O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet156/167
Sana19.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#930261
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   167
Bog'liq
25111 (1)

Kichik guruhlar
- hamisha bog‗langan umumiylik bo‗lib, unga kiruvchi 
shaxslarning o‗zaro birgalikdagi real harakati va ular o‗rtasidagi real o‗zaro 
munosabatlar bilan bog‗langandir. Bu guruhlar rasmiy (formal) bo‗lishi, ya‘ni 
yuridik jihatdan qayd etilgan huquq va burchlarga, normativ asosida o‗rnatilgan 
strukturaga, tayinlab yoki saylab qo‗yilgan rahbarlikka ega bo‗lishi mumkin. 
Ijtimoiy mehnat taqsimoti sharoitlarida bu guruhlar social jihatdan taqozo 
etilgan faoliyat ko‗rsatishi bilan bog‗langandir. 
Guruhlar rivojlanishining darajasi yoki saviyasi ularni tasniflashning eng 
muhim negizi hisoblanadi. Guruhiy rivojlanish darajasi - shaxslararo 
munosabatlar shakllanganligining belgisi, guruhlar shakllanishi jarayoninig 
natijasidir. 
Shaxslararo tanlash. Yahshi o‗quvchi bo‗lish mumkin va lekin o‗rtoqlariga 
yoqmasligi, sinfdagi eng intizomsiz safida bo‗lishi va lekin ko‗pchilik uchun 
aziz bo‗lib qolishi ham mumkin. Hush ko‗rish - hissiyotga ko‗ra afzal
ko‗rish - guruhdagi tabaqalanishning yashirin manzarasini tushunib
etishda g‗oyat muhim omildir. 
Amerikalik psixolog J.Moreno guruhlarda shaxslararo afzal
ko‗rishlarni aniqlash usulini va hissiy afzal ko‗rishlarni qayd qilishi
tehnikasini taklif etdi. Buni u sosiometriya deb atadi. Sosiometriya
yordamida shaxslararo birgalikdagi harakat jarayonida guruh
a‘zolarida namoyon bo‗ladigan afzal ko‗rishning, bu farqlik hush
ko‗rmaslikning mikdoriy me‘yorini aniqlash mumkin. Sosiometriya
guruh a‘zolarining bir-birlarini hush ko‗rishi yoki hush ko‗rmasligini
aniqlashda keng ko‗llaniladi. Guruh a‘zolarining o‗zlari bunday munosabatlarni
anglab ola olmasliklari va ularning mavjudligi yoki mavjud emasligi haqida
o‗zlariga hisob bermasliklari mumkin. Sosiometriya metodi juda ham tezkor 


273
bo‗lib, uning natijalari matematik usul bilan qayta ishlanishi va yozma shaklda
ifoda etilishi mumkin. 
Sosiometrik usulning negizida «Sen kim bilan birga bo‗lishni hohlarding?» 
degan 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri savol turadi. O‗qishlar o‗rtasidagi o‗zaro 
munosabatlarning hohlagan jabhasiga tatbiqan qo‗yilishi mumkin: sen kim bilan 
birga bitta partada o‗tirishni, dam olishni, vaqtichog‗lik qilishni, ishlashni 
hohlarding va hokazo. Qoida tariqasida tanlashning ikki yo‗nalishi - birgalikda 
mehnat qilish sohasidagi va vaqtichog‗lik qilish sohasidagi yo‗nalishlari tavsiya 
qilinadi. Bu o‗rinda tanlashning maqbulligi darajasiga aniqlik kiritilishi va 
tanlash uchun tavsiya qilinadigan shaxslar soni cheklangan bo‗lishi ham 
mumkin. Tanlashlarni tanlash matrisasiga tushirish chog‗ida yanada tahlil etish 
o‗zaro hush ko‗rish va hush ko‗rmasliklarning murakkab tarzda chatishib 
ketganligini, sosiometrik «yulduzlar», «bahs boylash»larning mavjudligini va bu 
qarama-qarshi tomonlar o‗rtasidagi oraliq bo‗g‗inlarning butun ierarhiyasini 
ko‗rsatib beradi. Sosiometriya metodining juda ham tezkor ekanligiga shubha 
yo‗q va uning yordami bilan guruh ichidagi hissiy intilishlari manzarasi etarli 
darajada aniq-ravshan ko‗rsatilgan bo‗lishi mumkin. Uni kuzatishlar yo‗li bilan 
aniqlash uchun uzoq vaqt sarflashga to‗g‗ri kelgan bo‗lardi. 
Har qanday guruhni uning a‘zolarining o‗zaro birgalikdagi harakati 
jarayonida hosil bo‗ladigan kommunikativ shahobcha sifatida talqin qilish 
mumkin. 
Guruhga sosiometrik jihatdan yondashilgan tavdirda hayrihohlik va 
yoqtirmaslik shaxslararo munosabatlar istamasida tanlashning asosiy omili 
bo‗lishni, munosabat bog‗lashni, ishlashni, dam olishni, vaqtichog‗lik qilishni 
hohlagani uchun tanlaydi. Lekin hayrihohlikka bir kishi boshqasini alohida 
ajratib ko‗rsatishiga, guruhni o‗zi uchun eng muhim belgilar bo‗yicha 
tabaqalashtirgan holda ko‗pchilik orasidan tanlab olishga yagona asos sifatida 
qaramaslik kerak. 
Kishining o‗z guruhi o‗zini qurshab turgan voqeilikda mo‗ljal olish manbai 
sifatida munosabatda bo‗lishi uning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Bu 
tendensiya mehnat taqsimotining qonuniyatli oqibati hisoblanadi. Birgalikdagi 
faoliyatning har bir ishtirokchisi ushbu faoliyatning ahamiyatiga molik shart-
sharoitlariga, maqsadlari va vazifalariga, umumiy ishga har bir kishining va 
uning o‗zi qo‗shgan hissasiga beriladigan bahodan, o‗z shaxsining umumiy 
fikrida aks etgan bahodan manfaatdordir. Bularning hammasi shaxslararo 
munosabatlar umumiy ish vositasida, uning jamoa oldiga jamiyat tomonidan 
chiqqan mazmuni va qadriyatlari orqali namoyon bo‗ladigan jamoaga ko‗proq 
hos bo‗ladi. Individ guruh a‘zolari bilan birgalikda o‗zaro faol harakat qila 
borgan va uning oldiga qo‗yilgan konkret vazifalarni hal qila borgan holda 
o‗zining qimmatli niyatlariga ega bo‗ladi. 


274
Ularning o‗zlashtirilishi shaxs faoliyati ustidan guruh tomonidan real 
amalga oshiriladigan yoki shaxs guruhga mansub deb hisoblaydigan o‗ziga hos 
nazorat olib borishni taqozo etadi. 
Guruhning qadriyatlariga, uning fikriga qarab mo‗ljal olishi nuqtai nazari 
va bahosi uning uchun juda ham muhim bo‗lgan kishilar doirasini alohida ajratib 
olishga majbur qiladi. 
Bunday odamlar o‗ziga hos prizma bo‗lib xizmat qiladiki, shu tufayli o‗zi 
uchun ahamiyatga molik ob‘ektlarni, maqsadlarni, vazifalarni va boshqa 
odamlar faoliyatining usullarini ko‗rishga va baholashga - sosial persepsiya 
amallarini bajarishga intiladi. Bular uning uchun bamisoli o‗zini ko‗ra 
boshlaydigan ko‗zguga aylanadi. Aftidan, bularning hammasi shaxslararo 
munosabatlarda afzal ko‗rish va tanlashning sosiometrik tadqiqotda 
uchramaydigan muayyan principlarini taqozo etishi kerak. Har qanday guruh 
to‗zilishiga ko‗ra guruh a‘zolari nufo‗zi va statusining o‗ziga hos darajasini aks 
ettiradi. Uning yuqori qismidan referentometrik va sosiometrik tarzda 
tanlanadigan shaxslar o‗rin oladi, eng orqada esa noreferent va sosiometrik 
jihatdan surib chiqarilgan individlar turishadi. Mazkur ierarhiya 
zinapoyasining eng yuqori bosqichida guruhning peshqadami (lideri) 
joylashadi. 
Peshqadam - bu shunday shaxsdirki, guruhning qolgan barcha a‘zolari 
uchun o‗zlarining manfaatlariga dahldor bo‗lgan hamda butun guruh 
faoliyatining yo‗nalishini va harakterini belgilab beradigan eng mas‘uliyatli 
echimlarni qabul qilishga haqli deb hisoblaydilar. Shunday qilib, peshqadam 
guruhning eng muhim muammolariga qiyosan undagi eng ko‗prok darajadagi 
referentlik egasi bo‗lgan shaxsdir. Peshqadam sosiometrik «yulduz» bo‗lishi 
ham va, aksincha, bunday bo‗lmasligi ham mumkin u tevarak-atrofdagilarning 
shaxsiy hayrihohligiga sazovor bo‗lmasligi ham mumkin, lekin agar u 
peshqadam bo‗lsa, u holda uning tevarak-atrofdagilar uchun referentliligi 
shubhasizdir. Peshqadam rasman guruhning rahbari bo‗lishi ham va, aksincha 
bo‗lmasligi ham mumkin. Peshqadam bilan rahbarlikning yagona bitta shaxsga 
to‗g‗ri kelishi maqbul hodisa hisoblanadi. Bordi-yu, agar bunday muvofiqlik 
bo‗lmasa, u holda guruh faoliyatining samaradorligi rasmiy rahbar bilan 
norasmiy peshqadam yoki peshqadamlar o‗rtasidagi munosabatlar qay tarzda 
yuz berishiga bog‗liq bo‗ladi. 
O‗spirinlik yoshida o‗quvchilarning shaxslararo munosabatlar sistemasi 
doirasida bir-birlariga nisbatan talablari va orzu-umidlari ayniqsa keskin tusga 
kiradi. Ana shunday hollarda yuqori sinf o‗quvchilari jamoasidagi peshqadam 
ko‗pincha namuna, sinfda yuqori darajadagi referent shaxs bo‗lib hisoblanadi, 
boshqa barcha o‗quvchilar o‗zlarining va boshqalarning hatti-harakatlarini 
shularga qarab baholashadi. Ba‘zan pedagoglar va ota-onalar a‘lochi o‗quvchilar 
sinf jamoasi mavqeini egallaydilar, degan yanglish fikrga tayangan holda ish 


275
tutadilar. Agar quyi sinflarda a‘lochi o‗quvchi bilan jamoaning peshqadami 
maqomlari o‗rtasida bevosita bog‗lanish sezilmaydi. Yahshi o‗qishning o‗zi 
tahsinga loyiq narsa, lekin a‘lochi o‗quvchi o‗z sinfdoshlari orasida 
peshqadamlik mavqeiga faol ko‗maklashgan taqdirdagina ega bo‗lishi mumkin. 
Bu ayniqsa darsda muntazam jamoa tarzdagi o‗quv ishini tashkil etish 
jarayonida bo‗ladi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish