314-20 guruh talabasi Jo’raqulov Ortiqning
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD ALXORAZMIY
NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALAR
UNIVERSITETI
FALSAFA FANI BO’YICHA
1-TOPSHIRIG’I
MAVZU
:
DASTURIY INJINERINGI FAKULTETI
314-20 guruh talabasi Jo’raqulov Ortiqning
Toshkent 2020
314-20 guruh talabasi Jo’raqulov Ortiqning
1-mavzu:
Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli.
1 - topshiriq.
Ma’ruzalar matni va tavsiya etilgan adabiyotlardan foydalangan holda jadvalni to‘ldiring.
“Filosofiya” tushunchasining kelib chiqishi, ma’nosi va mohiyati.
FILOSOFOYA -- ifoda etadigan bilimlar majmui qadimgi Yunoniston va Rimda eramizdan
avvalgi VII—III asrlarda yuz bergan buyuk yuksalish natijasi sifatida yuzaga kelgan . Yevropa
madaniyatiga esa, u buyuk yunon faylasufi Arastu asarlari orqali kirib kelgan. Shu tariqa, u
avval qadimgi Yunonistonda alohida bilim sohasiga, to’g’rirog’i, «fanlarning otasi», ya’ni asosiy fanga
aylangan.Qadimgi dunyoda fanlarning barchasini, ular qanday ilmiy masalalar bilan shug’ullanishidan
qat’i nazar, filosofiya deb ataganlar. «Falsafa» atamasi «filosofiya»ning Sharq ijtimoiy tafakkuridagi
shaklidir. Odatda u tushuncha sifatida tor va keng ma’nolarda qo’llanadi.
Xususan, keng ma’noda uni antik-qadimiy falsafada «donishmandlikni sevish» debtushunilganini
aytib o’tdik. Ayrim faylasuflar
va falsafiy oqimlar, chunonchi, ingliz faylasufi T.Gobbs (1588—1679)
uni «to’g’ri fikrlash orqali bilishga erishish», nemis faylasufi Gegel «umuman predmetlarga fikriy
yondashish», Lyudvik Feyerbax «bor narsani bilish», pragmatizm ta’limoti namoyandalari esa, «foydali
narsalarni bilish jarayoni» deya talqin etgan.
“Dunyoqarash” tushunchasining mazmuni, dunyoqarashning tarixiy shakllari.
Dunyoqarash -- subyektiv voqe’likni baholovchi qarorlar to‘plamidir. Atrof-olamni anglashga
harakat qilish natijasi o‘laroq kelib chiqadi.
Dunyoqarash diniy, falsafiy, ilmiy bo‘lishi mumkin.
Dunyoqarash — dunyoga va insonning undagi oʻrniga, kishilarning oʻz atrofidagi voqelikka va oʻz-
oʻziga munosabatiga boʻlgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga asoslangan
odamlarning eʼtiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. Dunyoqarash kishining yoshi,
hayotiy
tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bogʻliq. Dunyoqarashda jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy, diniy,
siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik bilimlar, qarashlar oʻz aksini topadi.
Shaxsning Dunyoqarashi ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas bogʻlangan. Dunyoqarash
insonning oʻzini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi hamda baholashi asosida shakllanadi.Ayrim
individning ongi bilan bog’langan individual Dunyoqarash muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, sinf, millat
va jamiyat miqyosidagi ijtimoiy ong bilan bogʻlangan ijtimoiy Dunyoqarash mavjud.
Bular bir-birini
toʻldiradi, bir-biriga taʼsir qiladi, bir-birini rivojlantiradi. Dastlab individ dunyoni hissiy sezadi (dunyoni
his qilish). Bunda individ voqelikni bevosita hissiy inʼikos etish natijasida anglaydi. Keyin voqelik
xaqida toʻplagan bilimlari asosida individning Dunyoqarash paydo boʻladi.
Falsafa fanining asosiy funksiyalari va tahlili.
Falsafaning vazifalari (funksiyalari). Bu fanning ijtimoiy fanlar tizimidagi o`rni va ahamiyati uning
dunyoqarashni shakllantirish, uslubiy, gnoseologik,
evristik, pedagogik-didaktik, prakseologik vazifalari
(funksiyalari) bilan belgilanadi.
Bundan avvalgi ma’ro`zamizda falsafiy dunyoqarashning genezisi, vazifasi va ahamiyati haqida ancha
batafsil to`xtalib o`tgan edik. Ushbu ma’ro`zada esa, unga qo`shimcha qilib,
falsafa fan sifatida
dunyoqarashni shakllantirish borasida qanday vazifani bajaradi, degan savolga javob topishga harakat
qilamiz.
Falsafa fanining dunyoqarashni shakllantirish borasidagi vazifasi:
- birinchidan, inson qarashlarining shakllanish imkoniyatlari,
usul va vositalarini, ularning kundalik ong
darajasidan nazariy G`oyalar darajasiga kotarilish jarayonini, mifologik dunyo qarashdan farqlarini;
- ikkinchidan, milliy dunyoqarashni shakllantirishdagi turli fan yo`nalishlarining muayyan
vazifalarini,