Boshqaruv psixologiyasi darslik



Download 5,57 Kb.
Pdf ko'rish
bet86/169
Sana19.04.2023
Hajmi5,57 Kb.
#930483
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   169
E‟tiqod
 
– inson behad ishonadigan g„oya va fikrlar bo„lib, ularni hatto 
shubha ostiga olish shaxs uchun noo„rindir. Inson tashqi olamdagi voqea-
hodisalarni tahlil qilarkan, ko„p narsalarga o„z e‟tiqodi nuqtai nazaridan qaraydi.
Qadriyatlar
– eng qimmatli ma‟naviy boylik bo„lib, inson uni 


110 
haqoratlanishi va tahqirlanishidan himoya qiladi, saqlaydi. Odatda qadriyatlarning 
umuminsoniy, biron ijtimoiy guruh qadriyatlari va shaxsiy turlari farqlanadi. 
Umuminsoniy qadriyatlar inson qayerda yashashidan, boyligidan, mansabidan va 
boshqa xususiyatlaridan qat‟i nazar, doim ardoqlanadigan mazmundir, masalan – 
tinchlik, hayot, ozodlik, birdamlik, mas‟uliyat, oriyat. 
Ijtimoiy guruh qadriyatlari bir guruh insonlar uchun qadrli va boshqa bir 
guruh tomonidan e‟tiborsiz ma‟naviy boylik bo„lib, milliylik, yoshlik va keksalik, 
oilaviy, siyosiy, hududiy oriyentirlardan iborat. Shaxsiy qadriyatlar deb, ayni 
shaxsga tegishli qadriyatlarning o„ziga xos majmuiga aytiladi. Har bir insonning 
ichki dunyosida sanab o„tilgan qadriyatlarning hamma guruhi mavjud. Yuqorida 
sanalgan uch guruh qadriyatlarning o„zaro uyg„unlashuvi shaxs va jamiyat 
o„rtasidagi muvofiqlikni belgilaydi. Agar shaxsiy qadriyatlar ro„yxatida 
umuminsoniy va guruhiy qadriyatlar yetakchi bo„lsa, insonning jamiyatdagi o„rni 
va hayoti nihoyatda yengil va ravnaqlidir. Aks holda, inson ichki dunyosida 
uchraydigan turli guruh qadriyatlari o„rtasidagi nomuvofiqlik shaxsda ichki 
tug„yon va nizoni keltirib chiqaradi.
5.1-rasm.
 Shaxsning ijtimoiy-psixologik strukturasi 
Ustanovka 
– bu ibora psixologiyada inson xatti-harakatining anglanmagan 
programmasi sifatida tushuniladi. Inson doimiy bajaradigan xatti-harakat dastavval 


111 
anglanilgan holda amalga oshadi va u takrorlangani sari beixtiyor, avtomatlashgan 
holatga o„tib boradi. Aynan shunday anglanilmagan harakat rejasi ustanovka deb 
ataladi. Xodimdagi maqbul harakatlar muntazam takrorlanishi natijasida unda 
maqsadga muvofiq faoliyat ustanovkasi shakllanadi. Binobarin, xodimning doimiy 
faoliyati va xulqini kuzatgan holda unda qay mazmundagi ustanovkalar ustuvor 
ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin. 
Piramida shaklida tasvirlangan shaxs tizimining asosiy psixologik mazmuni 
shundan iboratki, inson hayotining mazmuni bo„lmish missiyasi va e‟tiqodi, pastki 
qatlamda turuvchi qadriyat va ustanovkalar asosida shakllanadi. Qadriyat esa, o„z 
navbatida, inson qadrlovchi oriyentir sifatida ustanovkalarning rivojlanish 
natijasidir. Qatlamlar o„rtasidagi bunday bog„liqlik inson faoliyatiga ma‟lum 
ma‟no kiritadi va hatto inson ichki dunyosini bir butun, yaxlit tarzda tushunish 
imkonini beradi. Gap shundaki, komil insonning hayotidagi hamma qatlamlar bir-
biri bilan uyg„unlashgan holda namoyon bo„ladi. Demak, uning qilayotgan ishlari 
qadriyatlariga mos keladi, e‟tiqodiga va hayotidagi asosiy maqsadi bo„lmish 
missiyasiga qarshi chiqmaydi.
Rahbar o„z xodimini sinchkovlik bilan kuzatishi orqali, uning shaxsidagi 
qatlamlar o„rtasida uyg„unlik yoki ziddiyatni ilg„ashi mumkin. Rahbarning bunday 
nazarga ega bo„lishini yana bir sharti - xodim ruhiyatidagi qatlamlar ziddiyatiga 
tashkilot miqyosida shakllangan muhit ham sabab bo„ladi. Demak, tashkilotda 
shakllangan normalar nosog„lom bo„lsa, xodim nosamimiy harakatlarga yo„l 
qo„yadi va u o„z e‟tiqodi va qadriyatlariga zid chiqishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan shaxs strukturasiga asoslangan holda zamonaviy 
rahbarni tavsiflar ekanmiz, unga xos bo„lgan ijtimoiy-siyosiy jihatlar haqida ham 
gapirib o„tish lozim bo„ladi. Aynan shu jihatlar insonning missiya va e‟tiqod 
qatlamlarida mujassamlashgan holda samarali rahbarning negizini tashkil etadi. 
Rahbar e‟tiqodining, yetakchi qadriyatining jamiyatdagi dolzarb ijtimoiy-siyosiy 
vazifalar bilan uyg„unlashganligi, uning faoliyati samarasini belgilaydi. Shuning 
uchun boshqaruv lavozimiga kadrlarni qo„yish hamda rahbar kadrlarni baholash 
jarayonida e‟tiqod sohalarini birlamchi deb qabul qilinsa va bu mezonga asosiy 


112 
e‟tibor qaratilsa, o„rinli bo„lardi. Demak, davr talabi bilan, rahbarning siyosiy 
boshqaruvga qobiliyati dolzarb masalaga aylanadi. Albatta, bunday qobiliyat 
rahbarning ma‟muriy-xo„jalik majburiyatidan bir oz chetlanish deb o„ylanishi 
mumkin. Lekin, mamlakatimizning hozirgi rivojlanish bosqichi, xo„jaligimizning 
umumjahon iqtisodiyoti bilan integrasiyasi, investisiyalar sohasidagi hamkorlik 
masalasi zamonaviy rahbarni xo„jalik muammolari doirasida cheklanib qolmay, 
balki atrofdagi voqealarni kengroq idrok etishini talab qiladi. Shu nuqtai nazardan, 
zamonaviy rahbar nafaqat tashkilotni iqtisodiy cho„qqiga yetaklovchi shaxs, balki, 
targ„ib etilayotgan davlat siyosatini mehnat jamoasi ongiga yetkazuvchi faol 
hamdir. Yuqoridagi matndan quyidagi fikrlar kelib chiqadi: rahbarlarni tayyorlash 
va malakasini oshirish mobaynida iloji boricha shaxsning o„z-o„zini anglashi, o„z 
e‟tiqodi va qadriyatlarini hayoti davomida aniq ifodalash choralari haqida bilim va 
ko„nikmalar shakllantirish lozim. Axir, aynan, ichki poklik, samimiylik va inson 
tabiatining yaxlitligi o„zgaga ta‟sir etishdagi asosiy kuch sifatida maydonga 
chiqadi. Rahbarni tayyorlash, uning malakasini oshirish bilan bog„liq har qanday 
tadbir oxir-oqibatda rahbar shaxsi, uning boshqaruv mahoratini takomillashtirish, 
o„zgalarga ta‟sir etish ko„lamini kuchaytirish maqsadini qo„yadi.
41

Download 5,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish