§ 3.3. Yurak va qon tomirlari yopiq biofizik tizim
Qonning oqish tezligi kichik bo’lganligi uchun uni laminar oqim deb olish
mumkin. Qon molekulalari va arteriya devorlari orasida ishqalanish tufayli arteriya
chetlarida oqim nolga teng. Arteriya markazida tezlik eng katta bo’ladi. Demak,
arteriya devorlari oldida bosim katta va tezlik kichik bo’lganligi uchun qon
to’qimalari arteriya markaziga itariladi. Agarda biror sababga ko’ra arteriya
devorlari qalinlashsa ko’krak qafasida og’riq paydo bo’ladi. Buning natijasida
arterioskleroz yuzaga kelishi mumkin. Bundan qutilish uchun organizmga
nitroglisirin yuborish kerak. Yuqorida aytilganidek, haroratning o’zgarishi qon
yopishqoqligining ham o’zgarishiga olib keladi. Boshqacha aytganda harorat oshsa
qonning yopishqoqligi kamayadi, laminar oqim turbulent oqimga o’tadi va qon
harakat tezligi oshadi. Laminar oqim oddiy bo’lib, tezlik kichik bo’lganda yuz
beradi. Agarda tezlik oshsa, oqim turbulent holatga o’tadi. Bu o’tish chegarasi
o’lchamsiz kattalik Reynolds soni orqali aniqlanadi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
58
η
ϑρ
D
R
e
=
(3.13)
Bunda
D
- quvur diametri,
ρ
- suyuqlik zichligi, agarda bu son suv uchun
2000 dan kichik bo’lsa quvur orqali oqim laminar, bundan katta bo’lsa turbulent
oqim bo’ladi. Arteriyada qon oqimi uchun bu sonning qiymati 800 ga teng, demak
Reynolds soni 800 dan katta bo’lsa, organizmda patologik o’zgarishlar yuz beradi.
Quyidagi jadvalda qonning ayrim gidrodinamik parametrlari keltirilgan.
Odam uchun qon aylanishning ayrim gidrodinamik parametrlari
3.1-jadval
Tomir turi
O’rtacha
tezlik
m/s
Diametr,
m
Tezlikning tomir
devori yonidagi
o’rtacha gradiyenti, s
-
1
Reynolds
soni
Aorta
1
10
8
,
4
−
⋅
2
10
5
,
2
−
⋅
155
3
10
4
,
3
⋅
Arteriya
1
10
5
,
4
−
⋅
3
10
4
−
⋅
900
2
10
5
⋅
Arteriola
3
10
5
−
⋅
5
10
5
−
⋅
800
2
10
7
⋅
Kapillyar
3
10
1
−
⋅
6
10
8
−
⋅
1000
3
10
2
⋅
Venula
3
10
2
−
⋅
5
10
,
2
−
⋅
800
2
10
2
⋅
Vena
1
10
1
−
⋅
3
10
5
−
⋅
160
2
10
4
,
1
⋅
Yurak va qon tomirlari yopiq biofizik tizimdir. Yurak nasos rolini bajaradi va
u yurak qon tomirlarida qonni harakatga keltiruvchi asosiy energiya manbaidir. U
ATF molekulalarida joylashgan kimyoviy energiyani yurak muskullarining
mexanik energiyasiga aylantiradi. Demak, yurak impuls rejimda ishlaydi. Sut
emizuvchilar va qushlar yuragi to’rtta kameradan tashkil topgan. U ikkiga ajralgan
va o’ng qon tomirlari bilan tutashtirilgan. O’ng yurakcha butun tanadan qon qabul
qiladi va oshqozonga yuboradi, undan esa o’pka qon arteriyasi orqali o’pkaga
yuboriladi. O’pkada u kislorod bilan boyitilib o’pka venasi orqali chap yurak va
oshqozonga qaytariladi. So’ng ritmik ishlash bilan qon butun tanaga yuboriladi.
Yurak muskullarining siqilishi tufayli arterial va vena tizimida bosimlar farqi
yuzaga keladi va shu sababli qon harakatga keladi. Yurak siqilishi chastotasi
hayvon massasi qancha kichik bo’lsa, shuncha katta bo’ladi. Chunki, massa qancha
kichik bo’lsa, uning sirti ham shuncha katta bo’ladi va issiqlik ko’p yo’qotiladi va
kislorod bilan ta’minlash ham shuncha kam bo’ladi. Sistola vaqtida chiqadigan qon
miqdori qoramolda 850 – 580 ml, odamda 60 – 70 ml, qo’yda 55 ml, itda 14 ml ga
teng. Fizik ta’sir vaqtida bu qiymat oshadi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
59
1
2
3
4
5
6
7
Юрак
R
D
C
U
3.5-rasm.
Yurak va qon tomirlari tuzilishi, hamda yurak faoliyatini o’rganish
elektron sxemasi: u-elektr kuchlanish, D-diod, C-kondensator,
R- rezistor
Yurakni kuchlanish manbai U deb olsak, yurak klapani D diod rolini
o’ynaydi, ya’ni bir tomonga ochiladi. Kondensator yarim davr ichida zaryadlanadi,
yarim davr ichida esa R orqali razryadlanadi. Kondensatorning roli qon bosimining
tebranishlarini tekislashdir. Qon tomirlarini tarmoqlangan naychalar sifatida olish
mumkin. 3.5-rasmda 1-2 aorta, 2-3 arteriyalar, 3-4 arteriolalar, 4-5 kapillyarlar, 5-6
venulalar, 6-7 venalardan iborat. Yurak muskullarining qisqarishida (sistolada) qon
yurakdan aortaga va undan tarqalib ketuvchi arteriyalarga siqib chiqarila
boshlaydi.
Agar bu tomirlar devorlari qattiq bo’lganda edi, qonning yurakdan chiqish
paytida vujudga kelgan bosim tovush tezligida qismlarga uzatilgan bo’lar edi. Qon
tomirlari elastik bo’lgani uchun sistola paytida yurak itarib chiqarayotgan qon
aorta, arteriya va arteriolalarni cho’zadi.
3.6-rasm.
Quvurlarda suyuqliklarning oqim tezligi chizmasi
Bunda katta qon tomirlari sistola paytida markazdan chetdagi qismlarga oqib
boradigan qonga nisbatan ko’p qonni qabul qiladi. Odamning sistolik bosimi
normada taxminan 16 kPa.ga teng. Yurakning bo’shashi (diastola) paytida
cho’zilgan qon tomirlari pasayadi (bo’shaladi), yurakning qon orqali ularga
uzatgan potensial energiyasi qonning oqishidagi kinetik energiyaga aylanib
diastolik bosimni taxminan 11 kPa. atrofida tutib turishga madad beradi. Sistolalar
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
60
yuz berishi davrida qonning chap qorinchadan itarilib chiqarilishi tufayli yuzaga
kelgan va aorta hamda arteriyalar orqali tarqaluvchi yuqori bosimli to’lqinga puls
to’lqini deyiladi. Puls to’lqini tezligi 5 - 10 m/s, bu esa (0,3 s da 1,5 - 3 m) sistola
davrida yurakdan qo’l va oyoqlargacha bo’lgan masofadan kattadir. Bu shuni
bildiradiki, puls to’lqini fronti qo’l va oyoqlarning oxirgi nuqtalariga aortada
bosimning pasayishidan oldin yetib boradi. Ammo qonning tezligi 0,3 - 0,5 m/s,
puls to’lqini tezligidan kichikdir. 3.7-rasmda yurak atrofidagi, ya’ni aortadagi (a)
va arteriolalardagi bosimning (b) o’zgarish ko’rsatilgan, (v) bosimning o’rtacha
qiymatining va qon oqimi tezligining qon harakatlanuvchi
3.7-rasm.
Qon bosimining qon tomirlaridagi qiymatlarini ko’rsatuvchi
chizmalar.
tomirlar turiga bog’liq holda o’zgarishi ko’rsatilgan. Bunda 2-arteriyalar, 3-
kapilyarlar, 4-venalar, shtrixlangan soha bosim tebranishiga mos (puls to’lqini)
kelishi tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |