1-Mavzu. IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYANING FANLAR
TIZIMIDA TUTGAN O‘RNI
Reja:
1. Iqtisodiy geografiya fanining rivojlanib borishi va uning nomini o’zgarishi.
2. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining ta'rifi.
3. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning asosiy tamoyillari.
Tayanch so’zlar:
turli mamlakat va rayonlarda ishlab chiqarish, hududiylik
,
komplekslik, tarixiylik, ekologik, demosentrizm
yoki antroposentrizm.
1. Iqtisodiy geografiya fanining rivojlanib borishi va uning nomini o’zgarishi.
Jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar faqat vaqt (davr) davomida
kechmaydi, ular ayni paytda muayyan joyda – makonda ham sodir bo'ladi. Ijtimoiy
rivojlanishning ana shu hududiy jihatlari iqtisodiy va ijtimoiy
geografiya fanining
tadqiqot doirasiga kiradi.
Biroq jamiyat rivoji bilan uni o'rganuvchi farlarning tadqiqot obyekti ham
murakkablashib va takomillashib boradi. Bu tabiiy va o'z-o'zicha qonuniy holdir.
Jumladan, iqtisodiy geografiyaning obyekti avvallari ma'lum bir mamlakat yoki
rayonning xo'jalik va aholisi, ishlab chiqarish kuchlarining joylanishidan iborat
bo'lgan bo'lsa, keyinchalik u xo'jalik va aholining
hududiy tarkibi yoki tizimi,
hududiy ijtimoiy-iqtisodiy majmualar (komplekslar) shaklini oldi. Shunga muvofiq
ushbu fanning vazifasi ham o'zgarib bordi. Chunonchi, ilgari asosiy e'tibor qayerda
nima borligini o'rganishga qaratilgan bo'lsa, hozirgi kunda esa nima uchun u yoki bu
voqelik aynan shu joyda vujudga kelganligini ilmiy asosda izohlab va baholab
berilishi talab etiladi. Bunday qonuniyatlarni chuqur
anglash fanning amaliy
(konstruktiv) ahamiyatini yanada oshiradi. Chunki, u endi turli yiriklikdagi hududiy
ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning tahlilidan ularning tashxisiga, undan esa bashorat va
boshqarish darajasiga ko‟tariladi.
Demak, jamiyat taraqqiyoti ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish va
joylanishidagi jarayonlar iqtisodiy geografiya obyektining o'zgarishiga sababbo'ladi.
Shunga mos ravishda bu fanning tadqiqot predmeti va vazifalari
ham takomillashib
boradi. Ayni paytda bunday evolyutsion jarayonlar fan nomini zamon talabiga
muvofiqlashuviga olib keladi. Binobarin, an'anaviy iqtisodiy geografiya asta-sekin
iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga, u esa, o'z navbatida, yanada murakkabroq shaklga
– ijtimoiy geografiyaga aylanmoqdaki, bu ushbu
fanni jahon miqyosidagi
andazalarga moslashtiriladi.
Aytish joizki, mazkur fanning muayyan bir barqaror, barchani qanoatlantimvchi ta'rifi
mavjud emas. Bunga sabab esa geografiya fanining keng qamrovliligi, obyekt va
nomining davr mobaynida o'zgarib turishi bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, iqtisodiy
geografiya ta'riflarining ko'pchiligida ishlab chiqarish kuchlari va ularning
joylashtirish xususiyatlari ta'kidlanadi. Bular ushbu fanning o'zak tushunchasiga,
aksiomasiga aylanib qolgan. Albatta,
bu bejiz emas, chunki iqtisodiyotning asosini
ishlab chiqarish kuchlari, iqtisodiy geografiyaning mohiyatini esa ularning joylashuv
xususiyatlari belgilab beradi. Qolaversa, rivojlanish faqat aniq bir joyda, makonda
amalga oshadi, shu bois, joylanish rivojlanishning hududiy in'ikosidir.
Masalaga
bunday yondoshuv nazarimizda, iqtisodiy geografiyaning tarixiy
rivojlanishi bilan bog'liq. Ma'lumki, ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirish
muammolari dastavval Yevropada, xususan, Germaniyada nemis olimlari I.Tyunen,
A.Veber, A.Lyosh, V.Kristaller va boshqalar tomonidan amaliyotda ko'rib chiqilgan.
Biroq ular o'zlarining joylashtirilish (shtandort) g'oyalarining natijasini «Iqtisodiy
geografiya» deb ta'riflashmagan.
O'ylaymizki, hozirgi kunda ham fanning ta'rifida «ishlab chiqarish kuchlarining
joylashuvi» iborasini qoldirish kerak. Zero, har qanday
joylashtirish muayyan bir
hududda amalga oshiriladi. Ammo fanimizning bugungi predmeti uchun bu kifoya
qilmaydi. Sababi: u endi iqtisodiygina emas, balki iqtisodiy vaijtimoiy geografiya
maqomini olmoqda. Shu jihatdan, bunday ta'rif fanning nomi bilan mazmunini to'la
aks ettirmaydi.
To'g'ri, «ishlab chiqarish kuchlari»
eng avvalo uning subyekt, ya‟ni egasi bo'lgan
aholini ham o'z ichiga oladi. Lekin bu yerda aholi, asosan, ishchi kuchi mazmunida,
ya'ni iqtisodiy kategoriya shaklida nazarda tutiladi. Inson, uning ijtimoiy hayoti,
sotsial muhitdagi o'zaro munosabatlari esa bu ibora qamrovidan chctda qoladi. Busiz
fan ilgaridagidek iqtisodiy, ishlab chiqarish geografiyasi bo'lib qolaveradi.