foydalaniladigan yashil butalariga, sport va dam olish inshootlariga
ega. Mavjud shimoliy sanoat zonasida engil sanoat, kichik va o ‘rta
tadbirkorlik inshootlari rivojlangan va hokazo.
Shimoli-g'arbiy sanoat zonasi yangi bo'lib, obodon hududlardan
tashqarida joylashgan va yangi sanoat inshootlari joylashtirish uchun
zaxiralarga ega. Bosh reja mualliflari taklif etgan turar-joy tumanlarining
bir-ikki qavatli uylari aralash bo'lib, bu yerda shahar va qishloq uylari
almashib turadi. Shahar kompozision o'qi — Urgutsoy qirg‘oqlarini
ко‘kalamzorlashtirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Shaharni ko‘ka-
lamzorlashtirishning asosiy unsuri - shahar parki bo'lib, u yangi
markazda, shimoli-g'arbiy turar-joy tumani tarkibida joylashgan. Shahar
sport markazi mavjud o'yingoh ncgizida rivojlanmoqda, uning hududi
7,4 dan 41,25 ga gacha kengaytirilgan. Transport tizimi shahar shohroh
ko'cha tarm og'i tuzilmasini hisobga olib qurilgan. Asosiy shahar
ko'chalari — Navoiy, Temur, Qoratcpa, Rahimov va hokazolar bundan
keyin ham rivojlantirilib, yangilari bilan lo'ldirib boriladi. Navoiy va
Rahimov ko'chalari yangi shohrohlnr ahamiyatiga ega bo'ladi, ularning
har ikki tom onida umumshahar markazi inshootlari rivojlantiriladi.
Loyihada shahar loyiha chegarasidan tashqarida shimoliy aylanma
shohrohlami muddatida qurib bitka/ish taklif ctiladi.
Qadimgi Urgut shiddat bilan rivojlanmoqda. Asosiy m a’muriy
binolar, m ahalla markazlari, bozor, kutubxona, kasalxonalar va
poliklinikalar, masjidlar, hammomlar, shahar markazini tashkil etuvchi
savdo, madaniy-maishiy xizmat ko'rsatish inshootlari va hokazolar
qurildi. Qurilishlar mahalliy ashyolar — tabiiy oq tosh, g'isht va
hokazolar vositasida olib borilmoqda. Yog'och, ganch o'ymakorligi,
xalq amaliy san’atining boshqa turlari jamoat binolarida ham, turar-
joy qurilishlarida ham keng quloch yoygan.
Yangi bosh rejaning amalga oshirilishi kelajakda shaharni rivojlan-
tirishda katta imkoniyatlar ochib beradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig'iga
muvofiq «O'zshaharsozlik» instituti sakkiz viloyat markazi markaziy
mintaqalarining loyihaviy takliflari va maketlarini bajardi. Ularning
rejalashtirish tashkilotida shaharlar markazlarining qulay muhitini
yaratish maqsadida hududni funksional mintaqalashtirish, ko'ehalar
tarmog'i tuzilishi, jamoat piyodalar yurish zonalari asosiy majmualarini,
sport inshootlari, ko'rgazma, mehmonxona va turar-joy majmualarini
joylashtirish m a’nosida bosh rejalar qabul qiladigan asosiy tamoyillar
o‘z aksini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: