224
225
shiriqlari bilan o‘quvchilarni uning syujetiga xos bo‘lgan voqealar,
qahramonlar xarakteri va xatti-hatakatidagi oqibatning kelib chi-
qish sabablarini aniqlashga yo‘naltirishi, shundan
keyingina hodi-
sani baholashga undashi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Epik asarning asosiy xususiyatlaridan yana biri konfliktdir.
Talabalar bu kabi nazariy ma’lumotlarni adabiyottanuv kurslarida
batafsil o‘rganadilar, albatta. Adabiyot o‘qitish metodikasi kursi
badiiy asarlarning bevosita o‘quv tahlili bilan aloqadorligi tufayli
mazkur bilimlar ixcham holda eslatib o‘tilmoqda. Konflikt badiiy
asarda tasvirlangan xarakterlar, ifoda etilgan g‘oyalar, kayfiyat
-
larning kurashidir. Konflikt butun
asar syujeti va mazmunining
yo‘nalishini ta’min etadi. O‘z-o‘zidan ravshanki, hikoya ko‘pincha
konflikt asosiga quriladi. Roman yoki qissadan olingan parchada u
qaysi darajasiga ko‘ra aks etgan bo‘lishi ko‘pincha noaniq bo‘ladi.
Epik asarlar sirasiga mansub roman janri inson hayotini
muayyan badiiy makon va zamonda butun murakkabligi bilan,
jamiyat va tabiat bilan aloqadorlikda har tomonlama to‘liq tasvir-
lashga qaratilgan ko‘p planli syujetga ega bo‘lgan asardir. Roman-
da shaxs va jamiyat hayoti bir butunlikda,
mustaqil hodisalar sifa-
tida tahlil hamda talqin qilinadi. Romanda muayyan shaxs taqdiri
oilaviy-maishiy, milliy, ijtimoiy, madaniy muhit bilan o‘zaro uzviy
aloqadorlikda tasvirlanadi. Roman janri markazida inson obrazi tu-
radi
110
.
Epik asarlar sirasiga kiruvchi hikoya ustida ishlashni yirik yo
-
zuvchi Abdulla Qahhor qalamiga mansub «Bemor» asari misolida
quyidagicha ko‘rish mumkin.
Nochorlik, kambag‘allik oldida insonning qanchalar ojizligini
anglatish, bolalar ko‘nglida o‘zgani anglash, achinish hissini tarbi
-
yalashni darsning tarbiyaviy maqsadi sifatida belgilash mumkin.
Asar
matni bilan tanishtirish, uning mohiyatiga kirishga, matn za-
miridagi yozuvchi shaxsini anglashga, bitikda ilgari surilgan ye-
takchi qarashlarni ilg‘ashga o‘rgatish darsning ta’limiy maqsadini
tashkil qiladi.
Dasturda ushbu hikoyani o‘rganish uchun ikki soat vaqt beril
-
gan. Aslida hikoya ilg‘or ta’lim metodlari asosida o‘tilsa, uni
o‘rganish uchun bir soat kifoya. Darslikda adibning hayoti va ijodi
110
F. Salayev, G. Qurboniyozov. Adabiyotshunoslik atamalarining izohli so‘zligi.
– Toshkent, «Yangi asr avlodi», 2010, 202-bet.
225
haqida ma’lumot beruvchi material mavjud. O‘qituvchi adib haqi
-
da axborot beruvchi bu tayyor matnni o‘quvchilarga qaytarib aytib
berishining hech hojati yo‘q. Uni o‘tgan darsning oxirida uy vazi
-
fasi sifatida topshirishi mumkin.
O‘qituvchi o‘quvchi bilan Abdulla Qahhor orasidagi maso
-
fani qisqartirish, ularni bir-biriga yaqinlashtirish uchun adibning
o‘quvchi yoshiga yaqin bolalik davridan
ayrim xotiralarini aytib
berishi mumkin. Masalan: «
Do'stlaringiz bilan baham: