102
chiqarish yordam beradilar, ammo oʻzlari boshqarilayotgan obʼyektga koʻrsatmalar
yoki yoʻriqnomalar beraolmaydilar.
Boshqaruvning bu tuzilmasining afzalligi farmoyishlarning yakkaligi va
aniqligi, rahbarning oʻzi boshqarayotgan boʻlinma fao liyati natijalari uchun
oshirilgan javobgarligi, qarorlar qabul qilishdagi operativligi,
ijrochilar tomonidan
bir birlari bilan muvofiklashtirilgan farmoyishlarni olinishidir.
Toʻgʻri chiziqli tuzilmaning kamchiliklari qoʻyidagilardan iborat: rahbarga
nisbatan yuqori talab, u boshqaruvning barcha vazifalari va korxona (boʻlinma)
faoliyati turlari boʻyicha keng bilimlar va tajribaga ega boʻlishi,
axborotlar bilan
toʻldirilishi, qoʻli ostidagilar, yuqori rahbarlar va qoʻshni tashkilotlar bilan aloqaning
koʻpliligiga ega boʻlishi kerak.
Boshqaruvning vazifaviy tuzilishi - bu tuzilmada boshqaruv taʼsirlari toʻgʻri
chiziqli va vazifaviyga ajraladilar va bu taʼsirlardan har biri ijrochi uchun
majburiydir. Vazifaviy aloqalar boshqaruvning har qanday umumiy va aniq
vazifalari majmuasini amalga oshiradilar (5.5-rasm).
5.5-rasm. Boshqaruvning vazifaviy tuzilmasi
Ushbu tuzilma umumiy rahbar va boʻlinmalar (texnik, iqtisodiy va h.k.)
rahbarlari ijrochilarga oʻz taʼsirini vazifalar boʻyicha taqsimlaydilar. Rahbarlar bir
birlarining ishiga aralashmaydilar. Umumiy rahbarlar faqat boʻlinmalar
rahbarlarining harakatlarini muvofiklashtiradilar va oʻz
vazifalarining chekl angan
roʻyxatini bajaradilar (rahbarlar oʻrtasidagi muvofiqlashtiruvchi aloqa rasmda
koʻrsatilmagan).
Har bir rahbar faqat vazifalarning aniq ijrochilar tomonidan ishni bajarilishi
uchun zarur boʻlgan zarur qisminigina oʻziga oladi.
Bunda rahbarlarni ishni
bajarilishini borishi haqida xabardor qiluvchi teskari aloqa boʻlmasligi mumkin.
Bunday tuzilmada rahbarlar vazifaviy deb ataladilar.
Ijrochi ham oʻzining ishlarining bir qismini quyida turuvchi darajaga
topshirishi va unga nisbatan vazifaviy rahbar boʻlishi mumkin. Shunday qilib, bitta
ijrochi bir vaqtda bir necha vazifaviy rahbarlarga boʻysunishi mumkin.
Boshqaruvning vazifaviy tuzilishining afzalliklari quyidagilar: rahbarlikka
aniq sohadagi omilkor
mutaxassislarni jalb qilinishi; nostandart vaziyatlarni hal
qilishdagi operativlik; vazifaviy rahbarlarning kasb mahoratini tez oʻsishi;
Boshqaruvning vazifaviy tuzilishining kamchiliklari kuyidagilar:
yakka xukumronlik
tamoyilini buzilishi; javobgar shaxsni yoʻq boʻlishi;
boʻlinmalar faoliyatini muvofiklashtirishni qiyinligi.
103
Toʻgʻri chiziqli vazifaviy tuzilma oʻz ichiga ham toʻgʻri chiziqli va ham vazifali
tashkil qilishlarni oladi, bu ijrochilar uchun ikki tomonlama boʻysunishni yaratadi.
Boshqaruvning koʻpgina idoralari va ijrochilari boshqaruv faoliyati(vazifalari)ning
alohidagi turlarini bajarishga ixtisoslashadilar, vazifaviy boʻlinmalar quyida
turuvchi boʻlimlarga koʻrsatmalar va farmoyishlarni (vakolatlari doirasida ) berish
huquqiga egalar (5.6- rasm.)
Bu tuzilmaning afzalliklari aniq vazifalar
uchun javob beruvchi
mutaxasislarning yuqori omilkorligi, toʻgʻri chiziqli rahbarlarning ular vazifaviy
faoliyat masalalari boʻyicha maʼlumotlar tayyorlashdan ozod boʻlganliklari
natijasida operativ boshqaruv boʻyicha imkoniyatlarini kengayishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: