O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Nasrchi va nazmchilar hikoya 
qilish, voqealarni izohlash, hodisalarni ifodalash, xarakterlarni 
tasvirlash yo‘lidan borishsa, dramaturg so‘zlarni harakatga 
solish, qahramonlarni so‘zlatib qo‘yib, xarakterlarini ochish 
usulidan foydalanadi
»
121
. Kitobxon yoki tomoshabin dramada 
sodir bo‘layotgan voqea va qahramonlarni ularning o‘zidan payqab 
oladi. Binobarin, dramaturg o‘z qahramonlarining hayoti haqida 
hikoya qilmaydi, balki ularni harakatda ko‘rsatadi.
Dramatik asarlarda ohang, pauza va ovozning baland-pastligi 
katta ahamiyatga ega bo‘lib, nutqning o‘ziga xos bu xususiyati 
sahnada yorqinroq namoyon bo‘ladi. Dramada dramaturg tashqi 
voqea-hodisalar, hayotiy masalalar, ishtirok etuvchi shaxslarni o‘z-
o‘zini namoyon qilish vositasida aks ettiradi. Har qanday hodisa 
ham dramatik bo‘lavermaydi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchi va talabalar bir necha dramatik 
asarlar bilan tanishadilar. Ular orasida qadimgi Yunon drama-
turglarining asarlaridan boshlab, xorijiy mamlakatlardagi adiblar 
qalamiga mansub bo‘lgan sahna asarlari, o‘zbek dramaturglari 
bitiklarigacha qamrab olingan. Maqsud Shayxzoda, Said Ahmad, 
Sharof Boshbekov, Xurshid Davron va hk. adiblarning dramatur-
giyasi ham shular jumlasidandir. Dramatik asarlarni tahlil qilishda 
adabiyotshunoslikdagi mavjud tadqiqotlarga tayanish mumkin. 
Ayniqsa, Izzat Sulton, N. Mallayev, H. Abdusamatov, B. Imomov, 
I. G‘afurov, Sh.Rizayevlarning tadqiqotlari bu jihatdan e’tiborlidir. 
Quyida dramaturg Sharof Boshbekov qalamiga mansub «Temir 
xotin» komediyasi matni ustida ishlash namunasi tavsiya etiladi.
Adabiyotga XX asrning 70-yillarida kirib kelgan Sharof 
Boshbekov badiiy adabiyotning murakkab turlaridan bo‘lgan dra-
maturgiyada ijod qiladi. Shu paytgacha adibning «Taqdir eshi-
«O‘qituvchi», 1995, 5-bet.
121
Abdusamatov O‘. Drama nazariyasi. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot 
va san’at nashriyoti. 2000. 210-bet.


247
gi», «Tikansiz tipratikanlar», «Eski shahar gavroshlari», «Eshik 
qoqqan kim bo‘ldi?», «Temir xotin», «Tushov uzgan tulporlar», 
«Charog‘bonlar» kabi dramalari chop etilgan va sahnalashtirilgan. 
Dramaturgning «Temir xotin» komediyasi hozirgi kungacha to
-
moshabinlar olqishiga sazovor bo‘lib kelmoqda. 
Sh. Boshbekov o‘z ijodidagi xususiyatlar haqida gapirib: «
Me-
ning eng yaxshi ko‘rgan qurolim – yumor. Asar qanday janrda 
yozilmasin, voqealar qanchalik jiddiy, qahramonlarimning taqdiri 
qay darajada fojiali bo‘lmasin, yumor, hazil-mutoyiba, askiya un-
surlari, so‘z o‘yinlaridan unumliroq foydalanishga harakat qila-
man, bu, birinchidan, asarni o‘qishli qiladi, tomoshaviyligini oshi-
radi, ikkinchidan, boshqa nuqsonlarni «yopib» ketadi. Masalan, 
«Temir xotin» asarimda aytiladigan «gap» jiddiy, lekin vaziyat, 
qahramonlarning so‘zi kulgili yoki aksincha bo‘lishi mumkin
», – 
deb yozadi.
Ta’lim amaliyotida dramatik asarlarni o‘rganishda avval 
ular ning matni bilan tanishish amalga oshiriladi, albatta. Agar 
imkoni bo‘lsa sahnada ko‘rish, yoki tasmaga yozilgan varianti 
bilan tani shish juda samarali ish turi hisoblanadi. Chunki sahna 
asarini sahnada ko‘rish kutilgan natijaning maksimal samarasini 
ta’minlaydi. Avvalo, Sharof Boshbekov qalamiga mansub 
«Temir xotin» haqida yumor bilan aytgan jiddiy
 «gap»
haqida 
mulohaza yuritish kerak bo‘ladi
.
O‘quvchilarni bu haqiqtni kashf 
etishga yo‘naltiruvchi ilk savol: «Boshdan oxir yengil yumorga 
yo‘g‘rilgan, bir oz fantaziya ham aks etgan bu asarda qanday jiddiy 
gap bo‘lishi mumkin?» tarzida o‘rtaga tashlanadi. Asar mutollasi 
asnosida hali o‘z taassurotlari ta’siridan chiqib ulgarmagan «yosh 
sinchi»lar e’tibori avval: birinchi sahna tasviridagi Qo‘chqorning 
ro‘zg‘origa taalluqli har bir jihozda nimaningdir yetishmasligiga; 
Qumri obrazining odam, ayol, xotin va ona sifatidagi jamiki 
xususiyatlariga; Qo‘chqorning: « 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish