QONUN CHIQARUVCHI HOKIMIYAT
– bu Konstitutsiyada mustahkamlangan oliy davlat
vakillik idorasining qonunlar qabul qilish, ularni o‘zgartirish va bekor qilish bo‘yicha alohida
vakolatlari hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatning asosiy vazifasi xalqning (jamiyatning)
irodasini qonun shaklida ifoda etishdir.
QONUNIYLIK
– bu jamiyatdagi barcha huquq sub‘ektlari tomonidan qonun va qonun osti
hujjatlariga to‘la rioya qilinishidir.
QONUNNI E‟LON QILISH
– qonunni ma‘lum nashrda bosib chiqarish yo‘li bilan hammaga
ma‘lum qilish. Qonunni e‘lon qilishning rasmiy va norasmiy turlari farqlanadi.
ini oshirishda katta ahamiyatga ega.
LIZING -
moliyaviy ijaraning alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi
tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing
shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing ob‘ektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga
shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun o‘n ikki
oydan ortiq muddatga beradi.
MAHALLIY O‟ZINI O‟ZI BOSHQARISH
–
mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni
aholining manfaatlari, uning tarixiy, ijtimoiy-etnik va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqib, shu
davlat konstitutsiyasi va qonunlari asosida mustaqil (mas‘uliyatni zimmasiga olib) hal qilish uchun
fuqarolar faoliyatini tashkil etish tizimi. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishni aholi hokimiyat vakillik
organlari (munitsipal majlis, kengashlar, qo‘mitalar va boshqalar), muvofiq keluvchi boshqaruv
organlari, mahalliy referendumlar, fuqarolar kengashlari, bevosita demokratiyaning boshqa hududiy
shakllari, shuningdek, aholining hududiy ijtimoiy o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali amalga
oshiradi.
NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTI TUSHUNCHASI –
nodavlat notijorat tashkiloti -
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad olishni o‘z
faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni o‘z qatnashchilari o‘rtasida
taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir. Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va
yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya
qilish, ijtimoiy, madaniy va ma‘rifiy maqsadlarga erishish, ma‘naviy va boshqa nomoddiy
ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali
maqsadlarda tuziladi.
OVOZ BERISH
– saylov jarayonining muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, aktiv saylov huquqiga
ega bo‘lgan fuqaroning saylovda deputatlikka yoki saylab qo‘yiladigan boshqa lavozimga
nomzodga o‘z ovozini berishga qaratilgan xatti-harakati.
Do'stlaringiz bilan baham: |