O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Xalqaro mehnat taqsimotini rivojlanishining zamonaviy o’ziga xos



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/178
Sana20.04.2023
Hajmi2,47 Mb.
#930717
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   178
Bog'liq
Umarkulov JAHON IQTISODIYOTI Majmua 230413 110836

 
 1.5. Xalqaro mehnat taqsimotini rivojlanishining zamonaviy o’ziga xos 
tomonlari. Xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasi 
Xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi asosiy yo’nalishini biz xalqaro 
ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasining kengayishida ko’rishimiz 
mumkin. Xalqaro kooperatsiya (XK) va xalqaro ixtisoslashuv (XI) xalqaro mehnat 
taqsimotining shakllari bo’lib, uning mohiyatini namoyon qiladi. 
Turli davlatlarning korxonalarini ma’lum bir tovarga ixtisoslashuvi zamonaviy 
ITI bilan bog’liqdir. Ishlab chiqarishning texnologik tizimini murakkablashib 
borishi bilan tayyor mahsulotda ishlatiladigan detallar soni ko’paydi. Masalan: 
yengil avtomobil sanoatida 20 minggatacha, prokat dastgohlarida 100 mingtacha, 
elektrovozlarda esa 250 mingtacha detallarning qismlari ishlatilishi mumkin. 
Jahon iqtisodiyotida xalqaro ishlab chiqarishni ixtisoslashuvi (XII) ikkita 
yo’nalish bo’yicha – ishlab chiqarish va hududiy yo’nalishlar bo’yicha rivojlanib 
bormoqda. O’z navbatida ishlab chiqarish yo’nalishi: 
a) sohalararo;
b) davlatlar guruhi;
v) alohida korxonalarning ixtisoslashuviga bo’linishi mumkin. Bundan 
tashqari hududiy xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi esa:
a) alohida davlatlar;
b) davlatlar guruhi; 
v) hududlarning jahon bozori uchun ma’lum tovarlarni ishlab chiqarishga 
ixtisoslashuviga bo’linadi. 
Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvining asosiy turlariga:
-
predmetli (mahsulot ishlab chiqarish); 
-
detalli (mahsulotni tashkil qiluvchilarni ishlab chiqarish); 
-
texnologik yoki bosqichli (ya’ni, alohida texnologik 
jarayonlarni, masalan yig’ish, bo’yash va boshqalarni amalga oshirish) 
ixtisoslashish kiradi. 
Xalqaro mehnat taqsimotining boshqa bir shakli - xalqaro ishlab chiqarish 
kooperatsiyasidir. Uning ob’ektiv asosi bo’lib, ishlab chiqarish kuchlarini 
rivojlanishining o’sib borayotgan darajasi, hamda mamlakat ichida yoki tashqarisida 
ro’y berishidan qat’iy nazar mustaqil korxonalar o’rtasidagi barqaror ishlab 


chiqarish jarayonlarini borishi hisoblanadi. Xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi 
o’zining rivojlangan shakllarida hamkorlikning turli sohalarini qamrab oladi. 
Jumladan, birinchidan, ishlab chiqarishda texnologik hamkorlik. Ushbu 
hamkorliklarga quyidagilar kiradi:
a)litsenziyalar berish va mulkchilik huquqlaridan foydalanish;
b)loyiha konstruktorlik hujjatlarini, texnologik jarayonlarni, mahsulotning 
texnik darajasi va sifatini, qurilish va montaj ishlari zamonaviy, kooperatsiyalashgan 
korxonalarni ishlab chiqish va moslashtirish;
v)ishlab 
chiqarishni 
boshqarish, 
standartlashtirish, 
unifikatsiyalash, 
sertifikatsiyalashni takomillashtirish, ishlab chiqarish dasturlarini taqsimlash va 
h.k.lar. 
2. Kooperativ mahsulotni sotish bilan bog’liq bo’lgan savdo-iqtisodiy 
jarayonlar. 
3.Sotilgan texnikaga xizmat ko’rsatish. 
Jahon iqtisodiyotida kooperatsiya aloqalarini o’rnatishda foydalaniladigan 
quyidagi uch asosiy usulga alohida e’tibor beriladi: 
- Hamkorlikdagi dasturlarni amalga oshirish. 
- SHartnoma asosida ixtisoslashish. 
- Qo’shma korxonalar tashkil qilish.
Hamkorlikdagi dasturlarni amalga oshirish o’z navbatida ikki asosiy shaklda.( 
pudratli ishlab chiqarish kooperatsiyasi va hamkorlikdagi ishlab chiqarish) amalga 
oshiriladi. SHartnoma asosida ixtisoslashish esa ishlab chiqarish dasturlarini ishlab 
chiqarish kooperatsiyasi ishtirokchilari orasida taqsimlanishini nazarda tutadi. 
Qo’shma korxonalar bu integratsiyalashgan kooperatsiyadir. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish