250
MOLIYAVIY XIZMATLARDAN FOYDALANISHDA MOLIYAVIY
SAVODXONLIKNING AHAMIYATI
Bahronova Shaxodat Baxshulloyevna -
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar
universiteti assistenti
Hozirgi kecha-kunduzda zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi
natijasida insonlar
uchun keng imkoniyatlar yaratilyapti. Bunday imkoniyatlardan foydalanish uchun esa
moliyaviy
savodxonlikka ega bo‘lish talab etiladi. Ayniqsa, eng ommabop yo‘nalishlardan
-
ijtimoiy tarmoqlar orqali jamiyatga ko‘plab
yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar yetkazilmoqda.
Bu ma’lumotlar ko‘pligidan ularni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini xalqimiz ajrati
b olishga
qiynalmoqda.
Hukumatimiz tomonidan belgilangan asosiy maqsadlaridan biri fuqarolarni shaxsiy pul-
mablag‘laridan samarali foydalanishlari uchun yetarlicha ma’lumotlar
hamda moliyaviy
savodxonlik bo‘yicha ta’lim berishga katta e’tibor qaratilmoqda
.
“Aholiga ipoteka krediti va uy
-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini
soddalashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
14.10.2022 yildagi 601-son qarori ham aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish
darajasini oshirishga qaratilgan.[1]
Bunday qonun
va qarorlarni vaqtida bilib, ulardan samarali foydalanish uchun,
insonlardan moliyaviy savodxonlik talab etiladi. Moliyaviy jihatdan bilimga ega bo‘lish, aholi
turmush darajasining yaxshilanishiga olib keladi.
Insonlarga moliyaviy jihatdan bilimning yetishmasligi ko‘plab yo‘qotishlarga sabab
bo‘lmoqda. Moliyaviy savodxonligi, iqtisodiy bilimi yuqori darajada bo‘lishi nafaqat aholining
moddiy farovonligiga, balki mamlakatning iqtisodiyotining rivojlanishiga olib keladi.
Jamiyatning moliyaviy bilimga ega bo‘lishi iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarni
idrok etadigan
kishilarning ko‘payishini ta’minlaydi hamda davlat tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarni
ongli ravishda tushunib yetishiga ular uchun berilayotgan qator imkoniyatlardan samarali va
to‘g‘ri foydalanishiga xizmat qiladi. Misol uchun moliyaviy sektor rivojlanishining 1 foiz
punktiga ortishi iqtisodiyotda 0,5-
2,5 % ga o‘sishni ta’minladi [5].
Mamlakatimizda olib borilayotgan siyosat zamirida asosan aholining farovonligini
ta’minlash yotadi.Buning uchun albatta aholini moliyaviy barqarorlikka erishishida moliyaviy
bilim ko‘nikma va tajribaga ega bo‘lishi lozim.
Moliyaviy savodxonlik-
o‘z mablag‘ini boshqarish va uni ko‘paytirish mahorati. Afsuski
ay
rimlar pulni ko‘paytirish uyoqda tursin uni to‘g‘ri sarflashni, hattoki uni to‘g‘ri sarflashni,
jamg‘arishni bilishmaydi. U moliyaviy bozorning o‘ziga xosliklarini bilish, bozor ishtirokchilari
tomonidan taklif etilayotgan mahsulot
va xizmatlardan xabardor
bo‘lish hamda shu asosda
qabul qilingan qaror mas’uliyatini zimmasiga olish degani hamdir.
Albatta bu borada davlatimizda talaygina chora-tadbirlar amalga oshirilib kelmoqda.
Bunga misol qilib, Markaziy bank moliyaviy savodxonlik yo‘nalishida “IT
-
PARK” (
Dasturiy
mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi MChJ ) bilan o‘zaro
hamkorlik Memorandum imzolaganini aytish mumkin. Moliyaviy ta’limni rivojlantirish
maqsadida imzolangan mazkur Memorandum O‘zbekiston
Respublikasida yoshlar
va
aholining raqamli moliyaviy savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.
Memorandumda aholining raqamli moliyaviy savodxonligini va moliyaviy xizmatlar
haqida xabardorlik darajasini quyidagilar orqali oshirish nazarda tutilgan:
-
O‘quv kurslar, an’anaviy va
onlayn tadbirlar, shu jumladan vebinar, seminar va davra
suhbatlari tashkil etish;
-
Aholi va tadbirkorlar moliyaviy savodxonligini oshirish ta’lim dasturlari, tadbirlari va
loyihalarini amalga oshirish;
251
Markaziy bank tashabbusi bilan “2021
-2023 yillarda
mo‘ljallangan
Moliyaviy xizmatlar
ommabopligini oshirish milliy strategiyasi” doirasidagi chora tadbirlar amalga oshirilib
kelinmoqda. [2].
Yana moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha bank omonatlari orqali mablag‘larni
jamg‘arish imkoniyatlari, mol
iyaviy xavfsizlikning asosiy qoidalari,
ijobiy kredit tarixini
shakllantirish uchun mas'uliyatli qarz olishning ahamiyati, shuningdek, aholi uchun davlat
tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar
haqida aytib o‘tish lozim.
Kundan-kunga yashash sharoiti yangilanib yangi vositalar
va yangi xizmatlar bozori
shakllanmoqda. Shu sabadan ijtimoiy va moliyaviy jarayonlarni tartibga soluvchi qonun va
hujjatlarni vaqti-
vaqti bilan o‘zgarib turganligi, jamiyatda nimalar sodir bo‘layotganligini
tushunib yetish
ishlari uchun moliyaviy savodxonlik darajasi yuqori bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: