kapitalining shakllantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
hamda korxona va tashkilotlarning tashkiliy - huquqiy shakllariga muvofiq ta’sis
hujjatlari bilan tartibga solinadi.