Guruhiy jarayonlar shaxslararo munosabatlar
Reja:
1)
Guruhiy jarayonlarda shaxslararo idrok.
2)
Shaxslararo nomunasiblik fenomeni.
3)
Individ tomonidan karor kabul kilishga gurux ta‘siri jarayoni.
4)
Samarali muomala va mojarolar
5)
Mojarolar. ularning yuzaga kelish manbalari.
6)
Shaxsdagi ichki va shaxslararo mojarolar.
7)
Shaxslararo mojarolarning namoyon bo‗lish sohalari.
8)
Shaxslararo mojarolarni boshqarish.
9)
Mojarolarni yengish va hal qilish usullari..
Insonning o‗zini qurshab turgan olam bilan o‗zaro birgalikdagi harakati
odamlar o‗rtasida ularning ijtimoiy hayoti va eng avvalo, ishlab chiqarish
faoliyati jarayonida tarkib topadigan ob‘ektiv munosabatlar sistemasida yuz
beradi. Ob‘ektiv munosabatlar va aloqalar (bog‗langanlik, bo‗ysunganlik,
hamkorlik, o‗zaro yordam munosabatlari va boshqalar) har qanday real guruhda
muqarrar va qonuniyatli tarzda yuzaga keladi. Guruh a‘zolari o‗rtasidagi ushbu
o‗zaro
ob‘ektiv
munosabatlarining
in‘ikosi
shaxslararo
sub‘ektiv
munosabatlardirki, ularni o‗rganish bilan social psixologiya shug‗ullanadi.
Munosabat odamlar o‗rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib
chikadigan boglanishlar rivojlanishining ko‗p qirrali jarayonidir.
Munosabatning ikkinchi jihati - munosabatga kirishuvchilarning o‗zaro
birgalikdagi harakati - nutq jarayonida faqat so‗zlar bilan emas, balki harakatlar,
hatti - harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Do‗kon kassasi oldida hisob
kitobni amalga oshirarkan, haridor bilan sotuvchi hatto ulardan birortasi hech
qanday so‗z ishlatishmasa ham o‗zaro munosabatga kirishadi; haridor kassirga
harid qilingan narsa uchun tovar cheki va pul taqcim eca, sotuvchi chek urib,
qaytimini sanab beradi.
Nihoyat, munosabatlarning uchinchi jihati munosabatga kirishuvchiparning
bir - birlarini idrok eta olishlarini taqozo qilishidir. Masalan, munosabat
bo‗yicha sheriklardan biri boshqasini ishonsa bo‗ladigan, aqlli, tushunadigan,
tayyorgarlik ko‗rgan kishi sifatida idrok etishi yo idrok etmasligi, balki
263
oldindanoq u hech narsani tushunmaydi va habar qilingan narsaning fahmiga
etmaydi, deb hisoblashi juda muhimdir.
Shunday qilib, yagona munosabat jarayonida shartli ravishda uchta jihatdan
- kommunikativ (ahborot uzatish), interaktiv (o‗zaro birgalikda harakat qilish) va
perceptiv (o‗zaro birgalikda idrok etish ) jihatlarini alohida ko‗rsatish mumkin.
Munosabatning birgalikdagi faoliyat bilan aloqasi aniq-ravshandir. Lekin
shunday savol tug‗iladi: munosabat birgalikdagi faoliyatining bir qismi, tomoni,
jihati hisoblanadimi yoki munosabat va faoliyat ikkita mustaqil to‗laqonli
jarayonmi?
Kishi birgalikda faoliyat ko‗rsatayotganda zaruriyatga ko‗ra boshqa
odamlar bilan birlashishi, ular bilan muomalaga kirishishi, ya‘ni aloqa o‗rnatishi,
o‗zaro hamjihatlikka erishishi, kerakli ahborot olishi va javob tariqasida ahborot
berishi lozim va hokazo. Bu o‗rinda munosabat faoliyatning bir tomoni, bir
qismi, uning eng muhim informativ jihati, kommunikasiya (birinchi turdagi
munosabat) sifatida namoyon bo‗ladi.
Lekin odam kommunikasiya sifatida munosabatni o‗z tarkibiga olgan
faoliyat jarayonida biron narsa yaratib (asbob yaratib, fikr bildirib, hisoblar qilib,
mashinani tuzatib va shu kabilarni amalga oshirib), shu bilangina cheklanib
qolmaydi: u yaratgan buyum orqali o‗zining xususiyatlarini, o‗zining
induvidualligini boshqa odamlarga «uzatadi», o‗zini boshqa odamlarda (Shu
jumladan, faoliyat maqsadiga erishish uchun u aloqa bog‗laydigan odamlarda
ham va hatto «o‗zga odam» sifatida o‗zida ham) davom ettiradi.
Yaratilgan narsa (qurilgan bino, aniq she‘riy satr, o‗tkazilgan daraht,
yaratilgan yoki ijro etilgan qo‗shiq)- bu, tomondan faoliyat mazmuni bo‗lsa,
ikkinchi tomondan esa vosita sifatida namoyon bo‗ladiki, kishi uning yordami
bilan ijtimoiy hayotda o‗zini qaror toptiradi. Negaki, bu narsa boshqa odamlar
uchun yaratilgandir. Shu narsa orqali odamlar o‗rtasidagi munosabat bevosita
o‗zini aksini topadi, ijod qilayotganlarga va bajarayotganlarga ham, iste‘mol
qilayotganlarga va o‗zlashtirayotganlarga ham bab-barobar tegishli bo‗lgan
umumiy narsani ishlab chiqarish tariqasidagi munosabat hosil bo‗ladi.
Munosabatning o‗zaro birgalikda harakat qilishi va faoliyat ko‗rsatish
jarayonida odamlarni birlashtiradigan umumiy narsa avvalo munosabat vositasi
sifatidagi gashgdan iborat ekanligini bildiradi. Til munosabatga
kirishuvchilar o‗rtasida aloqa bog‗lanishini ta‘minlaydi. Negaki, uni bu
maqsad uchun tanlangan so‗zlar mohiyatiga ko‗ra kodlashtirgan holda ahborotni
ma‘lum qilayotgan kishi ham, bu mohiyatning kodini ochgan, ya‘ni uning
ma‘nosini oshkor etgan va ana shu ahborot asosida o‗z hulq-atvorini
o‗zgartirgan holda bu ahborotni qabul qilayotgan kishi ham tushunadi.
Ahborotni boshqa kishiga yo‗llayotgan kishi va uni qabul qilayotgan kishi
munosabat va birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun mohiyatlarni
kodlashtirish va kodini ochishning bitta yagona sistemasidan foydalanishlari,
264
ya‘ni bitta tilda so‗zlashishlari kerak. Agar kommunikator va recipient
kodlashtirishning turli xil sistemalarini qo‗llaydigan bo‗lsalar, bu holda ular
o‗zaro hamjihatlikka va birgalikdagi faoliyat borasida muvaffaqiyatga erisha
olmaydilar.
Vaviloniya
minorasi
ko‗rilayotgan paytida ko‗ruvchilar
kutilmaganda «aralash-quralash tilda» gaplasha boshlaganliklari oqibatida uning
ag‗darilib tushganligi haqida Injilda keltirilgan afsona kodlashtirish va kodlarni
ochish jarayonlarini bir-biriga bog‗lash chog‗ida o‗zaro birgalikda harakat
qilinmasligini aks ettiradi. Negaki, turli hil tillarda so‗zlashadigan kishilar bir-
birlari bilan murosaga kela olmaydilar, bu esa birgalikdagi harakatning amalga
oshirilishini amri mahol qilib qo‗yadi. Qo‗llaniladigan belgilar zamiridagi
mohiyat munosabatda ishtirok etayotgan shaxslarga tanish bo‗lgan taqdirdagina
ahborot ayirboshlash mumkin bo‗ladi.
Harakter shakllanishida kishining jamiyatga va insonlarga munosabati hal
qiluvchi rol o‗ynaydi. Inson harakteri jamoadan tashqarida, do‗stlik, muhabbat
va boshqalarsiz to‗la namoyon bo‗lishi mumkin emas.
Kishining boshqa insonlar bilan o‗zaro munosabati uning faoliyatga
munosabatida - faollik kuchayishi, taranglik, ihtirochilik, yoki aksincha, og‗ir-
vazminlik, tashabbussizlik orqali hal qiluvchi ahamiyatni namoyon etadi.
Boshqa kishilar va faoliyatga munosabat o‗z navbatida kishining o‗z faoliyatiga,
o‗z-o‗ziga munosabatini shartlaydi. Boshqa insonga nisbatan to‗g‗ri, baholovchi
munosabat o‗z-o‗zini to‗g‗ri baholashning asosiy shartidir.
Boshqa kishilarga munosabat nafaqat harakterning muhim qismi,
balki shaxs ongi shakllanishining asosini tashkil etadi.
Faoliyat o‗zgarganda bu faoliyatning nafaqat predmeti, metodi va
operasiyalari, balki shu bilan birga kishining o‗z-o‗ziga nisbatan munosabati
ham qayta quriladi.
Mohiyat - belgining tevarak-atrofdagi voqelikni bilishni ifoda etadigan
qism sifatidagi mazmunga ega bo‗lgan jihatidir. Qurol odamlarning mehnat
faoliyatini ifodalagani singari, belgilar ham ularning bilish faoliyati va
munosabatini namoyon qiladi.
So‗zlar belgilari sistemasi hayot kechirish, ijtimoiy-tarihiy tajribani
o‗zlashtirish va uzatish vositasi sifatidagi tilni tarkib toptiradi.
Til yordamida munosabatga kirishish tufayli borliqning alohida bir
kishining miyasidagi in‘ikosi boshqa odamlarning miyasida aks etayotgani yoki
aks etgani bilan doimiy ravishda to‗ldirilib turadi - o‗y-fikrlarni ayirboshlash,
ahborot uzatish ro‗y beradi.
Nutq - og‗zaki kommunikaciya, ya‘ni til yordamida munosabat qilish
jarayoni demakdir. Ijtimoiy tajribada biron-bir mohiyatni anglatadigan so‗zlar
og‗zaki kommunikasiya vositasi hisoblanadi. So‗zlar eshittirib yo ovoz
chiqarmasdan aytilishi, yozib qo‗yilishi, yoki kar-soqov kishilarda biron-bir
mohiyatga ega bo‗lgan imo-ishoralar bilan almashtirilishi mumkin.
265
Quyidagi nutq turlari farq qilinadi: yozma va ogzaki nutc. Uz navbatida
og‗zaki nutq dialogik va monologik nutqlarga ajratiladi. Og‗zaki nutqning eng
sodda turi dialog, ya‘ni allaqanday masalalarni birgalikda muhokama qilayotgan
va hal etilayotgan hamsuhbatlar tomonidan olib boriladigan suhbat hisoblanadi.
Gapirishayotganlarning bir-birlariga luqmalari, suhbatdoshidan keyin iboralarni
va ayrim so‗zlarni takrorlash, savollar berish, qo‗shimchalar qo‗shish, izoh
berish, faqat so‗zlashayotganlar tushunadigan sha‘malar qilish, turli hil
yordamchi so‗zlar va undovlar so‗zlashuv nutqi uchun hos xususiyatdir. Bu
nutqning o‗ziga hos xususiyatlari ko‗p jihatdan hamsuhbatlarning hamjihatligi
darajasiga, ularning o‗zaro munosabatlariga bog‗liq bo‗ladi. Aksariyat hamma
joyda ham pedagog oilaviy muhitdagi dialogni hech qachon sinfda o‗quvchilar
bilan munosabatda bo‗lgani kabi olib bormaydi. So‗zlashuv chog‗ida hissiy
hayajonlanish darajasi katta ahamiyatga ega bo‗ladi. Iymangan, hayratlangan,
quvongan, qo‗rqqan jahli chiqqan kishi hsotirjam holatidagi kabi
gapirmaydi, o‗zgacha ohangdagina gapirib qolmasdan, balki ko‗pincha
boshqa so‗zlarni, iboralarni ishlatadi.
Og‗zaki nutqning ikkinchi bir turi monolog nutq bo‗lib, uni bitta kishi
boshqasiga yoki uni tinglayotgan ko‗plab kishilarga qarata gapiradi: bunga
o‗qituvchining hikoyasi, o‗quvchining kengaytirilgan javobi, doklad va shu
kabilar kiradi.
Odamlar munosabatga kirisharkan, ya‘ni biron kimsaga savol, iltimos,
buyruq bilan murojdat qilarkan, biron narsani tushuntirarkan yoki ta‘riflarkan,
boshqa bir kishiga ta‘sir o‗tkazishni, undan o‗zi hohlagandek javob olishni,
topshirig‗ining ijro etilishini, shu paytga qadar tushunmaganini tushunib etishni
zarurat tarzida o‗z oldiga maqsad qilib qo‗yadi. Munosabat maqsadlari
odamlarning birgalikdagi faoliyati ehtiyojlarini aks ettiradi.
Birgalikdagi faoliyat va munosabat ijtimoiy qoidalar - odamlarning
birgalikdagi harakati va o‗zaro munosabatlarini qat‘iyan belgilab qo‗yadigan
hamda jamiyatda udum bo‗lgan hulq-atvor namunalari asosida amalga
oshiriladigan sosial nazorat sharoitida yuz beradi.
Jamiyat ijtimoiy qoidalar sifatida qabul qilgan, ma‘qul topadigan, udumga
aylangan va tegishli vaziyatda turgan har bir kishidan bajarilishini kutayotgan
namunalarning o‗ziga hos sistemasini yaratadi. Ularning bo‗zilishi qoidadan
chetga chiqadiganlarning hulq-atvori to‗g‗rilanishini ta‘minlaydigan social
nazorat mehanizmlarini o‗z ichiga oladi. Qoidalarning mavjudligi va qabul
qilinishi haqida biron kishining barcha boshqa odamlar hulq-atvoridan farq
qiluvchi hatti-harakatiga atrofdagilarning bir hilda munosabat bildirishi dalolat
beradi. Ijtimoiy qoidalar doirasi behad darajada kengdirki, ular mehnat intizomi,
harbiy burch va vatanparvarlik talablariga javob beradigan hulq-atvor
namunalaridan to odoblilik qoidalariga qadar hammasini o‗z ichiga oladi.
Ijtimoiy qoidaga mos keladigan hulq-atvorga po‗lat erituvchining o‗z ish
266
joyidagi eng yuqori unumga erishuvi ham, birinchi sinf o‗quvchisining
o‗qituvchi sinfga kirib kelishi bilan o‗rnidan turishga odatlangan qoidasining
bajarilishi ham kiradi.
Shunday qilib, o‗zaro birgalikda harakat qilayotgan odamlar hulq-
atvorining bir-birlaridan kutgan tahminlariga mosligi munosabat jarayonida
muvaffaqiyatga erishishning zarur sharti hisoblanadi. Munosabatga kirisharkan,
har bir kishi o‗zi bilan munosabatga kirishayotgan odamlarning hulq-atvori,
so‗zlari va , hatti-harakatlari ko‗proq yoki ozroq darajada muayyan bir tarzda
bo‗lishini kutadi. Kishining boshqalardan eshitishga yoki ularda ko‗rishga
tayyor bo‗lgan narsani ulardan kutish mumkinligini behato va aniq tahmin qilish
qobiliyati va malakasi odob deyiladi.
Bundan odobli kishi har doim va barcha hollarda bunday ehtimolga amal
qilaverishi kerak, degan ma‘no kelib chiqmaydi, albatta. Bordi-yu, sub‘ektning
prinsiplari va e‘tiqodi uning nazarida atrofdagilar undan kutishayotganiga
nisbatan keskin ravishda zid bo‗lgan vaziyat vujudga kelgudek bo‗lsa, u
prinsipiallik ko‗rsatib, o‗z hulq-atvorining odobga qay darajada to‗g‗ri kelish-
kelmasligi haqida qayg‗urib o‗tirmasligi ham mumkin.
Shaxs ijtimoiy mavjudot. U o‗zining hayoti davomida boshqa kishilar bilan
bevosita muloqotda bo‗ladi va bu orqali o‗zining ijtimoiy mohiyatini amalga
oshiradi. Bunday muloqot turli hil guruhlarda ro‗y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |