2§. Qо‘ylarda uchraydigan bakterial kasalliklar
2.1. О‘zbekistonda urchitib, kо‘paytirilayotgan qо‘y zotlari
Qо‘zichoqlar uchun profilaktoriyalar 100 bosh urg‘ochi qо‘y uchun kamida 10 ta
tug‘ruqxona talab qilinadi. Tug‘ruqxonaning о‘lchamlari 1,2x1,2 m, 1,2x1,5 m bо‘lishi
mumkin. Qо‘yxona (og‘ilxona) ichidagi yana bir muhim bо‘lma saqman bо‘lmasidir.
Undan tashqari, bо‘g‘oz qо‘ylar, qisir qо‘ylar, qо‘chqorlar va kasal qо‘ylar uchun
kо‘chma tо‘siqlar bilan alohida bо‘limlarga ajratish mumkin.qо‘ylarning salomatligini
asrash Og‘ilxona tozaligi va dizenfeksiya qilish
Kasallik qо‘zg‘atadigan illat gо‘ng va siydik bilan ifloslangan og‘ilxona polida paydo
bо‘ladi. Shuning uchun, agar iloji bо‘lsa, siydikni kanallar orqali tozalash va yuvish va
gо‘ngni tez-tez tozalash kerak. Agarda tо‘shamalar (yog‘och qipig‘i, somon) ishlatilsa,
ifloslangan tо‘shamalarni yoz boshlanishi oldidan (tug‘ish boshlanmasdan) tozalash
kerak. Og‘ilxona devorini, pol va shiftni ohak qilish lozim. Yog‘ochli joy (oxurlar va
kataklarni) metall qismlari bо‘yalishi, ferma tо‘liq dezinfeksiya qilinishi shart. Dori-
darmonlar uchun laboratoriya
Og‘ilxonaning kirish va chiqish eshiklari bir xil bо‘lishi kerak, iloji bо‘lsa og‘ilxonaga
kiraverishda ohak yoki dezinfeksiyalovchi tozalik vositalarini qо‘yish kerak. Yopiq
og‘ilxonalarda derazalar va eshiklar panjara bilan о‘ralgan bо‘lishi lozim. Shu tariqa har
xil zarakunandalarning og‘ilxonaga kirib kelishiga yо‘l qо‘yilmaydi. Gо‘ng turadigan
joylar og‘ilxonalardan uzoqda bо‘lishi shart, pashshalar va shunga о‘xshash
zararkunandalarning kо‘payishini oldini olish maqsadida gо‘ng tо‘planadigan joyni tez-
tez dorilang.
Parazit kasalliklari. Boshqa chorva mollari singari qо‘ylarda parazitlar hayvonlarning
mahsuldorligini pasaytiradi va turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Parazitlar
kasalliklarning birinchi guruhi – distomatosis (jigar qurti), disroselium, oshqozon-ichak
qil qurtlari kasalligi, senuroz (gir aylanma yoki tentak) kasalligi, ichak tasmasimon
chuvalchanglari va о‘pka qurtlari kasalliklaridan iborat. Bular gelmint kasalliklari, deb
ataladi. Parazitlarning ikkinchi guruhiga qо‘y bezgagi, teyleryoz, fassiolez, anaplazmoz
va qonli diareya kabi kasalliklarning qо‘zg‘atuvchilari kiradi. Qо‘tir, kana, qon sо‘ruvchi
28
chivinlar, bit va burgalar kasallik manbaidir. Ulardan chorvani himoya qilishda
quyidagilarga e’tibor bering: mintaqaning xususiyatlarini hisobga olgan holda qо‘ylarga
bir necha marta dori beriladi, bо‘g‘oz qо‘ylar bundan mustasno; yaylovda о‘tlatish
tartibga solinadi, hayvonlar shilliq qurtlar kо‘payadigan kо‘lmak suvli va loyli nam
joylarda boqilmasligi kerak; og‘ilxonalarda yoriqlar yopiladi; yoz mavsumi
boshlangandan qо‘ylar chо‘miltiriladi; - kasal hayvonlar sog‘lom hayvonlardan
ajratiladi.CHо‘miltirish parazit kasalliklarga qarshi eng samarali usullardan biridir.
Qо‘ychilikda eng samarali dorilash ishi yuvintirish orqali amalga oshiriladi. Yuvintirish
va dorilash ishida e’tiborga olinadigan masalalar quyidagilardir: hammom suviga
aralashtiriladigan eng ta’sirli dorining ishlatilish meyorini aniqlash uchun qо‘ylardagi
bitlar, kana va qо‘tirlarni aniqlang. Mutaxassis bilan maslahatlashing; dori-darmonlarni
quruq joyda, bolalar ololmaydigan joylarda saqlash kerak. Oshxona anjomlari va
oziqovqat saqlanadigan joylarda dorilarni saqlamang; dori vositasini hammomda suv
miqdoriga mos dozada ishlatish va hammom suviga tо‘liq aralashtirish kerak. Shuning
uchun uni avvalroq kichik idishlarda namuna usulida aralashtirish kerak. Kichik
idishlarda eritilgan yoki kо‘paytirilgan preparat asta-sekin hammom suviga qо‘yiladi va
aralashtirish uchun uzun tayoq bilan bir yо‘nalishda sekin aralashtiriladi. Dori-darmonli
suv og‘izga va yuzga, qо‘llarga tegib ketmasligi uchun ehtiyot bо‘lish kerak. Epidemik
kasalliklarQо‘ylarda epidemik kasalliklarning keltirib chiqaradigan omillar viruslar va
bakteriyalardir. Qо‘ylarning chechak kasalligi. Qо‘ylar tanasining tuksiz qismida gul
shaklidagi yaralarning paydo bо‘lishi kasallik alomatlaridan biridir. Yuqori harorat,
nafas olishning qiyinlashishi, pulsning kо‘tarilishi, kо‘zning shishishi, siydik va
axlatdagi о‘zgarishlar va boshqa alomatlar chechak darakchisi hisoblanadi. Bunga qarshi
eng samarali himoya emlashdir. Emlama qо‘zilarga, har qanday yoshdagi qо‘ylarga 0,5
dozada kо‘krak va о‘ng bilak о‘rtasidagi teri ostiga yuboriladi.
Oqsil kasalligi va unga qarshi emlash. Bu kasallik turli fasllarda, kо‘pincha yoz oylarida
uchraydi, kasallikning belgilari asosan tirnoqlar orasida yaralar paydo bо‘lishidir.
Kamdan kam hollarda og‘izda ham yaralar kuzatiladi, boshqa alomatlari yuqori harorat,
ishtahaning yо‘qolishi hamda bola tashlash tarzida namoyon bо‘ladi. Oqsildan himoya
qilish kasal qо‘ylarni ajratish va emlashdan iboratdir. Emalash yilning istalgan vaqtida
29
va barcha yosh va jinsdagi qо‘ylarda amalga oshirilishi mumkin. Emlamani bо‘g‘oz
qо‘ylar va 4 oydan kichik yoshdagi qо‘zilarga qо‘llash mumkin emas.
Kataral isitma kasalligi va emlash. Bu qо‘ylarga xos kasallik bо‘lib, og‘zida, tilida va
burnida shish kuzatiladi. Eng odatiy alomat - bu tilning kо‘karishi va osilib qolishi, bunda
hayvonning nafas olishi qiyinlashadi. Chivinlarga qarshi kurashda, qо‘ylarni emlash eng
samarali kurash chorasidir. Bо‘g‘oz qо‘ylar emlanmaydi, qо‘chqorlarni qochirish
mavsumidan keyin yoki qochirishdan 2 oy oldin emlashni amalga oshirish kerak.
Vibriosis (yuqumli bola tashlash kasalligi) va emlash. Bu kasallik homiladorlikning
sо‘nggi oylarida qо‘ylarda bola tashlash shaklida namoyon bо‘ladi. Emlash ishlari
urg‘ochi qо‘ylarni qochirish mavsumidan 3-4 hafta oldin amalga oshiriladi.
Yuqumli ektima va emlash. Bu kasallik asosan qо‘zilarda uchraydi, qо‘zilarning og‘zi,
tili va og‘iz atrofida paydo bо‘ladi. Tilning terisi shilinadi, yaralardan qon ketishi
mumkin, agarda yaralar davolanmasa, ular yallig‘lanadi. Yaralar tufayli oziqlana
olmaydi va qо‘zilar zaiflashadi, zarur choralar kо‘rilmasa, qо‘zilarda о‘lim darajasi 50
foizgacha kо‘tarilishi mumkinTuyoq chirish kasalligi. Kasallik kuz va qishda kо‘proq
uchraydi. Yaylov va og‘ilning loy va nam bо‘lishi kasallikni keltirib chiqaradi.
Qо‘ylarning tuyoqlari yallig‘lanib, yomon hid keladi, hayvon oqsoqlanadi, tirnoq
shaklini о‘zgartiradi, agar davolanish amalga oshirilmasa, tirnoq hatto tushishi mumkin.
Buning oldini olish uchun qо‘yxonalar toza va tagi quruq bо‘lishini ta’minlash kerak.
Yuqumli enterotaksemiya kasalligi (о‘t, ichak zaharlanishi). Entroksemiya bilan
kasallangan qо‘zilar 1-14 kunlik bо‘lganida diareyadan qisqa vaqt ichida nobud bо‘ladi.
Qо‘ylarda kasallik alomatlari odatiy kо‘rinishda bо‘ladi. Sog‘lom hayvonlarda tо‘satdan
sakrash va titroq paydo bо‘ladi va hayvon tо‘satdan yiqilib о‘ladi, о‘lgan hayvonlarning
oshqozon va ichagida qon quyilish kuzatiladi. Enterotaksemiyaga qarshi kurash ikki
usulda amalga oshiriladi. Birinchisi, kasallikning rivojlanishida rol о‘ynaydigan
omillarni yо‘q qilishdir, ikkinchisi – emlash. Enterotoksemiya emlamasi fasllar
almashinuvida, oziqlantirish sharoitlari о‘zgarishi boshlanishidan, ya’ni qishda
boqishdan, yozda yaylov sharoitlariga boqishdan oldin qо‘llaniladi.
30
Infeksion nektorik gepatit kasalligi (yuqumli jigar). Kasallik alomatlari - tо‘satdan
turg‘unlik, yurish qiyinlashuvi, tez nafas olish, bо‘yin egilishi, tishlarni g‘ijirlatish va
tо‘satdan о‘lish.
Kasalliklarga qarshi kurash parazitlarga qarshi kurash tarzida amalga oshiriladi.
Qо‘ylarga jigar zararkunandalariga qarshi muntazam ravishda dori berish kerak. Oraliq
xost vazifasini bajaruvchi shilliqqurtlar va ular mavjud bо‘lgan botqoqliklar dezinfeksiya
qilinishi kerak. Nekrotik gepatitdan himoya qilishning yana bir vositasi emlashdir.
Kuydirgi kasalligi (taloqdagi qora yaralar). Kasallikning alomatlari yuqori tana harorati,
yurakning tez urishi, titroq, og‘izdan sо‘lak oqishi va orqadan qon kelishi, qonli siydik
chiqarish, tez zaiflashish va tо‘satdan о‘lim. Sо‘yilgan hayvonlarda qonning
quyuqlashmasligi va taloq meyordan ortiq katta bо‘lishi kuzatilgan. Eng samarali chora
emlashdir.
Yuqumli brusellyoz kasalligi. Ushbu kasallikning asosiy belgisi sovliqlarda
(homiladorlikning 2-4 oylarida) bola tashlash hodisasidir. Kasallikni aniqlash uchun
qо‘ylardan qon olinadi va laboratoriyaga yuboriladi. Bu kasallik insonga osonlikcha
yuqadi. Ayniqsa, xom sut iste’mol qilinsa va chala pishgan gо‘shtdan yuqishi mumkin.
Bola tashlagan qо‘ylarning bachadonidan noxush hidli suyuqlik keladi. Kasallikning
oldini olish uchun birinchi navbatda kasal hayvonlar suruvlardan ajratiladi. Samarali
himoya emlash hisoblanadi.
Babesiosis (qon siyish) kasalligi. Kasallangan hayvonlarda tana harorati kо‘tariladi,
kavsh qaytarmay qо‘yadi, kasallik avj olganda siydik rangi о‘zgarib, quyuqlashadi.
О‘lgan hayvonlar gо‘shtining rangi sariq rangga kiradi, qarshi choralar kо‘rilmasa, о‘lim
darajasi juda yuqoridir. Eng samarali chora - emlash.
Yaylovlar va о‘tzorlarda zaharli va zararli о‘simliklarning mavjud bо‘lishi ularning
ozuqaviy qiymatini keskin kamaytirib yuboradi.
Qо‘ylar zaharli о‘simliklarni iste’mol qilganda organizmida jiddiy о‘zgarishlar sodir
bо‘ladi, ba’zida о‘lim holatlari kuzatiladi. О‘simliklarning zaharliligi ularda alohida
kimyoviy birikmalarning: alkoloidlar, glikozidlar, saponinlar, organik (sinil, oqsalat va
b. kislotalar), laktonlar, tkosaalbuminlar (fotozaharlilar- ritsin, robin), efir yog‘lari
31
(terpenlar, kamfora), bо‘yovchi moddalar (gossipol, giperitsin), smolali moddalar
mavjudligidir.
Zararli о‘simliklar tarkibida zaharli moddalar bо‘lmasa-da, ularda о‘tkir chetlar,
murakkab gullar shodalari, qirrali tikonlari mavjud bо‘lib, bu illatlar qо‘ylarni
oziqlanishiga xalaqit beradi. Bu guruh о‘simliklar ozuqa sifatda ishlatilsa yoki iste’mol
qilinsa, olinayotgan chorvachilik mahsulotlarining sifatini (sutning rangi va ta’mi,
terining yaxlitligi, junning kо‘rsatkichlari va boshqalar) buzadi. Chorva mollarining
markaziy asab tizimi faoliyatini buzuvchi о‘simliklar qatoriga zaharli vex, oq va qora
belena, krasavka (beladonna), oddiy luman, ikki boshoqli xvoynik, omejnik va boshqalar
kiradi. . Ba’zi zaharli yaylov о‘simliklari Chorva mollarining markaziy nerv tuzilishining
faoliyatini kamaytiruvchi hamda falajga olib keluvchi, ularning oshqozon, ichak tizimiga
salbiy ta’sir qiluvchilar qatoriga kuzgi va tog‘li bezvremenniklar, bobovnik, aptekalik
borets (akonit), bargsiz yejovnik, ekiladigan va baland orlyak, oddiy kirkazon,
paparotnik, it petrushkasi kokorish), rakitnik, sariq rododenron, samshit, termopsis,
dengiz triostrenigi, chemeritsa о‘simliklari kiradi.
Chorva mollarining nafas olish va oziqlanish tizimlari faoliyatiga ta’sir etuvchi
о‘simliklar qatoriga: dala gorchitsasi, zaharli va qatorli gulyavnik, levkoyli sariq о‘t,
о‘rmon jerushnigi, dorili kozlyatnik, yovvoyi sholg‘om kiradi. Chorva mollarining
oziqlanish tizimlari faoliyatiga nojо‘ya ta’sir etuvchi о‘simliklar qatoriga dorili avran,
andromed, dog‘li aronnik, botqoq oqqanoti, vatochnik, garmala, achchiq va dorili
listoven, botqoq myatasi, izdizli va suvli norichnik, jariq va achchiq ochistok, qora
paslen, pereleka, yumaloq bargli rosyanka, oddiy (kо‘kli) rumyanka, chastuxalar kiradi.
Kо‘pgina zaharli va zararli о‘simliklar namli, yomon qaralmagan yaylovlar va boshqa
joylarda uchraydi.
О‘simliklardan zaharlanishning belgilari. О‘simliklar turli xil zaharlarni о‘z ichiga oladi,
shuning uchun hayvonlarning о‘simlik turlariga qarab qanday alomatlar kо‘rsatishini
aniq aytish qiyin. Ammo quyidagilarni kasallik alomatlari, deb hisoblashimiz mumkin:
hech qanday sababsiz, tushunarsiz shaklda kasallanish; tana harorati kо‘tarilmasa ham
markaziy asab tizimida yoki ovqat hazm qilish organlarida tо‘satdan bezovtalik va
suruvdagi kо‘pgina hayvonlarda bu holatning kuzatilishi;yurakning tez-tez urishi va
32
oshqozon va ichakning buzilishi; zaiflik, koma holati va nafas olishning qiyinlashuvi;-
tо‘satdan ich ketish va о‘lim. О‘simlikdan zaharlanishni davolash qiyin kechadi, ba’zida
bu holat о‘lim bilan tugaydi. Zaharlanishni oldindan bartaraf etish muhimroq va osonroq
hisoblanadi. Oldini olish uchun avvalambor, zaharli о‘simliklarni tanib olish va atrofda
buta, о‘tloq-yaylov va daraxtlarni bilish juda muhimdir.
О‘simliklardan zaharlanishiga qarshi quyidagi choralarni amalga oshirish mumkin:
qо‘ylarni sug‘orish va yurishi zaharlanish alomatlarini tezlashtirishi mumkin. Shuning
uchun zaharli о‘simliklarni iste’mol qilishda gumon qilinayotgan hayvonlar suvdan
uzoqroq tutiladi va yuritilmaydi; och qо‘ylar zaharli о‘simliklarga kо‘proq sezgir
bо‘ladi, shuning uchun och va oriq qо‘ylarni yaylovlarga yuborishdan oldin ularni
pichanlar bilan oziqlantirish kerak; agarda qо‘ylar yetarli miqdorda foydali о‘simliklarni
topsa, ular zaharli о‘simliklarni yemaydi, zaharli о‘simliklar kо‘pincha mazali
bо‘lmaydi; qо‘ylar boqiladigan yaylovlarda zaharli о‘simliklarni chо‘ponlar tanib
olishlari kerak, agar zaharli о‘simliklar mavjud bо‘lsa, yaylov ulardan tozalanadi va
ularga qarshi choralar qо‘llaniladi; ba’zi о‘simliklar ma’lum davrlarda zaharli
hisoblanadi, bunday paytlarda qо‘ylar yaylovlarga qо‘yilmaydi; zaharli о‘simliklar
foydali о‘simliklarga qaraganda tezroq о‘sadi, shuning uchun foydali va zararli
о‘simliklar yaylovda tо‘liq о‘sib ulgurmasdan qо‘ylarni yaylovga qо‘yib yubormaslik
kerak; hayvonlar orasida zaharlanish alomatlari paydo bо‘lishi bilanoq, podani bu joydan
tezda olib ketish kerak. Xulosa qilib aytganda, qо‘ylarni och holda yaylovga yubormaslik
kerak, ayniqsa, yaylov о‘simliklari yomg‘ir yoki shudring bilan namlanganda zaharli
о‘simliklarning ta’siri yuqori bо‘ladi va zaharlanishni keltirib chiqaradi. Ajratish va
karantin Ajratish qisqacha qilib aytganda, kasal hayvonlar va sog‘lom hayvonlarni
alohida-alohida joylarga olib borish va shu bilan kasallikning yuqishiga yо‘l
qо‘ymaslikdir. CHо‘ponlar kasal hayvonlar bilan ishlaganda, fartuk va qо‘lqoplardan
foydalanishi kerak. Yuqumli kasalliklar yuzaga kelgan holatlarda, og‘ilxonalarda va
ularda ishlatiladigan asbob-uskunalar yaxshilab tozalanadi va dizenfeksiya qilinadi.
Dag‘al xashak va pichanlarning ochiq joyda bо‘lgan qismlari chiqindiga tashlanadi va
qolgan qismlar dezinfeksiya qilinadi. О‘lgan qо‘ylar yoqib yuboriladi va chuqurga
kо‘mib tashlanadi. Ushbu jarayonlar paytida yuzaga kelgan kasallik haqida veterinar
33
mutaxassislariga va mahalla fuqarolar yig‘iniga xabar beriladi. Hududdagi barcha
qо‘ylar emlanadiKarantin bir mamlakatga yoki hududga tashqaridan kelayotgan
qо‘ylarni alohida joyda saqlash yoki kasallik paydo bо‘lgan hududdagi qо‘ylarni boshqa
joyga kо‘chirishdan oldin bir muddat ushlab turishdir. Ushbu jarayon, ayniqsa, qо‘y
suruvlarini boshqa joyga harakatlantirganda yoppasiga qо‘llanilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |