1) Oʻlchashlar birliligini ta’minlashning davlat tomonidan tartibga solish
sohasiga tegishli oʻlchashlar attestatlangan oʻlchash usullari (usullari) boʻyicha
amalga oshirilishi kerak, tekshiruvdan oʻtgan tasdiqlangan turdagi oʻlchov
vositalaridan foydalangan holda toʻgʻridan-toʻgʻri oʻlchashlarni
amalga oshirish
uchun moʻljallangan oʻlchash usullari bundan mustasno. Oʻlchov natijalari
Oʻzbekiston Respublikasida foydalanish uchun roʻxsat kattalik birliklarida
ifodalanishi kerak.
2) Bevosita oʻlchashlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan oʻlchash
metodlari (usullari) oʻlchash vositalari uchun ekspluatasiya hujjatlarga kiritiladi.
Ushbu oʻlchash usullarining oʻlchashlar uchun qoʻyilgan majburiy metrologik
talablarga muvofiqligini tasdiqlash oʻlchash vositalarining turlarini tasdiqlash
jarayonida amalga oshiriladi.
Boshqa hollarda, oʻlchash usullarining oʻlchashlar
uchun belgilangan majburiy metrologik talablariga muvofiqligini tasdiqlash
oʻlchash usullarini attestatlash orqali amalga oshiriladi. Attestatlangan oʻlchash
usullari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar attestatlashni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar
va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan oʻlchashlar birliligini ta’minlash uchun
“texnik jihatdan tartibga solish” agentligi axborot fondiga yuboriladi.
3) Oʻlchashlarning bir xilligini ta’minlashni davlat tomonidan tartibga solish
sohasiga
tegishli
oʻlchov
usullarini attestatlash belgilangan tartibda
akkreditatsiyadan oʻtgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar
tomonidan amalga oshiriladi.
Fan va texnikaning rivojlanishi, ishlab
chiqarish texnologiyasi va
texnikasining takomillashib borishi, shuningdek iste’molchilar talablarining ortib
borishi natijasida mahsulotlar va xizmatlarning sifatiga boʻlgan talablar ham
murakkablashib bormoqda. Bu esa oʻz navbatida metrologik oʻlchashlarga boʻlgan
talablar va ularning sifatiga e’tiborning oshishiga sabab boʻlmoqda.
Tahlillarga koʻra, hozirgi kunda ishlab chiqarish sohasida oʻlchashlarning
yagona birlikda boʻlishini ta’minlashga qaratilgan va ularni oʻtkazishga
sarflanadigan xarajatlar mahsulotni tayyorlashga ishlatiladigan umumiy sarf-
xarajatlarning 20 foizini tashkil qilmoqda. Boisi,
qaysi sohani olmaylik, birgina
notoʻgʻri oʻlchash jiddiy xatoliklarga sabab boʻlishi mumkin. Masalan, ishlab
chiqarishda - sifatsiz mahsulot, tibbiyotda – notoʻgʻri tashxis, qurilishda - aniq
asosga ega boʻlmagan bino-inshootlar, ekologiyada atrof-muhitning zaharlanishiga
olib kelishi hech gap emas.
Yurtimizda mamlakatimiz rahbarining metrologiya tizimiga boʻlgan e’tibori
natijasida 2018-2022 yillar davomida davlat byudjetidan 21 dona etalon xarid qilish
uchun 5,8
million dollar ajratilib, milliy etalonlar bazasini 33 taga yetkazish
rejalashtirildi.
Ayni
paytda
respublikada
yuqori
aniqlikdagi
oʻlchashlarning
kuzatiluvchanligini ta’minlash maqsadida milliy etalonlar soni 9 tadan 23 taga
yetkazilib, 10 ta kalibrlash laboratoriyalari tashkil etilgan. Mazkur laboratoriyalarda
oʻlchash vositalari kalibrlashdan oʻtkaziladi, ya’ni oʻlchashlarning haqiqiy
qiymatini aniqlash uchun ular etalon bilan solishtiriladi.
OʻzMMI DK faoliyatini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlar sifatini
oshirishga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Shu maqsadda, 2017–2020
yillarda jami 5 milliard soʻmlik 133 dona oʻlchash uskunalari xarid qilinib, qiyoslash
va kalibrlash boʻyicha 45 ta yangi oʻlchash uslubi oʻzlashtirildi
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: