47
MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA MOLIYA BOZORINING O`RNI VA ROLI
Sh.K. Yuldashev -
Samarqand Davlat Universiteti, dotsent
U.A. Boliboyeva -
Samarqand Davlat Universiteti
Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy
rivojlanish ko’rsatkichlariga e’tibor qaratsak,
aksariyat mamlakatlarda real sektorga nisbatan moliyaviy sektorning roli katta ekanligini
ko’rishimiz mumkin.Shu sababli O’zbekistonda ham fond
bozorini rivojlantirish va
aksiyadorlik
jamiyatlarini
moliyalash
tirishda
qimmatli
qog’ozlardan
foydalanish
mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirishdagi muhim jihatlardan hisoblanadi.Shu boisdan
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan “2020
-2025-yillarda moliya bozorini rivojlantirish
strategiyasini ishlab chiqish va erkin muom
aladagi jami qimmatli qog’ozlarning yalpi ichki
mahsulot hajmiga nisbatini 2025-yil oxiriga qadar kamida 10-15 foizga yetkazish kun
tartibidagi asosiy masala ekanligi ta’kidlandi”.[1]
Mamlakatlarning mavjud soha va tarmoqlaridagi iqtisodiy holatni tahlil qilish orqali
ayrim tarmoqlarda pul mablag’lari yetishmay turgan bir paytda, ba’zi tarmoqlarning ko’p
miqdorda pullari vaqtincha bo’sh turganini guvohi bo`lish mumkin. Bir tarmoqning mablag’i
ma’lum vaqt mobaynida ortiqchalik qilishi yoki yetishmay qolishi,
navbatma-navbat almashib
kelishini hisobga olgan holda, mablag’i yetadigan va shu mablag’ga yetishmovchiligi bor
bo’lgan
tarmoqlarni bir
-
birlari bilan uchrashtiradigan soha bu moliya bozori, ya’ni fond
birjasidir. Dunyoning ko’plab, eng zamonaviy davlatla
rning bozor iqtisodiyotida fond birjalari
faoliyat ko’rsatmoqda. Shu bilan birga, fond birjalari bozor iqtisodiyotining eng muhim
institute sifatida qaralib, tegishli moliya institutlarining faoliyatini milliy iqtisodiyotidan kelib
chiqqan holda muhim aham
iyatga ega bo’lgan ko’plab vazifalarni o’z ichiga oladi. Fond bozori
jismoniy yoki qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishga imkon beradigan
mexanizm to’plamidir. Fond birjasi –
qimmatli qog’ozlar savdosiga mo’ljallangan uyushgan
bozor. Bu
qimmatli qog’ozlar xaridori hamda sotuvchisi uchrashadigan joy.
Xalqaro tajribaga ko’ra, qimmatli qog’ozlar bozori iqtisodiyotining turli tarmoqlari
uchun zarur investitsiyalarni jalb qilishning muhim manbai bo’lib, bank krediti orqali
moliyalashtirishning muqobili sanaladi. Shu bois ham har qanday davlat iqtisodiy tizimining
holati fond bozoridagi faollikda namoyon bo’ladi. Mazkur bozorda yuridik yoki jismoniy
shaxslar o’z mablag’ini kelgusida foyda olish maqsadida aksiya hamda boshqa qimmatli
qog’ozlarga
yo’naltiradi. Qimmatli qog’ozlardan foyda olish dividend yoki foiz ko’rinishida
yoxud ularni ikkilamchi ravishda yuqoriroq bahoga sotish evaziga amalga oshiriladi.
Moliyaviy fond birjalari bir nechta subyektlarning ishtirokida ishlaydi:
Emitentlar. Fond bozorida ishtirok etuvchi subyektlarning
bunday turi yuridik shaxs,
davlat organlari yoki mahalliy hokimyat organi bo’lishi mumkin.
Investorlar. Ushbu subyekt turiga jismoniy va yuridik shaxslar
–
kompaniyalar,
korxonalar, davlat idoralari kirishi mumkin. Y
uqorida qayd etilgan shaxslar o’z kapitallaridan
keyinchalik foyda olish maqsadida qimmatli qog’ozlarni sotib olish uchun foydalanadilar.
Professional a’zolar. Ular fond bozorida ishtirok etuvchi uchinchi shaxslardir. Ularga
asosan treyderlar, brokerlar, d
ilerlar kiradi. Bir so’z bilan aytganda ular vositachilar bo’lib,
tomonlardan birining vakili. Bu guruh vakillari muvaffaqiyatli bitimning foizlarini olishadi,
shuning uchun bunday savdo shartnomalarini bajarishda imkon qadar ishtirok etish ularning
manfaatlariga mos keladi.
O’tgan bir necha yil davomida mamlakatamizda ham birjalar faoliyatini
takomillashtirish, jumladan fond bozorini rivojlantirish borasida izchil ishlar amalga
oshirilmoqda. Shuningdek, fond birjasini rivojlantirish orqali bozor iqtisodiyotining
taraqqiyotiga erishish maqsadida tuzilgan dasturlar bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi
48
Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar doirasida amalga
oshirib kelinmoqda.[2].Ayni
paytda mamlkatimiz, xususiy korxonalarg
a ko’maklashish va
raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi tomonidan faoliyati tartibga solinib turuvchi birjalar
soni 3 tadan iborat. Ular O’zbekiston Respublikasi tovar
-
xomashyo birjasi, Respublika ko’p
tarmoqli agrosanoat birjasi, “Toshkent” Respublika fond birjasi.”Toshkent” Respublika fond
birjasi mamlakatimiz moliya tizimini tez rivojlantirayotgan tuzilmadir va u sarmoya
bozorining fond ulishi o’zgarishiga katta ta’sir ko’rsatdi.
Shu bilan birga, mutaxassislarning qayd qilishlaricha, fond bozoriga aholini keng jalb
qilish hamon dolzarb masalalardan biri bo’lib turibdi.Shu bois, qimmatli qog’ozlarga sarmoya
kiritishning afzalliklarini keng ommaga ko’proq va tushunarli tarzda yetkazish uchun
respublikamizning barcha hududlarida soha mutaxassislari
ishtirokida turli tadbirlar
o’tkazilmoqda.
Bu borada, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022
-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli
“2022
-2026-
yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi
farmonida milliy iqtisodiyotni jadal
rivojlantirish va yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlashning
ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida, iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko’paytirish
maqsadida, kelgusi 5 yilda fond bozori aylanmasini 200 million AQSh dollaridan 7 milliard
AQSh dollariga y
etkazish maqsad qilib qo’yilgan.[3]. Iqtisodiyotni rivojlanishida, hamda uning
turli sohalari bir maromda ishlab turishi uchun investitsiyalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirda, katta hajmda moliyaviy resusrlarni jamlovchi va uni iqtisodiyotning ustuvor
s
ohalariga yo’naltira oladigan asosiy moliyaviy institut –
banklar bo’lib turibdi, desak
mubolag’a bo’lmaydi. Mana shu faoliyatni qimmatli qog’ozlar vositasida amalga oshirish
banklar uchun ko'p jihatdan qulaydir. Ta’kidlash o’rinliki, odatda fond bozorida
ishtirok
etuvchi tijorat banklari milliy iqtisodiyotimizning real sektorini rivojlantirishda hal qiluvchi
ahamiyatga ega hisoblanadi.[4].Fond bozorini rivojlantirish yordamida iqtisodiyotda pul
mablag’lari harakati ta’minlanadi, shuningdek, moliya resurslarini beto’xtov
shakllantirish,
ulardan samarali foydalanish va sarmoyalash amalga oshiriladi. Investitsiyaga aylanayotgan
pulning xo’jalikning turli sohalari o’rtasida erkin ko’chib yurishi, moliya resurslaridan erkin
va oqilona foydalanishni ta’minlaydi. Bu o’z navbatida mamlakat taraqqiyotiga ham o’z
ta’sirini o’tkazadi.
Hozirgi zamon iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga qarab, mamlakat iqtisodiyotining
“ahvoli” haqida fikr yuritish mumkin, chunki moliya bozoriga ta’sir ko’rsatib, jamiyatning
iqtisodiy faoliyatini boshqarish mumkin. Shuning uchun moliya bozorini rivojlantirish
bugungi kunda iqtisodiyotimizdagi muhim vazifalardan biridir. Shuningdek, mamlakatimiz
fond bozorini yanada rivojlantirish va barqarorlashtirishda tijorat bank investitsiyalaridan
foydalanish maqsadga muvofiqdir:
-
fond bozorida banklar tomonidan qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan
operatsiyalar bo’yicha soliq mexanizmida bir muncha yengilliklar va imtiyozlar joriy etilishi
lozim;
- birja savdolarida sotiladigan moliya
viy instrumentlar sonini ko’paytirish, ya’ni
moliyaviy fyuchers, opsion, depozitar tilxatlar va ipoteka obligatsiyalarini joriy etish. Bu holat
qimmatli qog’ozlar bozorida banklarning faollashuviga va
fond bozori aylanmasining
oshishiga olib keladi;
- Res
publika tijorat banklarining qimmatli qog’ozlarini xalqaro fond birjalarida sotishni
ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish lozim.[4]
Yuqorida sanab o’tilgan chora
-
tadbirlarning o’z vaqtida amalga oshirilishi respublika
banklari raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilib, ularning nafaqat milliy fond bozorida
investitsion faolligi oshishiga, balki xalqaro capital bozorida ham faol ishtirokchiga
aylanishiga imkon beradi, O’zbekistonda investitsiya muhitining yanada qulayroq bo’lishiga
olib keladi.
49
Bundan ta
shqari O’zbekistonda fond bozorini rivojlantirish masalalarini o’rganish orqali
quyidagi xulosa va takliflarni keltirish mumkin.
Birinchidan, O’zbekistonda fond bozorini rivojlantirishda makroiqtisodiy barqarorlik,
korporativ tuzilmalarda korporativ boshqaruv, investorlarning huquqiy himoyasi,
xususiy
kapital oqimi kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratish lozim.
Ikkinchidan, fond bozorining rivojlanishi iqtisodiy o’sish bilan o’zaro bog’liq ekanligini
ta’kidlashimiz lozim. Bunda iqtisodiyotning rivojlanishi
fond bozorini rivojlantirishga va
aksincha, fond bozorining rivojlanishi iqtisodiyotni rivojlantirishga katta hissa qo’shishini
inobatga olish lozim.
Uchinchidan, O’zbekistonda fond bozorini rivojlantirishda aksiyadorlik jamiyatlari
tomonidan daromadlilikni inobatga olgan holda aksiyalar va obligatsiyalarni samarali
moliyaviy instrumentlarga aylantirish hamda ushbu qimmatli qog’ozlarning chiqarilishini
moliyalashtirish shakllari sifatida foydalanilishi zarur.
To’rtinchidan, aksiyadorlik jamiyatlarining fon
d bozoridagi ishtirokini kengaytirish
maqsadida mahalliy fond bozori uchun yangi instrumentlardan, xususan, islom qimmatli
qog’ozlaridan foydalanish zarur. Bu fond bozorida
capital aylanmasini oshirishga, aholi
qo’lidagi bo’sh pul mablag’larini jalb qilish
ga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: