omillari bilan nisbiy ta’minlanganligini belgilovchi ko’rsatkich.
Omillar serobligi ikki usul bilan aniqlanishi mumkin: har bir ishlab chiqarish
omilining nisbiy narxlari orqali va ishlab chiqarish omillarining mutlaq miqdori
orqali. II mamlakat kapital bilan yaxshiroq ta’minlangan sanaladi, agar bu
mamlakatda kapital va mehnat narxlari nisbati birinchi mamlakatdagi xuddi shu
nisbatdan kichiqroq bo’lsa, ya’ni kapital II mamlakatda I mamlakatga nisbatan
arzonroq bo’lsa:
(P
k
*/P
L
*) < (P
k
/P
L
)
Odatda kapital bahosi deganda foiz stavkasi, mehnat bahosi deganda esa ish
haqi tushuniladi. Bu yerda ham gap omillari intensivligi holatidagi kabi nisbiy
ko’rsatkichlar haqida ketyapti.
Agar omillar serobliligini ishlab chiqarish omillarining mutlaq miqdori bilan
aniqlaydigan bo’lsak, u holda II mamlakatda mavjud kapital umumiy hajmining
ishchi kuchi umumiy hajmiga nisbati I mamlakatdagi xuddi shu nisbatdan yuqoriroq
bo’lsa, II mamlakat I mamlakatga nisbatan kapitalga boy sanaladi:
(T
k
/T
L
) > (T
k
*/T
L
*)
Omillar serobliligining birinchi ta’rifi bozor muvozanatining har ikki tomoni –
talab va taklifni hisobga oladi, chunki ta’rif omillar narxi orqali berilyapti, narx esa
talab va taklifning muvozanati natijasidir. Ishlab chiqarish omillari narxi u yoki bu
mamlakatda ularga ega bo’lish imkoniyati darajasini hamda uning texnologik rivoji
saviyasini aks ettiradi. Ikkinchi ta’rif esa talabni inkor etgan holda faqatgina taklifni
inobatga oladi. Taklif ham ushbu holatda juda muhim, chunki u yaratilishida ishlab
chiqarish omillari foydalaniladigan pirovard tovarlarga bo’lgan talabdan kelib
chiqyvchi hosilaviy talab hisoblanadi.
Turli ta’riflardan foydalanish ham bir xil, ham turli natijalarga olib kelishi
mumkin. Agar birinchi va ikkinchi tovarlarga har ikki mamlakatda talab bir xil
bo’lsa, har bir ta’rifdan foydalanish natijasi bir xil bo’ladi: Yaponiyada kapitalning
umumiy miqdorining mehnatning umumiy miqdoriga nisbati O’zbekistondagiga
nisbatan kamroq bo’lgani bois Yaponiya har ikki ta’rif bo’yicha kapital serob
mamlakat hisoblanishi mumkin. Agar O’zbekistonga nisbatan Yaponiyada kapitalga
talab ortib bordi deb faraz qilsak, bu mamlakatda kapital taklifi nisbatan ko’p
bo’lishidan qat’iy nazar, Yaponiyada kapitalning nisbiy narxi O’zbekistonga
nisbatan yuqori bo’ladi. Bu vaziyatda Yaponiya ikkinchi ta’rifga ko’ra, mutlaq
miqdor bo’yicha kapital serob, ammo nisbiy narxlarga asoslangan birinchi ta’rifga
ko’ra esa mehnat serob mamlakat hisoblanadi, chunki bu mamlakatda mehnat narxi
nisbatan arzon bo’ladi. SHunga o’xshash ziddiyatlarga duch kelmaslik uchun u yoki
bu mamlakatda omillar serobligini aniqlashda birinchi ta’rifdan foydalangan
ma’qulroq.
Do'stlaringiz bilan baham: