O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

R
2
/R
1
)ning ko’tarilishiga, 1-tovarning nisbiy narxi (
P
1
/P
2
)ning kamayishiga olib 
keladi. Binobarin A va B nuqtalar C nuqtada ustma-ust tushmaguncha bir-biriga 
yaqinlashib keladi va 1-tovarning har ikki mamlakatdagi nisbiy narxi E nuqtada 
muvozanatlashadi. Bu esa 1-tovarni ishlab chiqarishga sarflangan mehnatning 
nisbiy narxini O’zbekiston va Yaponiyada H nuqtada tenglashishiga olib keladi. 
SHunday qilib, xalqaro savdo natijasida tovarlar nisbiy narxining muvozanatga 
kelishi, ushbu tovarlarni yaratishda foydalanilgan ishlab chiqarish omillari nisbiy 
narxining tenglashishiga olib keladi.
Haqiqiy olamda ishlab chiqarish omillari narxi umuman muvozanatlashmagan. 
Misol uchun turli mamlakatlarda mehnatga to’lanadigan ish haqi ular o’rtasida faol 
savdo aloqalari olib borilishiga qaramay sezilarli farq qilib kelmoqda. Buning bosh 
sababi yuqorida oldindan qabul qilingan shartlardir: 

Har ikki tovar har ikki mamlakatda ishlab chiqarilishi nazarda tutilgan.

Savdo olib boruvchi mamlakatlarda texnologiya bir xil deb faraz qilingan.

Ishlab chiqarish omillari va tovarlar mamlakat ichida to’liq harakatchan deb 
faraz qilingan.

Ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati mavjud emas deb faraz 
qilingan.

Ishlab chiqarish omillari narxining muvozanatlashuvi teoremasi barcha 
cheklanishlari va kamchiliklariga qaramacdan, xalqaro iqtisodiyot tahlilida 
muhim ahamiyat kasb etadi.
SHunday qilib, omillar sig’imligi ma’lum bir tovarni yaratish uchun ishlab 
chiqarish omillari nisbiy sarfini, omillar serobligi mamlakatning ishlab chiqarish 
omillari bilan nisbiy ta’minlanganligini belgilab beradi. Xeksher-Olinning ishlab 
chiqarish omillari nisbati nazariyasiga ko’ra, turli mamlakatlarda tovarlar nisbiy 
narxidagi farq, o’z navbarida ular o’rtasidagi savdo ularning ishlab chiqarish 
omillari bilan bir xil ta’minlanmaganligi bilan tushuntiriladi.
Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi o’zining barcha kamchiliklari va 
mavhum tabiatiga qaramay hozirgi kungacha xalqaro savdoning rivojlanishini 
tushuntiruvchi eng mashhur nazariyalarning biri bo’lib qolmoqda. SHuning uchun 
ham bu nazariyaning turli mamlakatlar, tovarlar va ichlab chiqarish omillariga 
nisbatan ulkan ctatistik massivlar yordamida empirik yo’llar bilan tekshirilishiga 
ajablanmasa ham bo’ladi.
Ba’zi empirik testlar nazariyani tasdiqlar, boshqalari rad etar edi. Xeksher-
Olin-Samuel’son xulosalarini rad etgan tadqiqotlarning eng mashhuri 1953 yilda 
kelib chiqishi Rossiyadan bo’lgan amerikalik olim Vasiliy Leont’ev tomonidan 


amalga oshirilgan.
Leont’ev bir necha empirik testlar yordamida Xeksher-Olin nazariyasi shartlari 
amalda bajarilmasligini ko’rsatib berdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin AQSH eng 
boy va kapital serob bo’lgan mamlakatlarning biri bo’lib, boshqa mamlakatlar bilan 
solishtirganda mehnatga haq to’lash me’yori ham yuqori bo’lganligi bois ishlab 
chiqarish omillari nisbati nazariyasiga muvofiq ravishda kapital sig’imli tovarlarni 
eksport qilishi kerak edi. Leont’ev bu gipitezani tekshirish uchun 1 million dollar 
qiymatiga ega bo’lgan eksportga mo’ljallangan tovarlar va shuncha qiymatli import 
bilan bevosita raqobat qiluvchi tovarlarni ishlab chiqarish uchun qancha kapital va 
ishchi kuchi zarurligini hisoblab chiqdi. U har bir sanoat tarmog’i kapital va ishchi 
kuchi sarfini hisobladi, bunda faqatgina tayyor mahsulotlar (masalan, avtomobillar) 
bilan cheklanmadi, balki oraliq mahsulotlar (po’lat, oyna, rezina) uchun ham kerakli 
hisob-kitoblarni amalga oshirdi. SHundan so’ng AQSHning 1947 yildagi eksport 
tarkibidan foydalangan holda 1 million dollar summadagi eksport tovarlarga 
sarflangan kapital va mehnat xarajatlarining nisbatini hisoblab chiqdi. Leont’ev 
AQSHning shu yildagi import tarkibi bo’yicha (import tovarlari ro’yxatiga AQSHda 
ishlab chiqarilmaydigan tovarlar kiritilmadi) import o’rnini bosuvchi AQSH 
tovarlarini ishlab chiqarishga sarflangan kapital va mehnat xarajatlari nisbatini 
aniqladi.
Amalda bir birlik AQSH importini ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan kapital 
va mehnat nisbati - 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish