uglevodorodlar birin-ketin ajralib chiqishi boshlanadi
va ular
minoradan tashqariga maxsus quvurlar orqali chiqaziladi.
Minora tagida neftni bug‘lanmay qolgan qoldiq qismi mazut
deyiladi. Mazutni vakuum ostida haydalganda moylar olinadi.
Qurilmaning kamchiligi: neft tarkibida yengil fraksiya ko‘p bo‘lsa
apparatlarda bug‘lanish natijasida bosim ortib ketishi mumkin, bu
apparatlar konstruksiyasini og‘irlashtirib yuboradi.
Qurilmaning
afzalligi: pech va ikkinchi kolonnaga katta og‘irlik tushmaydi.
Neftni 360°C dan ortiq qizdirib bo‘lmaydi, chunki bu tempe-
raturada uning tarkibidagi uglevodorodlar parchalana boshlaydi.
Uglevodorodlaming parchaianishini oldini olish va qaynash harora-
tini pasaytirish maqsadida vakuum ostida usulidan foydalaniladi.
Mazutni moy olish uchun qayta ishlash uni truba pechda vakuum
ostida qizdirishdan iborat. Mazut bug‘lari
vakuum kolonnasiga
tushadi, bu yerda ular distillyatlarga ajratiladi. Bu distillyatlar turli xil
moylar (transformator, sepatator, industrial, motor,
kompressor
moylar) olish uchun ishlatiladi.
Suyuqlik bug‘larining bosimi tashqi bosimga teng bo‘lganda
qaynash boshlanadi. Sistemada bosim kamaytirilganda qizdirilayot-
gan mahsulot past haroratda qaynaydi; masalan, neftning moy frak-
siyalari atmosfera bosimida 500°C
dan yuqori haroratda qaynaydi,
bosim 700 mm simob ustunida esa harorat 100°C ga pasayadi.
Qaynash haroratining pasayishi bosimga to‘g‘ri proporsional
emas. Past vakuum qaynash haroratiga kam ta’sir qiladi. Yuqori
vakuumda esa o‘zgarish katta bo‘ladi. Suv bug‘i bilan vakuumni birga
qo‘llash yaxshi natija beradi va haydash jarayonini yumshoq sharoitda
olib borish imkonini beradi. Neft qoldiqlari polugudron va gudronlami
qayta ishlanganda asosiy mahsulot sifatida
transmission moylar
olinadi.
Haydash usulida juda kam miqdorda (20-30%), sifati past (oktan
soni 40-50) bo‘lgan benzin olinadi. Neftni haydab olingan benzin
miqdori xalq xo‘jaligining o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondira
olmaydi.
Benzin miqdori va sifatini oshirish maqsadida hozirgi vaqtda
qayta ishlashning 2 nchi kimyoviy usuli qo‘llaniladi.
Ikkilamchi qayta
ishlashda kimyoviy jarayonlar natijasida neft va gaz tarkibidagi
uglevodorodlarni yuqori harorat va katalizatorlax ta’sirida o‘zgartirib,
yuqori sifatli benzinlar olinadi.
Kimyoviy usul 2 xil yo‘nalishdan iborat:
1
) Kreking (Parchalash);
2) Reforming (Sifatini yaxshilash).
Kreking
neftning yirik molekulali uglevodorodlarini oson
qaynaydigan maydaroq molekulali uglevodorodlarga parchalashdan
iboratdir. Uglevodorodlaming 2-7
MPa bosim ostida va yuqori
ha
roratda (470°C +540°C)
parchalashga
termik kreking
deyiladi.
Uglevodorodlaming yuqori haroratda (450°C + 500°C) va past bosim
(0,06+0,14 MPa) ostida va katalizator yordamida parchalanishiga
katalitik kreking
deyiladi.
Termik krekinglash jarayoni 3 xil bo‘ladi:
1
. Yuqori bosim (20+70 atm.) ostida termokrekinglash.
Bu usulda 470+540 °C da nisbatan yengil fraksiyalar (ligroin)ni
qayta ishlab, avtomobil benzinini olish uchun ishlatiladi.
2. Neft qoldiqlarni past bosimda termokrekinglash (kokslash,
ya’ni struktura o‘zgarishi bilan boradigan haydash jarayoni). Bu ja-
rayonda neft qoldiqlaridagi asfalt-smola
moddalari qattiq xoldagi
mahsulot koksda yig‘iladi. Shu bilan birga vodorodga boy bo‘lgan
gazoyi, benzin va gaz hosil bo‘ladi.
3. Suyuq va gaz shaklidagi neft xomashyolarini piroliz qilish. Bu
jarayon
termokrekingning
qattiq
rejimda,
olib
borilishi
bo‘lib,
har
xil
xomashyodan
foydalanish
mumkin.
Bunda
harorat 700+900 °C, bosim esa atmosfera bosimiga yaqin bo‘ladi.
Bu ko‘rsatilgan jarayonlar reaksiya zonasida yuqori haroratni
(450°C +1200 °C gacha) qo‘llash bilan xarakterlanadi. Yuqori harorat
ta’sirida neft xomashyosi parchalanadi (kreking), hosil bo‘lgan
uglevodorod molekulalari zichlashadi.
Termik kreking benzin tarkibida to‘yinmagan uglevodorodlar
borligi bilan to‘g‘ri xaydalgan benzindan farq qiladi oktan soni 30-
40% (68+70)ga yuqoriroq bo‘ladi, lekin bu benzinni
uzoq vaqt saqlab
bo‘lmaydi,
chunki
vaqt
o‘tishi
bilan
undagi
to ‘yinmagan
uglevodorodlar oksidlanib smolalar hosil qiladi.
Katalitik kreking
jarayonining asosiy vazifasi yuqori sifatli
(oktan soni yuqori bo‘lgan) benzin olishdir. Katalizatorlar sifatida
alyumosilikatlar ishlatiladi. Harorat rejimi termokrekingnikiga o‘x-
shash (470+540 °C), lekin reaksiya tezligi yuqori bo‘lib, olinadigan
benzin sifati ham ancha yuqori bo‘ladi.
1.7-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: