82
Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
1. Korxonalarning ishchanligi deb nimani
tushunasiz va uning bozor
munosabatlaridagi roli nimadan iborat?
2. Korxonalarning ishchanligi qanday ko‘rsatkichlar yordamida tahlil qilinadi,
ular qanday aniqlanadi?
3. Korxonalarning bozorga oidligi deb nimani tushunasiz va uning bozor
munosabatlaridagi roli nimadan iborat?
4. Korxonalarning bozorga oidligi qanday ko‘rsatkichlar yordamida tahlil
qilinadi va ular qanday aniqlanadi?
5. Korxonalarning aktsiyalarini jozibadorligi nima va u qanday ko‘rsatkichlar
orqali tahlil qilinadi?
6. Korxona pul mablag‘larining aylanish ko‘rsatkichlari va ularni aniqlash
uslublari.
7. Debitorlik, kreditorlik qarzlari deb nimani
tushunasiz va ular qanday
aniqlanadi?
83
6- bob. KORXONALAR FAOLIYATINING MOLIYAVIY NATIJALARI
TAHLILI
6.1. Korxonalar foydasi tahlili
Yuqorida korxonalar moliyaviy holatini alohida tomonlari va yo‘nalishlarini
tahlil qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Moliyaviy tahlilning yakuniy bosqichi bo‘lib,
korxonalar
faoliyatining
moliyaviy yakunlari tahlili hisoblanadi. Korxonalar
faoliyatining moliyaviy yakunlari foyda va rentabellik ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Foyda ijtimoiy ishlab chiqarish hamma bosqichlarining iqtisodiy toifasidir.
Qayerda ijtimoiy ishlab chiqarish barpo etilgan bo‘lsa, unda qatnashuvchilarning
mehnati ikkiga bo‘linadi — birinchi qismi ishlab chiqarish qatnashchilarini shaxsiy
ehtiyojlarini ta’minlash, qoplash uchun foydalaniladi,
ikkinchi qismi esa
mulkdorlarni, davlat va ijtimoiy ehtiyojlarni qoplashga safarbar etiladi.
Foyda iqtisodiy kategoriya va moliyaviy yakun sifatida o‘zining eng yuqori
ahamiyatiga bozor munosabatlari, bozor iqtisodiyoti davrida ko‘tariladi. Foydani
barpo etish, uni realizatsiya qilish bu kengaytirilgan
qayta ishlab chiqarishni, qiymat
qonunini va xo‘jalik yuritish usuli sifatida foydalanadigan xo‘jalik hisobotining
ob’yektiv talabidir.
Kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish ishlab chiqarishning doimo kengayishini,
uning texnikaviy darajasini muntazam ko‘tarib turishni talab etadi.
Buning uchun
ishlab chiqarishda hamma vaqt foydaga erishilishi, realizatsiya qilinishi va undan
ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanish lozim.
Qiymat qonuni alohida korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan
xarajatlar — ijtimoiy-zaruriy xarajatlar darajasida yoki undan kam bo‘lishini
talab
etadi. Bu talabni amalga oshirish uchun korxonalar foydaga ega bo‘ladilar va
ularning rentabellik darajasi o‘rtacha yoki undan yuqori bo‘lishi kerak.
Ma’lumki, xo‘jalik hisobining asosiy talabi - korxonalar faoliyati rentabelli
bo‘lishi, ya’ni korxonalar o‘z faoliyatini foyda olish bilan yakunlashlaridir. Foyda —
mutlaq ko‘rsatkich bo‘lib, u korxonalar faoliyati samarasini ifodalaydi. Foyda
korxonalar faoliyatining har xil yo‘nalishlarini moliyaviy yakunidir. Shu sababli
foyda turli shaklda bo‘lishi mumkin.
Respublikamizda «Mahsulot (ishlar va xizmatlar)ni
ishlab chiqarish va sotish
xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi
Nizom» qabul qilinmasdan oldin korxonalar foydasi quyidagi shakllarda hisobga
olinar edi: balans bo‘yicha; sotilgan mahsulotlardan; boshqa sotuv operatsiyalar;
noishlab chiqarish; sof foydalar.
Yuqorida ko‘rsatilgan Nizomga binoan korxona va tashkilotlar foydasi quyidagi,
shakllarda hisobga olinadi:
-
Do'stlaringiz bilan baham: