Ilmiy tadqiqot markazi


YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASI DOIRASIDA FOND BOZORI



Download 7,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/329
Sana14.04.2023
Hajmi7,23 Mb.
#928209
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   329
Bog'liq
Moliya bozori Konferensiya to\'plam 05.04.2023

YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASI DOIRASIDA FOND BOZORI 
SALMOG‘INI MAMLAKAT IQTISODIYOTIDA OSHIRISHDAGI DOLZARB 
 
MUAMMOLAR VA ULARNI TARTIBGA SOLISH MASALALARI 
 
G.
G’
. Mahkamova - 
Toshkent moliya instituti 
 
Ma’lumki, fond birjasi –
investorlar qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan aksiyalarni, 
obligatsiyalarni, derivativlarni, fond indekslarini va boshqa moliyaviy vositalarni sotib 
olishlari va sotishlari mumkin bo‘lgan bozordir. Bu –
moliyaviy bozorning eng kuchli 
komponentidir. Shunin
gdek, u iqtisodiyotning sog‘lig‘ining o‘lchovi va jahon iqtisodiy 
kuchining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababdan fond bozori faoliyatini 
kengaytirish va uning o‘rnini mamlakat iqtisodiyotida oshirish davlatimizda dolzarb 
masalalardan biri 
bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi rivojlanayotgan mamlakat sifatida aynan jahon tajribasida 
ijobiy baholangan fond bozorini rivojlantirish va iqtisodiyotning bir bo‘lagi hisoblangan 
moliya bozori salmog‘ini oshirish maqsadida, 2022
-yil 28-yanvarda
gi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining PF-60-
sonli “2022
-
2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi 
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘gʻrisida”gi Farmonining III bob 27
-maqsadi 
doirasida, fond bozori salmog‘ini mamlakat iqtisodiyotida oshirish belgilangan bo‘lib, unga 


24 
ko‘ra, kelgusi besh yilda fond bozori aylanmasini 200 million AQSH dollaridan 7 milliard 
AQSH dollariga yetkazish reja qilingan
18
. Shunga ko‘ra, mamlakatimizda kapital harakatini 
bosqichma-bosqich erkinlashtirish hamda yirik korxonalarni va ulardagi ulushlarni 
(aksiyalarni), shu jumladan fond birjasi orqali xususiylashtirish va davlat ulushiga ega tijorat 
banklarida transformatsiya jarayonlarini yakunlab, 2026-yil yakuniga qadar bank aktivlarida 
xususiy sektor ulushini 60 foiz
gacha yetkazish rejalashtirilgan. Fikrimizcha, bu borada ilg’or 
xorij tajribalarini milliy moliya bozorida qo’llash imkoniyatlarini tahlil qilish muhim 
hisoblanadi 
Bugungi kunda jahon mamlakatlarining qimmatli qog‘ozlar bozori holatini tadqiq 
qiladigan bo‘
lsak, yer sharidagi eng yirik fond birjasi hisoblangan New York Stock Exchange 
(NYSE)da 2022-
yilning yakunlariga ko‘ra birja kotirovkalash varag‘iga kiritilgan 2
600ga 
yaqin aksiya emitentlarining umumiy bozor kapitallashuvi 39,00 trillion AQSH dollariga 
yetgan. 2022-
yil davomida Birjaning kunlik (1H) o‘rtacha aylanmasi 38,8 million AQSH 
dollarini tashkil etmoqda
19
. Bitimlar hajmi bu qadar yuqori bo‘lishi juda ko‘plab faktorlarga 
bog‘liq bo‘lib, savdo platformalarida moliyaviy instrument turlari juda xilma
-xil. Bundan 
tashqari, birja investitsion fondlari ham tashkil etilgan hamda birja indekslari savdolari aktiv 
yo‘lga qo‘yilgan. Derivativ turlari ham ko‘p bo‘lib ularning salmoqli qismni opsionlar tashkil 
qilmoqda. Shu bilan birga bugungi kunda islom moliyasi instrumentlari savdosi amalga 
oshiriluvchi savdo maydonlari ham yaratilgan bo‘lib, investorlarning talablaridan kelib 
chiqqan holda barcha sharoitlar joriy etilgan. Barcha savdolar uchun onlayn platformalar
jahon talablariga javob beradigan tarzda ishlab chiqilgan, bitimlar T+0, T+1 rejimida amalga 
oshiriladi.
Qo‘shni davlatlar fond bozorlaridan Qozog‘izston Respublikasining Qozog‘iston fond 
birjasi (KASE) ham bugungi kunda tez sur’atlarda rivojlanayotgan birjalardan biri hisoblanadi. 
2022-yil yakunla
riga ko‘ra birjaning umumiy bozor kapitallashuvi 45,9 milliard AQSH 
dollarini tashkil etgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi umumiy bozor kapitallashuviga 
nisbatan 26,4%ga pasaygan. Shunday bo‘lishiga qaramasdan birja Markaziy Osiyodagi eng 
yirik birja 
maqomini saqlab qolmoqda. Sababi, KASE o‘zida valyuta va fond birjalarini 
birlashtirgan bo‘lib, uning bitimlari soni va hajmi ko‘rsatkichlari oshib borishida ushbu omil 
katta rol o‘ynaydi. Birjada aksiya, obligatsiyalar, davlat qimmatli qog‘ozlari, xorijiy
valyuta va 
valyutaviy svoplar, hosilaviy qimmatli qog‘ozlar, KASE indeksi kabi moliyaviy instrumentlar 
savdolari amalga oshiriladi. Ushbu instrumentlarning xilma-xilligi mamlakatning investitsion 
jozibadorligini oshirib, fond bozori faoliyatini yanada o‘sishiga sabab bo‘lmoqda. 
Jahon birjalari yoki qo‘shni davlatlarning fond birjalari bilan taqqoslaganda 
O‘zbekistonning yagona fond birjasi hisoblangan “Toshkent” Respublika fond birjasi (keyingi 
o‘rinlarda “Toshkent” RFB yoki Birja) u qadar keng ko‘lamdagi
moliyaviy instrumentlarni 
investorlar uchun taklif qilmaydi. Birjaning faoliyati asosan aksiyalar va obligatsiyalar savdosi 
hamda davlat tasarrufidagi korxonalarni xususiylashtirish uchun kelishilgan auksion savdo 
platformalari taklifidan iborat hisoblanadi. Taraqqiyot strategiyasida ham fond bozori 
aylanmasini yangi instrumentlarni bozorga olib kirish bilan emas, balki davlat korxonalarini 
jadal xususiylashtirish yo‘li bilan oshirish maqsad qilib qo‘yilgan. Shuni ham ta’kidlash joizki, 
qimmatli qog‘ozlar 
savdolarini amalga oshirish uchun sharoit yaratib beruvchi tashkilot 
sifatida, fond birjada davlat qimmatli qog‘ozlari savdolarini ham amalga oshirilishi maqsadga 
muvofiq bo’lar edi. 
Shunday bo’lsada, “Toshkent” RFBning savdo aylanmalari statistikasiga na
zar soladigan 
bo‘lsak, yildan
-
yilga ushbu ko‘rsatkich natijalari oshib borayotganini ko‘rish mumkin (1
-
rasm). 
18
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022
-yil 28-yanvardagi PF-60-
sonli “2022 

2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi 
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘gʻrisida”gi Farmoni
19
 
www.nyse.com
 

Nyu York fond birjasi rasmiy veb-
sayti ma’lumotlari.


25 
Ma’lumotlarga ko’ra, 1994
-
yildan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan “Toshkent” RFB 
aylanmasi oxirgi besh yil davomida sezilarli darajada oshib, 2022 yi
l yakunlari bo‘yicha 114 ta 
emitentning 36,15 mlrd dona qimmatli qog‘ozlari bilan jami 4,82 trillion so‘mlik (429,25 
million AQSH dollari miqdorida) 80 723 ta bitim tuzilgan. 2022 yilda tuzilgan bitimlar soni va 
hajmi o‘tgan yillar ma’lumotlariga nisbatan 
mos ravishda quyidagicha oshgan:
- 2018 yil - +487,08% va +600,74%; 
- 2019 yil - +145,99% va +997,54%; 
- 2020 yil - +123,85% va +733,04%; 
- 2021 yil - +12,92% va +282,08%. 

Download 7,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish