110
haqoratlanishi va tahqirlanishidan himoya qiladi, saqlaydi. Odatda qadriyatlarning
umuminsoniy, biron ijtimoiy guruh qadriyatlari va shaxsiy turlari farqlanadi.
Umuminsoniy qadriyatlar inson qayerda yashashidan, boyligidan, mansabidan va
boshqa xususiyatlaridan qat‟i nazar, doim ardoqlanadigan mazmundir, masalan –
tinchlik, hayot, ozodlik, birdamlik, mas‟uliyat, oriyat.
Ijtimoiy guruh qadriyatlari bir guruh insonlar
uchun qadrli va boshqa bir
guruh tomonidan e‟tiborsiz ma‟naviy boylik bo„lib, milliylik, yoshlik va keksalik,
oilaviy, siyosiy, hududiy oriyentirlardan iborat. Shaxsiy qadriyatlar deb, ayni
shaxsga tegishli qadriyatlarning o„ziga xos majmuiga aytiladi. Har bir insonning
ichki dunyosida sanab o„tilgan qadriyatlarning hamma guruhi mavjud. Yuqorida
sanalgan uch guruh qadriyatlarning o„zaro uyg„unlashuvi shaxs va jamiyat
o„rtasidagi muvofiqlikni belgilaydi. Agar shaxsiy qadriyatlar ro„yxatida
umuminsoniy va guruhiy qadriyatlar yetakchi bo„lsa, insonning jamiyatdagi o„rni
va hayoti nihoyatda yengil va ravnaqlidir.
Aks holda, inson ichki dunyosida
uchraydigan turli guruh qadriyatlari o„rtasidagi nomuvofiqlik shaxsda ichki
tug„yon va nizoni keltirib chiqaradi.
5.1-rasm.
Shaxsning ijtimoiy-psixologik strukturasi
Ustanovka
– bu ibora psixologiyada inson xatti-harakatining anglanmagan
programmasi sifatida tushuniladi. Inson doimiy bajaradigan xatti-harakat dastavval
111
anglanilgan holda amalga oshadi va u takrorlangani sari beixtiyor, avtomatlashgan
holatga o„tib boradi. Aynan shunday anglanilmagan harakat rejasi ustanovka deb
ataladi. Xodimdagi maqbul harakatlar muntazam takrorlanishi natijasida unda
maqsadga muvofiq faoliyat ustanovkasi shakllanadi. Binobarin, xodimning doimiy
faoliyati va xulqini kuzatgan holda unda qay mazmundagi
ustanovkalar ustuvor
ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Piramida shaklida tasvirlangan shaxs tizimining asosiy psixologik mazmuni
shundan iboratki, inson hayotining mazmuni bo„lmish missiyasi va e‟tiqodi, pastki
qatlamda turuvchi qadriyat va ustanovkalar asosida shakllanadi. Qadriyat esa, o„z
navbatida, inson qadrlovchi oriyentir sifatida ustanovkalarning rivojlanish
natijasidir. Qatlamlar o„rtasidagi bunday bog„liqlik inson faoliyatiga ma‟lum
ma‟no kiritadi va hatto inson ichki dunyosini bir butun, yaxlit tarzda tushunish
imkonini beradi. Gap shundaki, komil insonning hayotidagi hamma qatlamlar bir-
biri bilan uyg„unlashgan holda namoyon bo„ladi. Demak, uning qilayotgan ishlari
qadriyatlariga mos keladi, e‟tiqodiga va hayotidagi asosiy maqsadi bo„lmish
missiyasiga qarshi chiqmaydi.
Rahbar o„z xodimini sinchkovlik
bilan kuzatishi orqali, uning shaxsidagi
qatlamlar o„rtasida uyg„unlik yoki ziddiyatni ilg„ashi mumkin. Rahbarning bunday
nazarga ega bo„lishini yana bir sharti - xodim ruhiyatidagi qatlamlar ziddiyatiga
tashkilot miqyosida shakllangan muhit ham sabab bo„ladi. Demak, tashkilotda
shakllangan normalar nosog„lom bo„lsa, xodim nosamimiy harakatlarga yo„l
qo„yadi va u o„z e‟tiqodi va qadriyatlariga zid chiqishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan shaxs strukturasiga asoslangan holda zamonaviy
rahbarni
tavsiflar ekanmiz, unga xos bo„lgan ijtimoiy-siyosiy jihatlar haqida ham
gapirib o„tish lozim bo„ladi. Aynan shu jihatlar insonning missiya va e‟tiqod
qatlamlarida mujassamlashgan holda samarali rahbarning negizini tashkil etadi.
Rahbar e‟tiqodining, yetakchi qadriyatining jamiyatdagi dolzarb ijtimoiy-siyosiy
vazifalar bilan uyg„unlashganligi, uning faoliyati samarasini belgilaydi. Shuning
uchun boshqaruv lavozimiga kadrlarni qo„yish hamda rahbar kadrlarni baholash
jarayonida e‟tiqod sohalarini birlamchi deb qabul qilinsa
va bu mezonga asosiy
112
e‟tibor qaratilsa, o„rinli bo„lardi. Demak, davr talabi bilan, rahbarning siyosiy
boshqaruvga qobiliyati dolzarb masalaga aylanadi. Albatta, bunday qobiliyat
rahbarning ma‟muriy-xo„jalik majburiyatidan bir oz chetlanish deb o„ylanishi
mumkin. Lekin, mamlakatimizning
hozirgi rivojlanish bosqichi, xo„jaligimizning
umumjahon iqtisodiyoti bilan integrasiyasi, investisiyalar sohasidagi hamkorlik
masalasi zamonaviy rahbarni xo„jalik muammolari doirasida cheklanib qolmay,
balki atrofdagi voqealarni kengroq idrok etishini talab qiladi. Shu nuqtai nazardan,
zamonaviy rahbar nafaqat tashkilotni iqtisodiy cho„qqiga yetaklovchi shaxs, balki,
targ„ib etilayotgan davlat siyosatini mehnat jamoasi ongiga yetkazuvchi faol
hamdir. Yuqoridagi matndan quyidagi fikrlar kelib chiqadi: rahbarlarni tayyorlash
va malakasini oshirish mobaynida iloji boricha shaxsning o„z-o„zini
anglashi, o„z
e‟tiqodi va qadriyatlarini hayoti davomida aniq ifodalash choralari haqida bilim va
ko„nikmalar shakllantirish lozim. Axir, aynan, ichki poklik, samimiylik va inson
tabiatining yaxlitligi o„zgaga ta‟sir etishdagi asosiy kuch sifatida maydonga
chiqadi. Rahbarni tayyorlash, uning malakasini oshirish bilan bog„liq
har qanday
tadbir oxir-oqibatda rahbar shaxsi, uning boshqaruv mahoratini takomillashtirish,
o„zgalarga ta‟sir etish ko„lamini kuchaytirish maqsadini qo„yadi.
41
Do'stlaringiz bilan baham: