20
II BOB
________________________________________________________
SHAXS PSIXOLOGIYASI TUSHUNCHASI
__________________________________________________________
1.
Shaxs psixologiyasi tushunchasi
1. Individ, shaxs, individuallik.
2. Shaxsning ijtimoiyligi ongi va o‗zini anglashi
3. Shaxs rivojlanishining yo‗nalishlari va nazariyasi
4. Shaxsning shakllanshi va o‗z-o‗ziga baho berishi
5. Shaxs taraqqiyotining psixotik, cheklangan va nevrotik
darajalari
Psixologiya
fani faqat psixik protsesslar, ularning yuzaga kelishi va
taraqqiyot qonunlari bilangina shug‗ullanmay, balki odamning shaxsi hamda
shaxsiy xislatlarning yuzaga kelishi va kamol topishib bilan ham
shug‗ullanadi.
Shaxs deganda nimani tushunamiz? Shaxs deganda konkret bir
insonni, yani ma‘lum jamiyat a‘zosini, shu jamiyatda yashab, shu jamiyatda
ishlaydigan hamda shu jamiyat a‘zolari bilan ma‘lum
munosabatda
bo‗ladigan konkret odamni tushunamiz.
Har bir shaxsning boshqa shaxsdan ajratib turadigan o‗ziga xos
xislatlari bo‗ladi. Odamning shaxsiy xislatlari xech vaqt tug‗ma ravishda,
ya‘ni tayyor holda berilmaydi. har bir odamning o‗ziga xos bo‗lgan va
boshqa odamlarda takrorlanmaydigan shaxsiy xislatlari, yashash sharoiti,
ya‘ni ijtimoiy muhit va ta‘lim-tarbiyaning aktiv ta‘siri ostida tarkib topadi.
Odamning shaxsiy xislatlari deganda
biz - har turli ehtiyojlarini,
qiziqish va ideallarini, qobiliyat hamda iste‘dodini, xarakter va
temperamentlarini tushunamiz. Odamning shaxsiy xislatlari mehnat
faoliyatlarida, boshqa odamlar bilan bo‗lgan
munosabatlarida namoyon
bo‗ladi. Lekin odamning ayni shu kundagi ishga munosabati, boshqalarga
muomalasiga qarab (masalan, shu bugun juda yaxshi ishlagan va odamlar
bilan yaxshi muomalada bo‗lgan bo‗lsa) uning shaxsiy xislatlari xaqida
xulosa chiqarib bo‗lmaydi.
Ana shu yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan
xislatlar epizodik tarzda
emas, ya‘ni ahyon-ahyonda emas, balki odamning kundalik faoliyatlarida va
har qanday sharoitda doimo namoyon bo‗ladigan shaxsiy xislatlariga
aylanadi.
Shu narsani ham aytib o‗tish kerakki, odamning shaxsiy xislatlari
qanchalik mustahkam bo‗lsa ham o‗zgarmaydigan bo‗lmaydi. Odamning
21
barcha shaxsiy xususiyatlari tashqi yashash sharoiti va ta‘lim-tarbiyaning
ta‘siri bilan o‗zgarib boradi. Masalan, odamning yoshi ulg‗ayishi bilan
dunyoqarashida, ishonch-e‘tiqodlarida, qiziqish
va ehtiyojlarida jiddiy
o‗zgarishlar yuzaga keladi. Buning asosiy sababi-odam kata bo‗lgan sari
yashash tarzi, imkoniyatlari tubdan o‗zgarib ketadi. Bu o‗zgarish o‗z
navbatida odamning shaxsiy xislatlarini (xususiyatlarini) ham bir qadar
o‗zgarishga olib keladi.
Har bir odamning shaxsini xarakterlashda uning ehtiyojva
qiziqishlari juda katta rol o‗ynydi. Odam tirik mavjudot sifatida juda ko‗p
narsalarga muhtoj bo‗ladi, ya‘ni uning har doim juda ko‗p ehtiyojlari bo‗ladi.
Ehtiyoj- inson ongida qandaydir predmet va hodisalarga nisbatan
zaruriyatni aks ettirishdir. Psixologiyada quyidagi asosiy ehtiyojlar ajratiladi-
tabiiy, moddiy, madaniy, ma‘naviy, ijtimoiy. Tabiiy
vamoddiy ehtiyojlarini
qondirilishi inson va hayvonlarning mavjud bo‗lishini ta‘minlaydi.
Shaxs tushunchasiga psixolog-olimlar tomonidan berilgan qator (50 ga
yaqin ) tavsiflar mavjud.
Shulardan misollar keltiramiz: «Shaxs- ijtimoiy munosabatlarining
subekti
va
obektidir»
(A.G.Kovalyov)
«Shaxs
individlararo
munosabatlarning subekti siatida» (A.V.Petrovskiy) «Shaxs- jamiyatda
o‗z o‗rnini anglovchi faoliyatga qodir a‘zosidir» K.Platonov) «Shaxs –
faoliyat subektidir» (A.N.Leontev) «Shaxs- tashqi xatti-harakatlarni
o‗zgartiruvchi ichki sharoitlar yig‗indisiir» (S.L.Rubinshteyn) Juda
ko‗plab tarif va tushunchalar orasida amerikalik psixolog G.Ollnort (1897-
1967)ning tarifi e‘tiborga molikdir: «Shaxs – bu hayot jarayonida
shakllanuvchi
individual
o‗ziga xos psixofiziologik
tizimlar-shaxs
xususiyatlari yig‗indisi bo‗lib, u asosida Ushbu insonga xos tafakkur va xulq-
atvor yuzaga keladi». Shunday qilib, shaxs-bu jamiyat a‘zosi bo‗lib, u
individning psixofiziologik tizimining dinamik tashkil etuvchisi bo‗lib,bu
uning xatti-harakati va tafakkurini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: