226
Mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanish bosqichida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning
faoliyatini samarali boshqarish har bir yoʻnalishda yoʻlga qoʻyilgan boshqaruv hisob
i tizimisiz
tasavvur qilish murakkab. Xoʻjalik yurituvchi subyekt menejerlariga taqdim qilinadigan
barcha hisob ma’lumotlari va bosqichlarini boshqaruv hisobi tizimi oʻz ichiga oladi. Xoʻjalik
yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobi alternativ qarorlarni
qabul qilishda xarajatlarni
rejalashtirish va nazorat qilish jarayoni bilan chambarchas bogʻliq.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning HTT doirasida qabul qilinadigan hisob turlarini
quyidagicha tasniflash mumkin:
1.
Taktik hisob: moliyaviy hisob, soliq hisobi, boshqaruv hisobi.
2.
Strategik hisob: strategik moliyaviy hisob, strategik soliq hisobi, strategik boshqaruv
hisobi.
Strategik boshqaruv hisobining
tamoyillari moliyaviy, boshqaruv, soliq hisoblarining
tamoyillariga
asoslanib, ushbu hisobning obyektla
ri xoʻjalik yurituvchi subyektning biznes
strategiyasi va menejerlarining axborot talablari orqali aniqlanadi.
Strategik boshqaruv
hisobining obyektiga quyidagilarni kiritish mumkin: xarajatlar, moliyaviy natijalar,
inson
resurslari, innovatsiyalar, pul oqimlari, xususiy mulk kiradi.
Strategik boshqaruv hisobini quyidagi 3 element yordamida yoritish mumkin:
1.
Strategik tahlil;
2.
Strategik rejalashtirish;
3.
Strategik nazorat.
Strategik boshqaruv hisobining birinchi elementi strategik tahlil xoʻjalik yurituvchi
subyektlarning muayyan vaqtdagi holatini baholashga qaratilgan. Shu bilan bir qatorda
strategik tahlil davomida xoʻjalik yurituvchi subyektning strategik
maqsadining aniq va
ravshanligiga hamda talab qilinayotgan hajmdagi resurslar bilan ta’minlanganlik daraj
asiga
baho berish imkoniyatiga ham ega boʻladi.
Strategik rejalashtirish orqali xoʻjalik yurituvchi subyektning uzoq muddatli
strategik
maqsadlariga erishish uchun strategik rejalarni ishlab chiqishni nazarda tutadi. Strategik
rejalashtirish quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
-
sub-strategiya;
-
alohida yoʻnalishlar strategiyasi.
Strategik boshqaruv hisobining 3-
elementi strategik nazorat boʻlib, strategik
nazoratning ahamiyati belgilangan strategik maqsadlarga erishish jarayonini kuzatib, nazorat
qilib boris
h, agarda chetlanishlar mavjud boʻlsa, tezkorlik bilan boshqaruv qarorlarini qabul
qilish holatiga qaytarishni ta’minlashdan iborat.
Strategik boshqaruv hisobining uchala elementi bir-
biri bilan bogʻliq boʻlib, xoʻjalik
subyektlarining moliyaviy oqimlarini boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: