O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
UNIVERSITY OF BUSINESS AND SCIENCE
NODAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASASI NING
“IQTISOD” YO‟NALISHI 1- BOSQICH 22-29 GURUHI
TALABASI
Qodirov Zafarbek Alisherovichning
Falsafa
fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Topshirdi: ___________________
Qabul qildi: ____________________
____________________
Namangan 2023
DUNYONING ILMIY MANZARASI VA
EVOLYUTSIYASI
REJA:
1.
“Dunyoning ilmiy manzarasi” tushunchasi.
2.
“Dunyoning klassik ilmiy va noklassik ilmiy manzarasi”.
3.
“Dunyoning postonoklassik manzarasi”.
4.
Dunyoning sinergetik manzarasi.
Olamning tuzilishi haqida insoniyat doimo o„z qarashlariga ega bo„lgan. Eng
qadimgi davrdayoq kishilar bahorda daryolar toshishi, kun uzaya boshlashi, yomg„ir
va momaqaldiroqlar ko„payishi ajib bir qonuniyatga bo„ysunishini anglab yetganlar.
Insoniyat tarixida ilk bor qum soatni o„ylab topgan yoki dastlabki yil taqvimini kashf
etgan ajdodlarimizning ham bu borada o„z davriga xos tushunchalari bo„lgan.
Dunyoning dastlabki manzarasi mifologik xarakterda bo„lib, olamning tuzilishi,
asosan, afsona va rivoyatlar, asotirlarda ifodalangan tushunchalar, g„oya va
tamoyillarda o„z aksini topgan. Ular nihoyatda sodda va oddiy tasavvurlarga
asoslangan, asta-sekin takomillashib, o„zgarib borgan.
Dunyoning mifologik manzarasi davr bilan birga uning diniy manzarasi ham
shakllangan. Dinning ilk shakllaridanoq olamning tuzilishi ilohiy kuchlarga, xudolarga
bog„lab talqin qilingan, dunyoning ibtido va intihosi ham u bilan bog„langan. Jahon
dinlarida dunyoning yaralishi, amal qilishi, olam va uning manzarasini tashkil
qiladigan narsalarning nisbati kabi masalalarga alohida o„rin berilgan.
Ilmiy bilimlar rivoji va fan shakllanishi natijasida «dunyoning ilmiy manzarasi»
tushunchasi paydo bo„ldi. Ushbu tushuncha olamning namoyon bo„lishi, borliq va
tabiat to„g„risidagi masalaga bag„ishlangan nazariyalar, gipoteza va dalillarda aks
etgan bilimlar majmuini ifodalaydi. Olam to„g„risidagi yaxlit nazariy xulosa
«dunyoning ilmiy manzarasi» tushunchasining yadrosi bo„lsa, bu boradagi turli
modellar, qarash va fikrlar ushbu xulosani isbotlashga xizmat qiladi. Asosiy xulosa
(nazariya yoki gipotezaning bosh g„oyasi) muayyan darajada barqaror bo„lsada,
uning atrofidagi fikrlar o„zgarib xilma-xil tarzda namoyon bo„lishi mumkin. Lekin
ushbu xilma-xil qarashlarga qaramasdan olamning tuzilishi haqidagi asosiy g„oya
uzoq vaqt saqlanib qoldi. Masalan, Ptolomey tomonidan asoslab berilgan olamning
geotsentri nazariyasi uning vafotidan keyin ham bir necha asrlar davomida o„z ta‟siri
va ahamiyatini saqlab qolgan. Bu davrda ko„pgina olimlar, astronom va mutaxassislar
olamning manzarasi haqida ko„plab taxmin, gipoteza va qarashlarni bayon qilgan
bo„lsalarda, quyosh va boshqa sayyoralarning Yer atrofida aylanishi to„g„risidagi
asosiy goya o„zgarmay qolaverdi. Ya‟ni, dunyo ilmiy manzarasining turlicha
izohlari ana shu g„oya doirasida amalga oshirilar edi. O„rta asrlarga kelib,
geliotsentrik nazariya o„z isbotini topganiga qadar bunday hol davom etaverdi.
“Dunyoning ilmiy manzarasi” tushunchasi u hakdagi uzuq-yuluq tasavvurlar,
bir-biri bilan bog„lanmagan kdrashlar yig„indisi emas, balki yaxlit, uzviy
bog„liqlikdagi g„oya, xulosa va fikrlar majmuidir. Bu tushunchani ifodalaydigan
bilimlar muayyan sistemani tashkil qiladi. Ularni tavsiflaydigan eng asosiy belgilardan
biri - sistemalilik tamoyili bo„lib, u uygunlik va uzviy bog„liklik bilan izoxlanadi.
«Dunyoning ilmiy manzarasi» tushunchasi olam to„g„risidagi turlicha qarashlar,
xilma-xil yondashuvlarning sintezidir. Ana shu ma‟noda mazkur tushuncha bilish
jarayonida integrativ (umumlashtiruvchi) funksiyani bajaradi. Bu vazifani bajaradigan
tushunchalar bilishning turli sohalari uchun umumiy asos, doim nazarda tutiladigan
hamda aksioma tarzida qabul qilinadigan xulosa, abadiy haqiqat rolini o„taydi.
Bugungi kunda fanning turli sohalarida tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar
yerning quyosh atrofida aylanishi. Butun olam tortishish qonuni, suvning 100° da
qaynashi, Avagadro sonining mikdorini tekshirnb o„tirmaydilar. Balki o„z
tadqiqotlarida shu sohadagi bilimlarga tayanadilar, xolos.
«Dunyoning ilmiy manzarzsi» tushunchasi paradigma xususiyatiga ega, u olam
xaqidagi umumiy jihatlarni, bilishning maqsad va tamoyillarini belgilaydi. Mazkur
tushunchaning ilmiy tadqiqotlar olib borish rejalari hamda izlanishlarning maqsad va
vazifalarini belgilay oladigan psixologik, me‟yoriy xususiyatlari to„grisida ham
gapirish mumkin.
“Dunyoning ilmiy manzarasi” tushunchasiga xos xususiyatlar to„g„risida turli
soha mutaxassislari turlicha fikr yuritadilar. Masalan, tabiatshunoslar masalaga fizika
va astronomiya nuqtai nazaridan yondashadilar, olamning xilma-xil modellarini,
matematik, geometrik yoki trigonometrik formulalarini yaratadilar. Bunda olam
yashashining asosiy shakllari bo„lgan makon, maydon, zamon kabilarga alohida
e‟tibor beriladi. Olamning bu sohada e‟tirof qilinadigan har qanday shakldagi
manzarasida energiyaning saqlanishi, entropiyaning doimiyligi va boshqa fizik
qonunlar uchun asos bo„ladigan ustuvor tamoyillar o„z o„rni, ahamiyatini saqlab
qoladi. Bunday yondashuv qanchalik teran va ilmiy bo„lmasin, olam to„grisidagi,
asosan tabiatshunoslik yutuqlarini aks ettirgani tufayli, ko„proq bir tomonlama
qarashlarni ifodalaydi.
Aslida «dunyoning ilmiy manzarasi» tushunchasi keng ma‟no, serqirra
mazmunga ega bo„lib, muayyan davr kishilarining tafakkur uslubi va fikrlash
tarzini belgilaydigan olam to„g„risidagi aniq-tarixiy bilimlar majmuasidir.
«Dunyoning ilmiy manzarasi» olamning tuzilishi, ob‟ektlar o„rtasidagi tartib,
aloqadorlik, ularning genezisi, amal qilishi, rivojlanishi, ular o„rtasidagi o„zaro
bog„liqlik munosabatlarni ifodalaydigan nazariy xulosalar, g„oyalar, ilmiy
asoslangan bilimlar, turlicha yondashuvlar, qarashlar va tasavvurlar majmuini
anglatadigan tushunchadir.
Shu bilan birga, «Dunyoning umumiy ilmiy manzarasi» va «Dunyoning xususiy
ilmiy manzarasi» kabi tushunchalar ham bor. Barcha fanlarning yutuqlariga
asoslangan va umumilmiy g„oya, tushuncha hamda tamoyillarni umumlashtirgan
dunyoning manzarasiga nisbatan «umumiy ilmiy manzara» atamasi qo„llaniladi.
Ayrim fan yoki ish sohasiga xos bu hakdagi qarashlar majmuini esa «dunyoning
xususiy ilmiy manzarasi» tushunchasi ifodalaydi. Shu ma‟noda, dunyoning fizik,
ximik, geologik, astronomik va boshqa manzaralari to„g„risida ham fikr yuritish
mumkin.
«Dunyoning ilmiy manzarasi» tushunchasi o„zining genezisiga, rivojlanish
bosqichlariga ega. Birinchi bosqich «dunyoning klassik ilmiy manzarasi», ikkinchi
bosqich “noklassik manzarasi”, uchinchisini esa «postnoklassik manzarasi» kabi
nomlar bilan ataydilar.
Galiley va Nyuton fizikasi erishgan yutuqlar asosidagi taraqqiyotning bir
chiziqli, o„tmishdan kelajakka
tomon uzviy bog„liqlikka amalga oshadigan harakat
to„g„risidagi tasavvurlarga asoslangan bilimlar majmui tushuniladi.
Bunda o„tmish o„zidan keyingi davrni, u esa, o„z navbatida, kelajakni
to„g„ridan to„g„ri belgilab beradi. Dunyoning bu taxlit tushuniladigan ilmiy
manzarasida go„yoki xamma narsa hisoblab topilgan, olamdagi cheksiz o„zgarishlar
ham, azaliylikdan iborat o„tmish ham hattoki benihoya kelajak ham aniq hisoblab
chiqilishi mumkin. Mexanika qonunlari va butun olam tortishish qonuni,
Kopernikning geleotsentrik nazariyasi kashf qilingan bir davrda dunyoning tuzilishi
masalasida hamma narsa aniqdek bo„lib qolganday. Fiziklar uchun olamning kashf
etayotgan qonunlari qolmaganday tuyulgan zamonlar boshlandi. Tabiatshunoslar
fizikaning cheksiz imkoniyatlari borligi va o„z kashfiyotlari ummondan bir tomchi
ekanligini anglab yetgan genial ustozlari I. Nyutonning quyidagi so„zlarini unutib
qo„ygandek edilar: har doim biror yangilik yoki yutuqqa erishganimda, dengiz
qirg„og„idan qimmatbaho tosh topib olgan yosh boladek suyunib ketman, qarshimda
esa cheksiz ummon yastanib yotibdi.
Mexanika qonunlariga asoslangan dunyoning ilmiy manzarasi ustuvor bo„lgan
bu davr 300 yilga yaqin davom etdi. Bunda, asosan, tabiatdagi voqea va hodisalar
go„yoki ataylab muayyan uyg„unlikda, ketma-ket va aniq bir koordinataga chizib
qo„yilgan mutanosiblikda namoyon bo„ladi, degan tasavvur ustuvor bo„ldi. Bu esa
masalalarni asosan ontologiya nuqtai nazaridan hal qilishi emas, balki, ko„proq
sub‟ektiv pozitsiyaga e‟tibor qaratilishiga olib keldi. D. Yung, J. Berkli kabi
olimlarning sub‟ektiv idealizmi, F. Bekonning indukshya va R. Dekartning deduksiya
metodlari olamni bunday izohlashning o„sha davrda chuqur ildiz otganiga misol bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |