Turizmda innovatsiya



Download 304,86 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana01.05.2023
Hajmi304,86 Kb.
#934119
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Turizmda innovatsiya

1
Пригожин А.И. 
Нововведения: стимулы и препятствия. - М.: Политиздат, 1989. - 101 с.
10
Ўша жойда, 34-35 б.


chiqadigan masalalar predmeti ko’proq ijtimoiy yangiliklar bo’ladi, shuning uchun 
ularning o’ziga xos xususiyatlariga ko’proq to’xtalib o’tamiz
10
.
Ijtimoiy yangiliklarni amalga oshirish juda qiyin hisoblanadi, chunki ularning 
parametrlari va natijalarining noaniqligi talab etiladigan o’zgarishlarni faktik 
ravishda amalga oshirmagan holda imitatsiya qilish imkonini beradi. Moddiy-
texnik yangiliklar bilan qiyoslaganda ijtimoiy yangiliklarda quyidagilar kuzatiladi:
Muayyan ijtimoiy munosabatlar, ish madaniyati bilan yaqinroq aloqa. Xususan, 
aynan bir xil innovatsiyalar nafaqat turli madaniyatga ega mamlakatlarda, balki o’z 
madaniy yo’naltirilganligi bo’yicha juda yaqin davlatlarda ham bevosita teskari 
samara berishi mumkin.
Keng qo’llash ko’lami, chunki texnik tomondan yangi ishlanmalarni tatbiq etish 
kerakli boshqaruv, iqtisodiy va boshqa o’zgarishlar bilan birga keladi, lekin o’z-
o’zidan yangiliklar doim ham yangi texnik jihatdan qayta jihozlashni talab 
etavermaydi. Shu sababli yangi jihozlarni o’rganishda bir vatqning o’zida tegishli 
tashkiliy qayta qurishlarni rejalashtirishga to’g’ri keladi. Bu texnik yangiliklar 
qancha muhim bo’lsa, ular tashkiliy aloqa va me’yorlarda shuncha katta 
o’zgarishlarni amalga oshirishni talab etadi.
Yangilikdan foydalanish foydalanuvchilarning guruh va shaxsiy sifatlariga 
ko’proq bog’liq. Chunki bunday yangiliklarning mazmuni ishchilarning 
harakatidagi yangi namunalarni tatbiq etish va kutish, ushbu harakatning ma’lum 
tebranishlar, har xillikdan (muayyan umumiy doirada bo’lsa ham) iborat, ular 
yangilikni kiritishga bog’liq. Ehtimol, so’nggisi qancha foydalanuvchilar bo’lsa, 
shuncha ko’p variantlarda amalga oshiriladi.
Texnik yangiliklar holatida samaradorlikni hisoblab chiqish qiyinroq kechadi. 
Gap shundaki, tajriba, sinovlarni laboratoriya sharoitida emas, balki ishlab turgan 
ob’ektda o’tkazishga to’g’ri keladi. Ushbu yangilikni kiritishning umumiy 
natijalarini ajratib olishdagi qiyinchilik kelib chiqadi, ayniqsa gap yangi harakat 
namunasi yoki munosabat shakli haqida ketsa, “tayyorlash” bosqichining yo’qligi, 
bu texnik yangiliklardan qiyin kechadi. “Tayyorlash” jarayoni bu erda 
loyihalashtirish bilan to’qnashadi.
Bu innovatsion jarayonning bir tarmoqdan ikkinchiga chiqishining oldini olish 
imkonini beradi, yangilikni yaratish jarayonini tezlashtiradi. Ularni barcha 
bosqichlarda rivojlantirishdagi o’zigi xos mualliflik faolligiga yordam beruvchi 
ko’plab texnik yangiliklar bilan qiyoslaganda “ixtirochilik” tushunchasining o’ziga 
xosligi. Radikal boshqaruvdagi yangiliklar, odatda, jamoa tarzida ishlab chiqiladi 
va loyihalashtiriladi.
Bu kabi yangiliklarning o’z qiymatiga egaligi. Yangiliklarni yaratish va 
tirajlashdagi mablag’lar, materiallar, jihozlarning nisbatan kam sarfi deganda, 
uning asl arzon ishlanmaligini tushunish shart emas. Bu yangiliklardagi 
o’zgarishlar predmeti aynan ishchilar, ularning holati, maqomi, odatlari, 
munosabatlari va boshqalar bo’ladi. Bu holatda yangilash uchun tanaffuslar 
natijasida yuzaga kelgan bosim, ba’zida esa ishchilar guruhi manfaatlari hisobidan 
to’lashga to’g’ri keladi. Albatta, bunda boshqa guruhlar yutib chiqishi mumkin. 


Lekin bu holatda “stress nuqtalari” texnik yangiliklardan ko’ra ijtimoiy 
yangiliklardan topiladi. Ko’p hollarda bu quyida ko’rib chiqiladigan innovatsion 
mojarolarga olib keladi.
Ta’kidlab o’tish kerakki, moddiy-texnik va ijtimoiy ko’rinishdagi yangiliklar 
orasida o’zaro almashinuv ko’zga tashlanadi. Shunday qilib, mehnat samaradorligi 
yangi texnikani tatbiq etish, shuningdek, mehnatni tashkil qilish va 
rag’batlantirishning yangi usullari yordamida oshirilishi mumkin. Bir qator 
holatlarda so’nggilari ko’proq samara beradi va qiyoslab bo’lmaydigan darajada 
arzondir.
Texnologik o’lchamlarga ko’ra, innovatsiyalar mahsulot va jarayonlarga 
bo’linadi. Mahsulot innovatsiyalari yangi materiallar, yangi yarimtayyor 
mahsulotlar va butlash qismlarini qo’llash, qat’iy yangi mahsulotlarni olishni o’z 
ichiga oladi.
Jarayon innovatsiyalari ishlab chiqarishning yangi usullari (yangi 
texnologiyalar) demakdir. Jarayon innovatsiyalari korxona (firma) tarkibida yangi 
tashkiliy tuzilmalarni tashkil etish bilan bog’liq.

Download 304,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish