2.2. Xalqaro savdoning klassik nazariyalari
Merkantilistik nazariya.
O’rta asrlar feodalizmining taraqqiyoti davrida dengiz sayyoxchiligi
yutuklariga asoslangan buyuk jugrofiy kashfiyotlar yangi qit’alarga borish
imkoniyatini berdi. Fapbiy yarim sharda topilgan oltin undan pul sifatida
foydalanish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirdi. Milliy davlatlar
mustaxkamlana bordi, ularning eng kuchlilari esa kuchsizlarini bosib olib uzlarining
koloniyalariga aylantirdi va o’z ta’sir doiralarini kengaytirish uchun kurash olib
bordi. SHaharlar iqtisodiy markazlar sifatida yana ham muximrok ahamiyat kasb eta
boshladi.
San’atdagi Uygonish davri ta’lim soxasida ham sifat jixatdan yangi pogonaga
sakrashga olib keldi. Ana shunday tarixiy vaziyatda o’z-o’zini ta’minlashga
karatilgan feodal nazariyalar doirasidan chetga chiqa oladigan va yangi xo’jalik
tizimi doirasida tovarning ahamiyatini asoslab beradigan hamda milliy davlatlarning
xorijga ekspansiyalarini amalga oshirishi zarurligini isbotlab beruvchi iqtisodiy
nazariyaga extiyoj tug’ildi. Merkantilizm ana shunday nazariyaga aylandi.
Merkantilizm iqtisodiy ta’limotning bir yo’nalishi bo’lib, u yevropalik olimlar
(Tomas Mun (1571-1641), Charles Davenant (1656-1714) Jaen Baptiste Colbert
(1619-1683), Sir William Petty (1623-1687)) tomonidan ishlab chiqilgan.
Merkantilistlar ishlab chiqarishning tovar tabiatiga urg’u berishgan.
Merkantilistlar nuqtai nazariga ko’ra, dunyo cheklangan mikdordagi
boyliklarga ega, shuning uchun bir mamlakatning boyishi fakatgina boshqa
mamlakatning kambag’allashuvi hisobiga yuz berishi mumkin. Boylikning
ko’payishi qayta taqsimlanish orkali mumkin bo’lganligi bois, har bir mamlakatga
kuchli iqtisodiyotdan tashkari armiya, xarbiy va savdo flotini o’z ichiga olgan kuchli
davlat "mashina"si ham kerakki, u mamlakatning boshka mamlakatlardan
ustunligini ta’minlay olsin.
Merkantilistlar iqtisodiy tizimni uch tarmoqdan - ishlab chiqarish, kishlok
xo’jaligi tarmoklari va xorijiy koloniyalardan tashkil topgan deb hisoblashadi.
Savdogarlarga iqtisodiy tizimning muvaffaqiyatli faoliyat olib borishi uchun zarur
bo’lgan eng muhim guruh, mehnatga esa asosiy ishlab chiqarish omili sifatida
qaralgan.
Mamlakat boyligini bu mamlakatda mavjud bo’lgan oltin va kumush miqdori
bilan bog’lagan holda, tashqi savdoning merkantilistik maktabi namoyondalari
milliy mavkeni mustahkamlash uchun davlat kuyidagilarni amalga oshirishi kerak
deb hisoblaydi:
• ijobiy savdo balansini ushlab turish — tovarlarni mamlakatga olib kirishga
nisbatan ularni chetga ko’proq olib chiqish, zero bu mamlakatga oltin kirib kelishini
ta’minlaydi, bu esa o’
z
navbatida ichki xarajatlar, ishlab chiqarish va bandlikni
oshiradi;
• ijobiy savdo koldigini ta’minlash maksadida eksportni kupaytirish va
importni kiskartirish uchun tashki savdoni tariflar, kvotalar va savdo
siyosatining boshka dastaklari yordamida tartibga solish;
• chetga xomashyo olib chiqishni keskin chegaralash yoki ta’qiqlash,
mamlakatda kazib olinmaydigan xomashyolarni chetdan bojlarsiz import kilishga
ruxsat berish, bu oltin zaxiralarini jamlash va tayyor maxsulotlarning eksport
narxlarini past darajada ushlab turish imkoniyatini beradi;
• koloniyalarning metropoliyadan tashkari barcha boshka mamlakatlar bilan
xar kanday savdosini ta’qiqlash, fakat metropoliyagina koloniyalarda ishlab
chiqarilgan tovarlarni xorijga sotishi mumkin, shu bilan birgalikda koloniyalarda
tayyor tavarlar ishlab chiqarishni ta’qiqlash orkali ularni metropoliya uchun
xomashyo etkazib beruvchiga aylantirish.
Merkantilistik karashlardan iqtisodiy tizim to’la bo’lmagan bandlik sharoitida
faoliyat olib borayotganligi kelib chiqadi, buning natijasida esa chetdan kirib kelgan
kushimcha oltin ortikcha ishchi kuchi bilan birlashishi va ishlab chiqarishni
kupaytirishi mumkin. Aks xolda esa, ya’ni tulik bandlik nazarda tutilsa, chetdan
oltin kirib kelishi inflyatsiyani o’sishiga olib keladi, bu esa ushbu oltinlardan
samarali foydalanish imkoniyatini bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |