Olimpiya an’analarini qayta tiklash.
Insoniyatning iroda, aql va jismoniy harakatini tarbiyalashga xizmat etuvchi
qadimgi Olimpiya bayramlarini qayta tiklash g’oyalari uyg’onish davriga kelib
paydo bo’la boshladi. Uning ilk tashabbuskorlaridan biri italiyalik davlat arbobi
Matteo Polmiyeri (1406 - 1476) hisoblanadi. U o’zining «Fuqarolik hayoti haqida»
nomli kitobida antik Olimpiya o’yinlarining yoshlarni jismoniy tarbiyalashdagi
mohiyatini ochib beradi. Shuningdek, «Hayot shahri» (Gorod jizni) kitobida yoshlarni
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamiyatga xizmat qilish ehtiyojini singdirish inson
hayotining ma’naviy me’yorlarini tarkib toptirishning asosi ekanligini e’tirof etgan.
Qadimgi Olimpiya o’yinlaridan ibrat olishni Yan Amos Komenskiy, Jan Jak
Russo, Fridrix Shiller, Mixail Lomonosov, Iyeronim Merkurialis va boshqa
donishmandlar ham tavsiya etishgan.
14
Ba’zi bir davlatlarda qadimgi Olimpiya o’yinlarini o’tkazish amaliy jihatdan
kuchga kirgan. Bunday o’yinlar faqat bir davlat miqyosidagina o’tkazilganligi ko’zga
tashlanadi. 1604 yilda Robert Dover (Angliya) yoshlar orasida Olimpiya o’yinlariga
o’xshash musobaqa o’tkazishga muvaffaq bo’ladi. Bu voqyea
«Gotevold o’yinlari» (joyning nomi asosida) nomi bilan tarixda qoldi. Gotevold
tepaliklarida o’tkazilgan musobaqalar dasturida rapira, sablya, shpagada qilichbozlik,
kurash, futbol, (sul) o’yini, bosqon uloqtirish, otda poyga, shaxmat va boshqa o’yinlar
bo’lgan. Uilyam Shekspir «Vindgorlik oyimchalar» (Vindgorskiye devushki) asarida
«Gotevold tepaliklaridagi Olimpiya o’yinlari» deb uni tilga oladi.
Kapitan Robert Doverning o’yinlari o’ttiz yildan ortiq davr ichida o’tkazib
borildi. Uning 1641 yilda vafot etishi bilan uning o’yinlari ham to’xtab qoldi.
Antik Olimpiya o’yinlari timsolidagi musobaqa keyinchalik Germaniya,
Shvesiya, AQSh, Kanada, Gresiya kabi davlatlarda ham o’tkazilgan. Har bir
mamlakatning imkoniyat doirasi va o’zlariga xos xususiyatlari asosida o’yinlar ham
turlicha tus olgan. Masalan, 1845 yilda Kanadada bu «Monreal Olimpiya o’yinlari»
nomi bilan o’tkazilgan.
Shu tariqa jahonda Olimpiya o’yinlari xalqaro miqyosida o’tkazishga asta- sekin
zamin tayyorlangan. U XIX asrning oxirida bu ish to’la amalga oshirildi.
Xulosa qilib aytganda, o’rta asrlar jarayonida jismoniy madaniyat yangi
shakllar va mazmunlarga ega bo’lgan holda, ularning deyarli barcha vositalari
qadimgi ajdodlar jismoniy madaniyat negizida rivoj topdi. Ularni takomillashtirishda
harbiy jismoniy tayyorgarlik tadbirlari, yoshlarni har tomonlama tarbyailash
maqsadida tashkil etilgan risarlik maktablari va boshqa shu turdagi o’quv
muassasalarining o’rni g’oyat katta bo’ldi.
Feodalizm tuzumining rivojlanishi shahar va qishloqlar aholisi o’rtasida
o’tkazilgan turli an’analarda, marosimlar o’tkazishda, kurash, boks, qilichbozlik,
kamondan o’q otish, otlarda poyga va boshqa turli-tuman o’yinlardan keng
foydlanganlar.
15
Feodal tuzumning yemirilishi va kapitalistik tuzumining shakllana borishi
natijasida kelishmovchilik va urushlar ko’payib, o’q otar qurollardan keng
foydalanish boshlandi. Shu tariqa jismoniy tarbiya va sportning rivoji zamon ruhi
bilan bog’langan holda davom etdi.
XV-XVII
asrlarda Yevropa mamlakatlarida gumanistlar va utopistlar
tomonidan yoshlarni jismoniy va ma’naviy jihatdan tarbiyalashga doir yangi g’oyalar
ilgari surildi. Shu asosda tibbiyot, pedagogika va boshqa fanlar rivojlandi.
Sanoat, qurilish, texnika va boshqa sohalardagi kashfiyotlar davlatlarning
iqtisodiy-madaniy jihatdan rivojlanishiga sabab bo’ldi.
Fan, madaniyat va ta’lim-tarbiyaning Yangi yo’nalishlari negizida antik
Olimpiya o’yinlari qayta tiklashga urinishlar bo’ldi. Natijada, Shvetsiya, Angliya,
Kanada va boshqa bir qator davlatlarda qadimgi Olimpiya o’yinlariga qiyoslab, yangi
ko’rinishdagi o’yinlar o’tkazildi va umuman, jamiyatning o’sha davrdagi tuzilishi,
diniy hukumronlik sharoitida bunday tadbirlarni muntazam o’tkazib borish, ularni
xalqaro miqyosda tashkil qilishga hyech bir davlat qodir emas edi.
16
Do'stlaringiz bilan baham: |