Book · October 021 citations reads 555 authors


Talabalar uchun topshiriqlar



Download 2,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/129
Sana08.04.2023
Hajmi2,8 Kb.
#925705
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   129
Bog'liq
Fitopotologiya

 
Talabalar uchun topshiriqlar. 
1. Gulli parazitlarni morfologiyasi bilan tanishish. 
2. 
Gulli 
parazitlarni 
mikroskop 
ostida 
soʻruvchi 
tumshuqchalarini koʻrish. 
3. Ularni rasmlarini chizish. 
 
Kerakli asbob va materiallar: 
Gerbariylar namunalari 
(zarpechak, shumgʻiya, arsetobium, omela), Zarpechak va shumgʻiya 
urugʻlarining kolleksiyasi, omelaning fiksasiyalangan urugʻi. Rangli 
jadvallar. 
Nazorat savollari 
1. Qanday yarim va toʻliq parazit oʻsimliklarni bilasiz? 
2. Yarim va toʻliq parazit oʻsimliklarning muhim vakillarini 
ayting? 
3. Yarim va toʻliq parazit oʻsimliklarning sistematikasini 
ayting? 


40
G‘O‘ZA KASALLIKLARI 
 
Mashg‘ulot maqsadi:
Respublikamiz paxtachiligida yuqori 
va sifatli tola olishda gʻoʻza chigitini yerga qadashdan boshlab 
hosilni yigʻib olishgacha gʻoʻzada uchrashi mumkin boʻlgan
kasalliklarni bilish, ularni tarqalishini oldini olish muhim ahamiyatga 
egadir. Shuning uchun nihol, koʻsak va tola kasalliklarini belgilari va 
ularni qoʻzgʻatuvchilarini tuzilishi va tarqalishini bilish lozim. 
Mashgʻulot mazmuni:
G‘o‘za kasalliklari birinchi marta 
shimoliy Amerikada, so‘ngra Misrda, Koreyada, Hindistonda, 
Jazoirda topilgan. Rossiyada g‘o‘za kasalliklari to‘g‘risida maʻlumot 
juda ham kam bo‘lgan. 
G‘o‘za kasalliklari to‘g‘risida birinchi maʻlumot 1903 yilda 
A. A. YAchevskiy tomonidan yozilgan edi. 1918 yilda professor N. 
G. Zaprometov Turkistonda g‘o‘za kasalliklari to‘g‘risida maqola 
yozgan. G‘o‘za kasalliklarini Markaziy Osiyoda rejali ravishda 
o‘rganish 1926 yilda va ayniqsa 1929 yilda Toshkentda G‘o‘za 
kasalliklarini va zararkunandalarini o‘rganish tajriba stansiyasi 
tashkil etilgandan keyin boshlandi. 
G‘o‘za kasalliklarining tarqalishi har xil bo‘lib, baʻzilari 
dunyo bo‘yicha barcha mintaqalarda keng ko‘lamda tarqalgan bo‘lsa, 
boshqalari faqat 1 yoki 2 ta mamlakatda yoki 1 yoki 2 ta mintaqada 
uchrashi mumkin. Masalan ko‘mirsimon ildiz chirish asosan 
Hindiston va Pokistonning ayrim hududlarida uchrasa, virus 
qo‘zg‘atadigan «ko‘k kasallik» - faqat markaziy Afrikada, 
«eskobilla» (antraknozning bir turi) – Venesuela va Braziliyada, 
texas ildiz chirishi esa AQSHning janubiy-g‘arbiy shtatlari va 
shimoliy Meksikaning ishqorli qora tuproqli mintaqalarida uchraydi. 
Dunyoning barcha paxta etishtiriladigan mintaqalarida 
g‘o‘zaning unayotgan urug‘, nihol va ildiz chirish kasalliklari 
majmuasini va boshqa ikki-uch turdagi asosiy kasalliklarini uchratish 
mumkin. SHuning uchun ham paxtakor dehqonlar va ayniqsa, 
o‘simliklarni himoya qilish sohasidagi mutaxassislar o‘z 
mintaqalarida g‘o‘za uchun xavf tug‘diradigan kasalliklarni ajrata 
olishi, ularni rivojlanish fazalarini, qo‘zg‘atuvchi organizmlar 
turlarini bilishi davr talabidir; bu bilim ularning malakasini oshiradi, 


41 
kurash choralarini tanlashda, rejalashda va amalga oshirishda katta 
yordam beradi. 
G‘o‘zada kasallik qo‘zg‘atuvchi sabablar jumlasiga viruslar, 
mikoplazmalar, bakteriyalar, zamburug‘lar, nematodalar va 
fiziologik o‘zgarishlar kiradi. 
G‘o‘zada bakteriya chaqiradigan yagona kasallik gommoz 
bo‘lib, u O‘zbekistonda keng ko‘lamda tarqalgan va xavfli 
kasalliklardan biridir. 
Zamburug‘lar g‘o‘zada ko‘plab kasalliklarni qo‘zg‘atadi. 
Ularning qatoriga unayotgan chigit, nihol va ildiz chirishi, 
vertitsillyoz va fuzarioz so‘lish (vilt) kasalliklari, barg va tola 
dog‘lanishlari, karantin kasalliklari va boshqalar kiradi. 
Nematodalardan Markaziy Osiyoda g‘o‘zada yoki g‘o‘za 
rizosferasida 18 ta, O‘zbekistonda 15 ta tur topilganiga qaramasdan 
(Kiryanova, 
Krall, 
1971), 
mamlakatimizning 
janubiy 
viloyatlaridagina bitta yoki ikkita gall hosil qiluvchi nematoda turlari 
ekinlarga zarar keltirishi maʻlum, xolos. 
Fiziologik kasalliklar paydo bo‘lishining asosiy sabablari 
qatoriga havo haroratining keskin pasayishi, tuproqning yaxshi 
yumshatilmaganligi va uning ustki qismini qatqaloq bo‘lishi, kuchli 
yomg‘ir yoki do‘l yog‘ishi, o‘simlikka oziqa moddalar yetishmasligi 
yoki ortiqchaligi, suv tanqisligi, pestitsidlarni noto‘g‘ri qo‘llash va 
boshqa abiotik omillar kiradi. 

Download 2,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish