Jamiyatning
demokratlashuvi maktabning demokratlashuvidan boshlanadi.
Avtoritar maktab demokratik jamiyatning bo‘lajak fuqarolarini
shakl
lantira olmaydi
», – degan ekan
96
.
Mustaqil mamlakatining o‘z fikriga ega bo‘lgan fuqarolarini
shakllantirish uchun butun ta’lim tizimini bugun jamiyat talab
qilayotgan avlodni tarbiyalashga qaratish, har bir darsni, xususan,
maktab adabiy ta’limini erkin tarbiya texnologiyasiga tayangan
holda tashkil etish davr talabidir.
Albatta, har qanday ta’lim-tarbiya tizimini shaxsga u yoki bu
darajadagi bosimsiz amalga oshirish qiyin. Ammo bugungi milliy
pedagogika ilmida buni imkon qadar minimal darajaga tushirish
yo‘llari qidirilayotgan ekan, bu jarayonda erkin tarbiya texnologi-
yasiga tayanish, muallimlardan esa maksimal darajada natija bera-
digan metod va usullardan foydalanish talab etiladi.
Masalan, adabiy ta’lim amaliyotida Cho‘lponning «Go‘zal»
she’ri
97
tahlilini erkin tarbiya talablariga tayangan holda tashkil
94
Сухомлинский В. А. Сердце отдаю детям. – Киев. 1972. 243 с.
95
Yo‘ldoshev Q. Yangicha pedagogik tafakkur va adabiyot o‘qitishning ilmiy-
metodik asoslari. Ped. fan. dok… diss. – T.: 1997.
96
Френе С. Избранные педагогические сочинения. – Москва. 1990. С. 153
– 156.
97
Q. Yo‘ldoshev va boshqalar. Adabiyot. 7-sinf uchun darslik-majmua. – T.:
«O‘qituvchi», 2005. 106-bet.
206
207
etish uchun dars jarayonida qanday ishlash masalasini o‘quvchilar
bilan maslahatlashgan holda amalga oshirish ularning ruhiya-
tida ma’lum o‘zgarish yasashi tayin. Agar o‘quvchilar kichik gu
-
ruhlarda ishlashni ixtiyor etsalar: «She’rdagi Go‘zal obrazini kim
deb o‘ylaysiz? Odam timsolimi, vatan obrazimi, ozodlik ramzimi
yoki baxt ifodasimi?» degan muammoli savol o‘rtaga tashlanadi.
O‘quvchilar o‘zlari kelishgan holda istalgan timsolni – kim vatan,
kimdir qiz, qay biridir baxt, yana kimdir ozodlik timsolini tanlab,
o‘zlari tanlagan mavzuga asoslangan holda guruhlarga birlashadi-
lar. O‘z qarashlarini matndan misollar keltirgan holda asoslashga
intiladilar. O‘zaro kelishilgan holda xulosalar chiqariladi. Bu ja
-
rayonda o‘qituvchining vazifasi fikrlarni tinglash, ularning asosiga
diqqat qilish, guruh a’zolarining fikr va xulosalariga isbot talab
qilishdan iborat bo‘ladi. Tahlil jarayonida o‘quvchilarning fikr
-
lariga daxl qilinmaydi, e’tiroz bildirilmaydi. A’zolarning xulosa-
lari bir-birlariga qarshilantirilmaydi. Faqat birgina nozik jihat bor:
tahlil jarayonida o‘quvchilarning fikrlari, qarashlari sog‘lom, toza
ma’naviyat mahsuli ekani ustuvor ahamiyat kasb etishi lozim. Agar
ozgina chetlangan o‘rinlar bo‘lsa, o‘qituvchi buni nazoratga olishi
kerak bo‘ladi. Chunki har qanday erkinlikda ham ma’lum mezonlar
mavjud. O‘zbek tarbiyashunosligi tayanadigan milliy ma’naviyat,
o‘zbekona axloqiy mezonlar, qanday tarbiya asosida bo‘lmasin,
shakllanib kelayotgan shaxsning ruhiyatiga singdirib borilishi
bosh maqsaddir. Guruh a’zolari chiqargan turfa xulosalarini o‘zaro
umumlashtiradilar yoki har bir a’zo o‘z xulosasida qoladi. Guruh
a’zolarining har biri o‘z qarashlarida qolishga haqli. Bu ham ta’lim
va tarbiyadagi erkinlikning xususiyatlaridan biridir.
She’r yozilgan davrga tayaniladigan bo‘lsa, undagi Go‘zal
timsolini vatan deyish uchun ham, ozodlik deyishga ham, baxt deb
qarashga ham asos bor. Chunki XX asr boshlarida vatanni ozod
ko‘rishni hamma narsadan ortiq ko‘rgan shoir Cho‘lpon ko‘ngil
istaklarini asarida go‘zal timsoli zamiriga berkitishi ham tabiiy
hol edi. Vatanning ozodlik ramzi bo‘lmish oqqa burkanishi, baxt
va erkdan, mustaqillik shodligidan «yanoqlari»ga qizil yugurishi
shoir fantaziyasining mahsuli, deb qarash ham mumkin. Guruh
a’zolari hurlik va ozodlikka erishgan vatanning qanday bo‘lishini
bir ko‘rgan shamolning shunday vatanni izlab Turkiston ustida
207
yurishini o‘z dalillari bilan isbotlab bera olsalar, marra «yosh
sinchilar»niki. She’rning qolgan bandlaridan ham o‘zlari bilgan
va ishongan haqiqatni topa bilsalar, ijobiy bahoga haqlidirlar.
Go‘zalni ozodlik yoki baxt ramzi ekanini ham shu tariqa ochib be-
rishlari mumkin.
Agar sinfdagilarning barchasi asar matni bilan tanishganidan
so‘ng Go‘zalni qiz timsoli deb bilsalar, demak tahlilni umumiy
holda tashkil etish ham mumkin. Badiiy matn tahlilini umumiy
holda amalga oshirishda dars jarayoni asar matni yuzasidan o‘rtaga
tashlanadigan savol-topshiriqlar ko‘magida amalga oshiriladi.
«Go‘zal»ning matni tahlili yuzasidan taqdim etilayotgan quyidagi
qarashlarga bir kishining fikri o‘laroq namuna sifatida yondashish
taklif etiladi.
She’rning birinchi bandini qayta o‘qib bergan o‘qituvchida
«savol tug‘iladi»: «Nima uchun oshiq qorong‘u kechada bedor?
Ne sababdan ma’shuqasi haqida yulduzdan so‘rayapti? Nega aynan
eng yorug‘ yulduzdan?» Ma’lumki, chin oshiq uchun uyqu harom.
Oshiq uchun na kechasi, na kunduzi halovat bor. Uning yagona tilagi
– visol. U tinimsiz visol dardi bilan yashaydi. Ma’shuqa esa yo‘q.
Qayerdadir, qandaydir tashvishlar bilan band. Qorong‘u kechada
esa oshiqning yagona hamrohi – yulduzlar va oy. Ma’shuqasini
so‘rab oshiq faqat yulduzlargagina murojaat qilishi mumkin. Oshiq
uchun ma’shuqa faqat eng buyuk sifatlarga munosib. Shuning
uchun u ma’shuqasi haqida eng yorug‘ yulduzdan so‘rayapti.
Boshqa yulduzlar oshiqning ma’shuqasi haqida biror narsa bilishga
munosib emaslar, oshiqning nazarida. Mulohaza uchun navbatdagi
savol o‘rtaga tashlanadi: «Yulduz nimadan uyalyapti? Nega yulduz
ham, oy ham ma’shuqani tushlarida ko‘rishyapti?» Oshiqni telba
qilgan ma’shuqa shunchalar go‘zalki, yulduz ko‘kdagi eng yorug‘,
demakki, eng chiroyli yulduz bo‘lishiga qaramay hijolatda. Shu
hijolati sabab boshi egik. O‘ziga ishonch bilan gapirolmaydi. Yulduz
yigitning ma’shuqasini uyquda ekanida uchratgan. Oshig‘ining
dardidan bexabar, tushlar ko‘rib yotgan uyqudagi malakni tasavvur
qiling. Go‘zallik bilan ichki xotirjamlik mutanosib bo‘lgandagi
uyqu eng yorug‘ yulduzni ham muvozanatdan chiqargan – u
barcha yulduzlar jam bo‘lganida ham ma’shuqaning go‘zalligiga
tenglasha olmasliklarini samimiy e’tirof etmoqda. Yorug‘ yulduz
208
209
yigitning ma’shuqasini bir martagina, tasodifan ko‘rib qolganu
yo‘qotgan, shundan beri ko‘rishni istagani go‘zalning qiyofasini
faqat tushlarida ko‘radi. Uning qanchalar go‘zalligini biladi va shu
bois hech ikkilanmay oy uchun ham javob bermoqda.
Ma’shuqasining hammadan go‘zal ekanini bilgan, lekin uning
manzil-makoni haqida yulduzdan jo‘yali javob ololmagan oshiq
oyga murojaat qilishga majbur. Oy ham o‘zi to‘lganda nurlarini so-
chib uyqudagi malakni bir martagina ko‘rib qolgan. Ma’shuqaning
tabiiy go‘zalligi bilan oppoq nurning mutanosibligi oyni ham «tel-
ba» qilgan. Oy o‘z go‘zalligiga qancha bino qo‘ygan bo‘lishiga
qaramay ma’shuqaning o‘zidan dilbarroq ekanini e’tirof etishga
majbur. Uning oppoq nuriga cho‘milgan qizil yanoqli ma’shuqa
esa qayta ko‘ziga ko‘rinmagan. Oy ham ma’shuqani yana bir marta
ko‘rishni qattiq istaganu, lekin, afsus, faqat tushlarida ko‘radi.
O‘qituvchi o‘quvchilarini mulohaza yuritishga undab: «O‘ylab
ko‘ring-chi, shamol go‘zalni qanday holatda ko‘rgan bo‘lishi
mumkin?» degan savolni o‘rtaga tashlaydi. Bu savolga o‘quvchilar
banddagi birinchi misraga tayangan holda javob beradilar. Bu
borada o‘quvchilarning qanday javob berishi va fikrini nimalar
bilan asoslashi katta ahamiyat kasb etmaydi. Lekin go‘zalni bir
martagina ko‘rib qolgan shamolning yo‘lidan ozib go‘zalni nega-
dir tog‘u toshlar orasidan izlab yurishi ularni o‘yga toldirishi aniq.
O‘qituvchi javoblardan mantiq qidirishi ham shart emas. Chunki
o‘quvchilarning aytgan fikrlari mustaqil tafakkur mahsuli bo‘lgani
bilan qadrli. Mantiqiy asoslar shu tariqa ishlanaverish asnosida
shakllanib boradi.
Bezovta oshiq hali o‘z savoliga arzirli javob topolgani yo‘q.
Go‘zalni nafaqat oshiq, balki barcha oshiqlar qidirmoqda. Uni
kimdir o‘ngida, kimdir tushlarida ko‘ryapti. Go‘zalligini e’tirof et-
yapti. Hatto kun ham bundan mustasno emas: u ham xuddi shamol
singari go‘zalni o‘ngida ko‘rgan. «
Do'stlaringiz bilan baham: |