to ‘g‘risida»gi Qarorini (2005-y, 30-avgust) alohida ta ’kidlab o ‘tishjoiz.
Ularda respublika shaharlari va aholi yashaydigan joylami yaxshilashga
qaratilgan vazifalar aniq belgilab berilgan.
Shaharsozlik sohasida respublika arxitektorlarining ijodiy faoliyati
«Toshkentboshreja LITI» singari qayta tashkil etilgan loyiha va ilmiy-
tadqiqot institutlarida amalga oshirilmoqda, ularda «2015 yilgacha
bo'lgan davrda Toshkent shahar va shahar atrofi bosh rejasining tarhi»
ishlab chiqilgan bo'lib, uni Toshkent shahar hokimiyati tasdiqlagan.
Shu institut mualliflar jamoasi yana «Toshkent viloyati tum an rejasi
tarhi», «Chimyon Chorvoq dam olish zonasini rivojlantirish tarhi»ni
ham ishlab chiqdi.
« 0 ‘zshaharsozlik LITI»
instituti Namangan, Qo‘qon, Termiz va
boshqa shaharlar mufassal rejasining bosh reja hamda loyihalarining
mutlaqo yangi talab va sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqdi.
Shuningdek Islomobod tum an markazini qayta tiklash bosh rejasi,
To‘raqo‘rg‘on (Namangan viloyati), Asaka, Poytug' va M arhamat
(Andijon viloyati), G'ijduvon va Kogon(Buxoro viloyati), Bulung'ur
va Uigut (Samarqand viloyati), Nukus, Qo‘ng‘imt va Beruniy (Qoraqal-
pog'iston Respublikasi) shaharlari bosh rejalari va tuman rejalarining
qator tarhi ishlab chiqildi. Quvonch bilan ta ’kidlash joizki,
sanab
o'tilgan ishlaming ko'pchiligi dadil amalga oshirilmoqda. Yana shuni
ta ’kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qaroriga muvofiq institutning ijodiy jamoasi boshqa tashkilotlardan
qator mutaxassislami jalb etib, « 0 ‘zbekiston respublikasi hududida
aholini joylashtirib chiqishning bosh rejasi»ni
ishlab chiqmoqda, u
shaharsozlikni loyihalashtirishning barcha keyingi bosqichlari uchun
asosiy hujjat bo'lib qoladi.
2015-yilgacha bo'lgan davrda Toshkent shahrini rivojlantirish bosh
rejasi tarhi («Toshkentboshreja» instituti, mualliflar jamoasi) m usta
qillik yillarida yangi sharoitlarda shaharsozlikni rejalashtirishga harakat
qilingan asosiy shaharsozlik hujjati hisoblangan birinchi yirik ishdir.
«Bosh reja tarhi» yangi suveren davlatning poytaxti sifatida
Toshkentning shahar muhiti va infrastrukturasi ilgarigiga qaraganda
yanada yuqori andazalarga muvofiq olg'a qarab rivojlanishini ko'zda
tutadi. Shahar va uning shaharatrofi mintaqalari rivojlanishini baravar
rejalashtirish loyihaning muhim konseptual jihati hisoblanadi.
Bu vazifalaming muvaffaqiyatli bajarilishi Toshkent va Toshkent
mintaqasi xalq xo'jaligini bundan
keyin ham ixtisoslashtirish, poy-
taxtligini kuchaytirish maqsadida Toshkentni oddiy xalq xo'jaligi
Do'stlaringiz bilan baham: