246
marjinal moyilligidan farq qiladi bu taxmin noto‘g‘ri. Chunki, daromad solig‘i orqali bir
vaqtning o‘zida aholi daromadini soliqqa tortilgandan keyin kapital daromadini rentabellik
darajasini p
asaytiradi va resurslarni xususiy sektordan davlat sektoriga o‘tkazadi, milliy
jamg‘arish normasi hamda mehnat va kapital nisbatiga ta’sir o‘tkazadi.
Fikrimicha,
bunda
daromad solig‘ining va iste’mol solig‘ining tabaqalashtirilgan qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan
muhim masala hisoblanadi. Aksariyat iqtisodchilar
daromaddan ko‘ra iste’molga soliq
solishda samaradorlik afzalliklarini tan olishsada, iste’mol solig‘iga qarshi umumiy dalil
shundan iboratki, u regressiv hisoblanadi, chunki u soliq bazasidan foizli daromadini chiqarib
tashlaydi. Bu tahlil shu darajada to‘g‘ri hisoblanadiki, chunki foiz daromadi haqiqatan ham
boylikka nomutanosib ravishda oshadi. Aniq natijalar albatta,
taqqoslanayotgan ikkita
soliqning xususiyatlariga bog‘liq. Biz jismoniy kapit
alga investisiyalarni bir zumda hisobdan
chiqarishga yo‘l qo‘ymasligimiz sababli (tadqiqot va ishlanmalar xarajatlaridan tashqari)
ehtimol daromadlarni soliq tortishning amaldagi tartibi inson kapitaliga daromad bilan
taqqoslaganda jismoniy kapitalga soliq solinganidan keyin foyda normasini pasaytiradi.
Umuman olganda, soliqlarning uy xo‘jaliklari daromadlariga ta’siri iste’mol, jamg‘arma
va investisiyalar nuqtai nazaridan shaxsiy imkoniyatlar hamda uy xo‘jaligi sektori milliy
iqtisodiyotning eng katta sof
jamg‘aruvchi sifatida mamlakatda iqtisodiy faoliyat uchun
muhimligi sababli dolzarb ilmiy va amaliy xususiyatga ega masala hisoblanadi.
Uy xo‘jaliklarining daromadlari turli manbalardan tashkil topadi:
-
ish haqi va boshqa mehnatga haq to‘lash;
-
investisiya faoliyati, shu jumladan shaxsiy mulk buyumlari oldi-sotdisi daromad, renta,
foizlar, dividendlar;
-
tadbirkorlik faoliyati; davlat ijtimoiy to‘lovlari; xorijda ishlayotgan shaxslardan
ko‘chirmalar;
-
boshqa daromadlar[3].
Uy
xo‘jaliklarining pul tushumlarini shakllantirish
manbalarining xilma
-xilligi ularni
to‘rt guruhga bo‘lish imkonini beradi.
Jumladan, soliq solish maqsadlarida quyidagilar uy xo‘jaliklarining daromadi tarkibiga
quyidagilardan iborat:
-
mehnatga haq to‘lash
tarzidagi daromadlar;
-mulkiy daromadlar;
-moddiy naf tarzidagi daromadlar;
-boshqa daromadlar[4].
Qayd etish joizki, yuqoridagi daromadlarning salmoqli qismi to‘liq xo‘jaliklarning
ixtiyorida qolmaydi, balki to‘langan soliqlar va boshqa to‘lovlar miqdo
riga kamaytiriladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, uy xo‘jaliklarini daromad manbalari (pensiya, oilaviy nafaqa,
ishsizlik nafaqalari, ijtimoiy nafaqalar) va yuqorida ko‘rsatigan soliqdan ozod qilingan
daromadlar uy xo‘jaliklari budjetning daromad qismini tashkil etgan holda to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri
soliqqa tortish imkoniyati amalda mavjud emas.
Bugungi kunda xalqaro standartlari bilan uyg‘unlashtirishga
qaratilgan soliq tizimini
takomillashtirish va optimallashtirish eng muhim quyidagilar hisoblanadi:
-
uy xo‘jaliklari daromadlariga soliq solishda soliqqa tortilmaydigan minimumni va
progressiv darajalarda yuqori va pastki chegaralarni oshirish;
-
uy xo‘jaliklarini mulk komponentlarini soliqqa tortishni o‘zgartirish, jumladan,
ko‘chmas mulk va transport vos
italariga soliqlarning oshirish;
-
daromadlaarni soliqqa tortish islohotlari uy xo‘jaliklari jamg‘armasini oshirishga
qaratilgan;
-
ijtimoiy to‘lovlarni nisbatini ishchining sug‘urta mablag‘larini hisobga oshirish
oqibatida uy xo‘jaliklarining tasarrufidagi daromadiga salbiy ta’sirni kamaytirish;
-
kapitaldan olinadigan soliqlar va iste’molga soliqlar o‘rtasidagi nisbatni
optimallashtirish;
247
-
ipoteka kreditlar va uzoq muddatli iste’molga mo‘llangan tovaralar bo‘yicha qarz
to‘lovlariga soliq chegirmalari berilis
hi tartibini takomillashtirish;
-
uy xo‘jaligi sektorning daromadlari va farovonligiga samarali ta’sir ko‘rsatadigan soliq
qonunchiligidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish.
O‘z navbatida, soliq ta’sirining yuqorida ko‘rsatilgan usullarini amaliyotga tatbiq
etish uy
xo‘jaliklarining moliyaviy savodxonligining yuqori darajasini talab qiladi, ular soliq imtiyozlari
va preferensiyalar orqali ixtiyoriy daromadni oshirishga huquqiy ta’sirning real
imkoniyatlarini bilishi kerak. Bundan tashqari, eng kam
oylik ish haqidan oshmagan
daromadlar bo‘yicha soliq imtiyozlarini bekor qilinishi, voyaga yetmagan har bir yosh bolalar
uchun mol-
mulk solig‘i va ijara to‘lovlari uchun soliq chegirmalarini taqdim qilinishi va
bolalikdan nogiron bolalarni bolani tarbiyalash xarajatlarini hisobga olgan holda ijtimoiy
maqsadga qaratilgan samarali soliq mexanizmini tatbiq qilinishi, jismoniy shaxslarning
nafaqat depozitlar, balki omonatlar bo‘yicha olgan foiz daromadlarining yalpi summasini o‘z
ichiga olgan foizli daromad solig‘i bo‘yic
ha soliq solinadigan bazani kengaytirish, tegishli
shartlar va alohida hollarda davlat yoki munisipalitetlar tomonidan chiqarilgan obligasiyalar
yoki boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foiz solig‘idan ozod qilish, soliqlar va yig‘imlar
qonunchiligida elektromobillar, elektromotosikllar va elektr
transport vositalari hamda
maishiy chiqindilar uchun to‘lovlarni aniqlashning samarali mexanizmi joriy etish,
xodimlardan majburiy ijtimoiy ta’minot badallari, ba’zi ish bilan bog‘liq bo‘lmagan
munosabatlar va
o‘z
-
o‘zini ish bilan band bo‘lgan uy xo‘jaliklarining tasarufidagi
daromadlariga ta’sirini kamaytirish.
Shu o‘rinda, ta’kidlab o‘tish lozimki, jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini
kamaytirishning mavjud imkoniyatlarini hisobga olgan holda, o‘z dar
omadlarini (tegishli
bo‘lgan uy xo‘jaliklarining daromadlarini) shakllantirish va soliqqa tortish tartibini to‘liq
tushunib yetishi, xususiy moliyani boshqarishning muhim jihati va samarali boshqarishning
zaruriy sharti sifatida belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: