Mavzu: temir-beton elementlari



Download 456,41 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.04.2023
Hajmi456,41 Kb.
#926460


6-MA’RUZA 
MAVZU: TEMIR-BETON ELEMENTLARI. 
 
Reja: 
1.
Temir – beton konstruksiyalarining klassifikatsiyasi. 
2.
Temir – beton konstruksiyalarining qo’llanish sohasi. 
3.
Temir-beton mahsulotlar nomenklaturasi. 
 
Bizning mamlakatda sanoat va turar-joy binolari qurilishida bir xil turdagi 
yig’ma temir-beton konstruksiyalari 90 foizga yaqinni tashkil qiladi. Yig’ma temir-
beton mahsulot va konstruksiyalari aso-san uzun, tekis yuzali, blokli, hajmli holda 
ishlab chiqariladi. Uzun konstruksiyalar va mahsulotlarga kolonnalar, fermalar, 
rigellar, to’sinlar, ustunlar; tekis yuzalilarga – yopish plitalari, devor va to’sish 
panellari, bunker va rezervuar devorlari; bloklilarga – og’ir fundamentlar, erto’la 
devorlari; hajmlilarga – sanitar-texnik kabi-nalar, blok xonalar, siloslarning 
korobkali elementlari, quduq halqalari va boshqalar kiritiladi. Mamlakatimizda 
fuqaro va sanoat qurilishida ishlab chiqariladigan temir-beton mahsuloti va 
foydalanish hajmi nomenklaturasi 2-jadvalda keltirilgan. Transport vositalarining 
shartiga binoan element uzunligi qoidaga ko’ra 25 metrdan, kengligi 3 metrdan va 
og’irligi 25 tonnadan oshmasligi kerak. Mahsulotlar asosan payvandlangan to’r, 
karkas va yiriklashtirilgan armatura bloklari bilan armaturalanadi. 
Zo’riqtirilgan armaturadan foydalanishda mahkam ushlash, tortish va 
armaturani zo’riqqan holatida mahkamlash uchun sharoit yaratiladi. 
Yig’ma temir-beton konstruksiyalari uchun yuqori darajadagi mus-tahkamlik, 
zichlik, sovuqqa chidamlilik va suv o’tkazmaslik sifatiga ega bo’lgan betonlar 
qo’llaniladi. Masalan, yuk ko’taruvchi temir-beton konstruksiyalarda M150-M800 
markali og’ir beton, zichligi 2200-2500 kg/m
3
; g’ovak to’ldiruvchili konstruksion 
betonlar uchun M150-M500 markali; to’sish konstruksiyalar uchun M50-M100 
markali, zichligi 700-1000 kg/m
3
engil betonlar keng ko’lamda foydalaniladi. Bir 
turdagi yig’ma konstruksiya nominal o’lchamlariga, shuningdek beton himoya 
qatlamining armatura sterjeni yuzasigacha yuqori darajada talabchanlik qo’yiladi. 
Bu o’lchovlar har bir mahsulotga alohida standart, ishchi chizma va texnik shartlar 
bilan belgilanadi. Ko’pchilik mahsulotlarda o’lchovdan og’ish chegarasi (plita, 
panel, kolonna, to’sin) 4-10mm dan, himoya qatlami esa 3-5 mm dan oshmasligi 
kerak.Yig’ma temir-beton mahsulotlari va konstruksiyalari klassifikatsiya asosida 
quyidagi alomatlari belgilangan: beton ko’rinishi, uning zichligi, armaturalashni 
ko’rinishi, ichki tuzilishi va qo’llanilishi. 
Temir – beton konstruksiyalar bir necha turga bo’linadi:
a) foydalanishiga ko’ra – turar joy, jamoat, sanoat, qishloq xo’jaligi, 
transport binolari va h.k.; 
b) material turiga ko’ra – og’ir va mayda donali betondan, zich va g’ovak 
tarkibli engil betondan, zo’riqtiruvchi betondan tayyorlangan temir – beton 
konstruksiyalar; 


v) tayyorlanish usuliga ko’ra – qurilish ob’ektida bevosita tiklanadigan 
monolit; zavod poligonlarida tayyorlanadigan yig’ma; qurilish joyida yig’ma 
elementlardan tiklanadigan yig’ma monolit temir – beton konstruksiyalari; 
g) armaturalash ususliga ko’ra – oddiy armaturalanadigan (karkas, sim to’r 
va alohida sterjenlar bilan), oldindan zo’riqtirilgan yuqori mustahkamlikka ega 
bo’lgan sterjenli armatura, sim yoki armatura arqonlari bilan armaturalangan temir 
– beton konstruksiyalari. 
Qurilish sanoati rivojlangani sari yig’ma temir – beton konstruksiyalari keng 
tarqaldi. Yig’ma temir – beton konstruksiyalari qurilishni maksimal darajada 
industriyalashtirish talablariga ko’proq javob beradi. Hozirgi kunda monolit temir 
– beton konstruksiyalari alohida hollarda, etarli texnik – iqtisodiy asosnoma 
mavjudligida. Yig’ma temir – beton konstruksiyalari katta oraliqli va boshqa 
inshootlar 
uchun 
samaralidir. 
Bunda 
iqtisodiy 
samaraga 
konstruksiya 
elementlarining ulangan joylari va qismlarini betonlash orqali erishiladi. 


2.1- jadval
Temir-beton mahsulotlar nomenklaturasi 
№ 
Mahsulot 
Ishlab chiqarish hajmi, 
umumiy ishlab chiqarishning 
yig’ma temir-beton %i 

Poydevorlar
4,2 

Qoziqlar, shpuntlar 
4,2 

Poydevor bloklari 


Kolonnalar 
3,9 

Rigellar 
2,4 

To’sin va yopish fermalari 
5,4 

Yopish plitalari 
7,8 

Qavatlar aro yopma plitalari 
26 

Devor panellari 
16,5 
10 
Ventilyasiya bloklari va sanitar-texnik kabinalari 
3,2 
11 
Zinapoya marshi, supachasi balkon plitalari 
1,6 
12 
Deraza yoki eshik o’rinlari ustudagi to’sin 
1,7 
13 
Yerr osti yo’llari va kanallar elementlari 
4,1 
14 
Rezervuar, silos, vodoprovod va kanalizatsiya inshootlari 
uchun konstruksiyalar 
2,6 
15 
Trubalar 
1,4 
16 
LEP-tayanchi, aloqa tizimi 
1,8 
17 
Ko’prik elementlari, estakadalar 
1,2 
18 
Boshqalar
10 
Jami: 
100 

Download 456,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish