03.10.2022, 16:45
Shaxsiy kompyuter nosozliklarini aniqlash va yo’qotish usullari — Teletype
https://teletype.in/@kompyuter_darslari/YEKAH1CYp
4/6
g
g
g
g ,
q
g q
y
y g
(buni ishlab chiqaruvchi saytidan u qaysi protsessorlar uchun mo’ljallanganligini
topib aniq bilib olish mumkin), unda yanada kuchliroq sovutish tizimini o’rnatish
haqida o’ylashga to’g’ri keladi. Ko’pincha sistema bloki ichiga chang to’planishi (bu
holat yerda turadigan sistema bloklarida ko’p uchraydi), ventilyatori to’xtab qolishi
yoki juda issiq yoz kunlari sababli qizib ketish muammosi paydo bo’ladi.
Quvvat manbai bloki qizib ketishi sababini aniqlash ham oson. Birinchi navbatda,
ventilyatori ishlayotganligini tekshirib ko’rish zarur. Agar ishlayotgan bo’lsa,
haydalayotgan havo harorati qanday? Iliq «shabada» xavf tug’dirmaydi. Issiq havo
esa ta’minot bloki ortiqcha yuklama bilan ishlayotganligini bildiradi. Zamonaviy
bloklarning ko’pi qizib ketishdan himoyalanish tizimi bilan ta’minlangan. Quvvat
elementlari harorati 100oC darajaga yetganida avtomatik tarzda o’chiriladi. Agar
shunday muammoga duch kelgan bo’lsangiz, quvvat blokini almashtirishga to’g’ri
keladi.
ShK barqarorligini tekshirish uchun S&M eng oddiy dastur hisoblanadi. Xalq
orasida unga «sado maza» deb nom berdilar. S&M yordamida protsessorni kuchli
ishlatish va maksimal qizdirish mumkin bo’ladi. Agar test sinovlari jarayonida
protsessor qizib ketmasa, demak, sovutish masalasida muammolar yo’q. Qiziqarli
tomoni faqat bitta yadrosi qizishini tanlash mumkin. Protsessor yuklamasini 100
foizdan kamga qo’yilganida ish rejimi siklik davriy pulsatsiyaga aylanadi —
protsessor va ta’minot bloki quvvat tizimini tekshirish uchun haqiqiy «sado»ga
aylanadi. «Quvvat bloki» qismi ham juda qiziqarli. Uni tekshirish paytida dastur faqat
xotira bilan protsessorni emas, balki videokartani ham yuklaydi. Ventilyatorlar
harorati, quvvati va aylanish tezligining shaxsiy monitoringini birlashtirish ham juda
foydali bo’ladi.
Nosozlikni aniq ko’rsatib beruvchi «mo’jizakor dastur» hozircha mavjud emas. Biroq
bu sohada najot yo’li yo’q degani emas. Barcha testlarni navbat bilan ishga solib
kompyuter ishlashini kuzatamiz. Xotiraning o’tkazish qobiliyatini test sinovi bilan
tekshirish paytida uzilish sodir bo’lsa birinchi navbatda aynan OZU ga e’tiborni
qaratish zarurligi aniq bo’ladi. Testlardan tashqari Sandra ShK konfiguratsiyasini
yaxshiroq aniqlashga imkon beradi. Agar yordam izlab forumlarga murojaat etishga
qaror qilgan bo’lsangiz bunday optsiya juda foydali bo’ladi- bunday holatda albatta
o’z sistemangiz tarkibini batafsil ko’rsatish va muammoning o’zini va uning
namoyon
bo’lishi xususiyatini iloji boricha aniqroq ta’riflash kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: