Profilaktikasi. Hayvonlar uchun yetarli darajada oziqlantirish va saqlash
sharoitlari yaratiladi. Sifatsiz to’shamalardan foydalanish, hayvonlarni bir-birini
tishlashlarining oldi olinadi. Ikkilamchi rinitlar birlamchi kasalliklarning oldini
olish orqali profilaktika qilinadi.
Bronxopnevmoniya (lobulyar pnevmoniya) - bronxlar va o’pkaning ayrim
bo’laklarning yallig’lanishi bo’lib, ularda epiteliy hujayralari qon plazmasi va
shaklli elementlaridan iborat ekssudatning to’planishi bilan xarakterlanadi. Asosan
yosh mo’ynali hayvonlar hayotining birinchi kunlarida yoki onasidan ajratilgandan
keyin kasallanib, o’lim 30-50% ga yetishi mumkin. Katta yoshdagi hayvonlar kam
darajada kasallanib, ularda ko’pincha gemorragik, yiringli va boshqa turdagi
pnevmoniyalar kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |