IJTIMOIY PSIXOLOGIYADA
GURUHLAR MUAMMOSI
Jalolova Nafisa
■ 1.
Ijtimoiy psixologiyada guruhlarni tahlil qilish ahamiyati.
■ 2.
Jamoa va guruhlar.
■ 3.
Guruh turlari.
■ 4.
"Guruhiy ong" fenomeni hususida.
■Guruh — bu muayyan belgiga,
masalan
birgalikda
faoliyat
ko’rsatishning mumkinligiga va uning
harakteriga,
tashkil
topish
xususiyatlari va shu kabilar asosida
ajralib
turadigan
insoniy
umumiylikdir.
Guruhlarning
tasniflanishi ham shunga muvofiq
tarzda
bo’lib,
kichik
va
katta
guruhlarga bo’linadi - o’z navbatida
ular ham real, shartli, formal hamda
noformal, rivojlanish darajasi turlicha
bo’lgan, ya`ni, rivojlangan va etarli
darajada rivojlanmagan yoki kam
rivojlangan guruhlartg. bo’linadi.
■ Katta guruhlar umumiy makon va
zamonda
hayot
kechirayotgan
anchagina odamlarni o’z ta^kibiga olgan
social umumiylikni tashkil qiladigan real
guruhlar shaklida bo’linishi mumkin. Bu
hildagi katta guruhlarga korhonalarning
mehnat
jamoasi
yoki
ko’pgina
o’qituvchilar bir-birlari bilan bevosita
o’zaro aloqada bo’lmasalar ham, lekin
ayni chog’da yagona bitta rahbarga
buysunadi. Katta guruhlar ba`zi bir
belgilari (sinfiy, jinsiy, milliy, yosh va
boshqa belgilari) ga binoan ajratiladigan
va -birlashtiradigan
shartli guruhlar
shaklida bo’lishi ham mumkin.
■ Kichik
guruhlar
-
hamisha
bog’langan
umumiylik bo’lib, unga kiruvchi shaxslarning o’zaro
birgalikdagi real harakati va ular o’rtasidagi real
o’zaro munosabatlar bilan bog’langandir. Bu
guruhlar rasmiy (formal) bo’lishi, ya`ni yuridik
jihatdan qayd etilgan huquq va burchlarga, normativ
asosida o’rnatilgan strukturaga, tayinlab yoki saylab
qo’yilgan rahbarlikka ega bo’lishi mumkin. Ijtimoiy
mehnat taqsimoti sharoitlarida bu guruhlar social
jihatdan taqozo etilgan faoliyat ko’rsatishi bilan
bog’langandir.
■ Guruhlar rivojlanishining darajasi yoki saviyasi ularni tasniflashning eng
muhim negizi hisoblanadi. Guruhiy rivojlanish darajasi - shaxslararo
munosabatlar shakllanganligining belgisi, guruhlar shakllanishi jarayoninig
natijasidir.
■ Shaxslararo tanlash. Yahshi o’quvchi bo’lish mumkin va lekin o’rtoqlariga
yoqmasligi, sinfdagi eng intizomsiz safida bo’lishi va lekin ko’pchilik uchun aziz
bo’lib qolishi ham mumkin. Hush ko’rish - hissiyotga
ko’ra afzal ko’rish -
guruhdagi tabaqalanishning yashirin manzarasini
tushunib
etishda
g’oyat
muhim omildir.
■ Amerikalik psixolog J.Moreno guruhlarda shaxslararo afzal
ko’rishlarni
aniqlash
usulini
va
hissiy
afzal
ko’rishlarni qayd qilishi
tehnikasini
taklif etdi. Buni u
sociometriya
deb
atadi.
Sociometriya
yordamida
shaxslararo
birgalikdagi
harakat
jarayonida
guruh
a`zolarida
namoyon
bo’ladigan
afzal
ko’rishning,
bu
farqlik hush ko’rmaslikning
mikdoriy
me`yorini
aniqlash
mumkin. Sociometriya
guruh a`zolarining bir-birlarini hush
ko’rishi yoki hush ko’rmasligini
aniqlashda keng ko’llaniladi.
Guruh a`zolarining o’zlari bunday munosabatlarni anglab
ola
olmasliklari
va ularning mavjudligi
yoki mavjud emasligi
haqida
o’zlariga
hisob bermasliklari mumkin. Sociometriya
metodi
juda ham tezkor bo’lib, uning natijalari matematik usul
bilan qayta ishlanishi va yozma shaklda ifoda etilishi mumkin.
■ Har qanday guruhni uning a`zolarining o’zaro birgalikdagi harakati jarayonida hosil
bo’ladigan kommunikativ shahobcha sifatida talqin qilish mumkin.
■ Guruhga
sociometrik
jihatdan
yondashilgan
tavdirda hayrihohlik va yoqtirmaslik shaxslararo
munosabatlar istamasida tanlashning asosiy omili
bo’lishni, munosabat bog’lashni, ishlashni, dam
olishni, vaqtichog’lik qilishni hohlagani uchun
tanlaydi. Lekin hayrihohlikka bir kishi boshqasini
alohida ajratib ko’rsatishiga, guruhni o’zi uchun
eng muhim belgilar bo’yicha tabaqalashtirgan
holda ko’pchilik orasidan tanlab olishga yagona
asos sifatida qaramaslipgkerak.
■
Kishining o’z guruhi o’zini qurshab turgan voqeilikda mo’ljal
olish manbai sifatida munosabatda bo’lishi uning eng muhim
xususiyatlaridan biridir. Bu tendenciya mehnat taqsimotining
qonuniyatli oqibati hisoblanadi. Birgalikdagi faoliyatning har bir
ishtirokchisi ushbu faoliyatning ahamiyatiga molik shart-
sharoitlariga, maqsadlari va vazifalariga, umumiy ishga har bir
kishining va uning o’zi qo’shgan hissasiga beriladigan bahodan,
o’z shaxsining umumiy fikrida aks etgan bahodan manfaatdordir.
Bularning hammasi shaxslararo munosabatlar umumiy ish
vositasida, uning jamoa oldiga jamiyat tomonidan chiqqan
mazmuni va qadriyatlari orqali namoyon bo’ladigan jamoaga
ko’proq hos bo’ladi. Individ guruh a`zolari bilan birgalikda o’zaro
faol harakat
qila borgan va uning oldiga qo’yilgan konkret
vazifalarni hal qila borgan holda o’zining qimmatli niyatlariga ega
bo’ladi.
■ Ularning o’zlashtirilishi shaxs faoliyati ustidan guruh tomonidan real amalga
oshiriladigan yoki shaxs guruhga mansub deb hisoblaydigan o’ziga hos nazorat olib
borishni taqozo etadi.
■ Guruhning qadriyatlariga, uning fikriga qarab mo’ljal olishi nuqtai nazari va bahosi
uning uchun juda ham muhim bo’lgan kishilar doirasini alohida ajratib olishga
majbur qiladi.
■ Peshqadam - bu shunday shaxsdirki, guruhning qolgan barcha
a`zolari uchun o’zlarining manfaatlariga dahldor bo’lgan hamda
butun guruh faoliyatining yo’nalishini va harakterini belgilab
beradigan eng mas`uliyatli echimlarni qabul qilishga haqli deb
hisoblaydilar. Shunday qilib, peshqadam guruhning eng muhim
muammolariga qiyosan undagi eng ko’prok darajadagi referentlik
egasi bo’lgan shaxsdir. Peshqadam sociometrik «yo’lduz» bo’lishi ham
va, aksincha, bunday bo’lmasligi ham mumkin u tevarak-
atrofdagilarning shaxsiy hayrihohligiga sazovor bo’lmasligi ham
mumkin, lekin agar u peshqadam bo’lsa, u holda uning tevarak-
atrofdagilar uchun referentliligi shubhasizdir. Peshqadam rasman
guruhning rahbari bo’lishi ham va, aksincha bo’lmasligi ham mumkin.
Peshqadam bilan rahbarlikning yagona bitta shaxsga to’g’ri kelishi
maqbul hodisa hisoblanadi. Bordi-yu, agar bunday muvofiqlik
bo’lmasa, u holda guruh faoliyatining samaradorligi rasmiy rahbar
bilan
norasmiy
peshqadam
yoki
peshqadamlar
o’rtasidagi
munosabatlar qay tarzda yuz berishiga bog’liq bo’ladi.
■ O’spirinlik yoshida o’quvchilarning shaxslararo munosabatlar
sistemasi doirasida bir-birlariga nisbatan talablari va orzu-
umidlari ayniqsa keskin tusga kiradi. Ana shunday hollarda
yuqori sinf o’quvchilari jamoasidagi peshqadam ko’pincha
namuna, sinfda yuqori darajadagi referent shaxs bo’lib
hisoblanadi,
boshqa
barcha
o’quvchilar
o’zlarining
va
boshqalarning hatti-harakatlarini shularga qarab baholashadi.
Ba`zan pedagoglar va ota-onalar a`lochi o’quvchilar sinf
jamoasi mavqeini egallaydilar, degan yanglish fikrga tayangan
holda ish tutadilar. Agar quyi sinflarda a`lochi o’quvchi bilan
jamoaning
peshqadami
maqomlari
o’rtasida
bevosita
bog’lanish sezilmaydi. Yahshi o’qishning o’zi tahsinga loyiq
narsa, lekin a`lochi o’quvchi o’z sinfdoshlari orasida
peshqadamlik mavqeiga faol ko’maklashgan taqdirdagina ega
bo’lishi mumkin. Bu ayniqsa darsda muntazam jamoa tarzdagi
o’quv ishini tashkil etish jarayonida bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |