K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/185
Sana06.04.2023
Hajmi6,9 Mb.
#925488
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   185
Bog'liq
K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

Erituvchilar
Erituvchi sifatida butil va etil spirtlari, solvent, toluol, aseton, 
ksilol, uayt-spirit (benzinning 165–200°C li bo‘lgan tor fraksiyasi) 
va ularning aralashmalari ishlatiladi. Bulardan tashqari, parda ho-
sil qiluvchi modda turiga qarab, sanoatda chiqariladigan P–4, P–5, 
№ 648, 646, 647, 651, РВД, PE–1, P–40 va boshqa suyuqliklardan 
foydalanish mumkin. Bularning hammasi tarkibida turli miqdorda 
etil, butil spirti, aseton, ksilol va boshqa moddalar bo‘lgan eritma-
lardir. 
To‘liq ta’mirlashda yangi qoplama surtishdan oldin eski bo‘-
yoqni ketkazish zarur. Buning uchun turli erituvchi va yuvish 
suyuqliklaridan foydalaniladi. АТФ–1 suyuqligining ta’siri kuchli 
bo‘lib bo‘yoqlarni 20 daqiqa ichida parchalaydi. Bu suyuqlikni ish 
o‘rnining o‘zida tayyorlash mumkin. Buning uchun aseton, spirt, 
toluol, skipidar kabi erituvchilar kerak bo‘ladi. Qaynoq suvda 30–
40°C gacha isitilgan suyuqliklardan foydalaniladi. 
Zanglarni ketkazish uchun tarkibida kislotalar, organik to‘ldir-
gichlar bo‘lgan ko‘pgina vositalar tavsiya etiladi. Sanoatda tarkibi-
da ortofosfor kislota, etil va butil spirtlar, gidroxinon bo‘lgan 
1120 raqamli tarkib ishlab chiqariladi. Kislota zangni eritib, sirt-
da fosfat pardasi hosil qiladi. Bu parda metallning yemirilishiga 
to‘sqinlik qiladi. Tarkib cho‘tka yoki bo‘yoq purkagich bilan surti-
ladi va 2–4 daqiqadan so‘ng yuvib tashlanadi. Shundan keyin ish-
lov berilgan sirt quritiladi va kislota qoldiqlari 107 raqamli suyuqlik 
(ammiak bilan etil spirtning suvdagi eritmasi) bilan neytrallanadi. 


286
Agar zangni ketkazish uchun tayyor tarkib bo‘lmasa, unj tayyor-
lash mumkin. Buning uchun shisha bankaga 40–50 g kartoshka 
kraxmali va shuncha suv solinib, massa yaxshilab aralashtiriladi. 
Olingan aralashmani aralashtirib turgan holda asta-sekin 100 ml 
konsentrlangan sulfat kislota quyiladi. Pasta quyulib, tiniq holat-
ga o‘tadi. Ishlov beriladigan sirtga tarkib cho‘tka bilan surtiladi va 
2–3 daqiqadan so‘ng olib tashlanadi. Tozalangan metall sirt kuch-
siz ishqor bilan, masalan, ichimlik sodaning 3 foizli eritmasi bilan 
neytrallanadi va quriguncha artiladi. 
Zangni ketkazuvchi barcha vositalar tarkibida zaharli moddalar 
bo‘ladi. Shuning uchun ulardan ehtiyotkorlik bilan, yaxshisi, ochiq 
havoda shamol esayotgan tomonda turib, rezina qo‘lqop kiyib foy-
dalanish zarur. 
Sirtlarni bo‘yashga tayyorlashda bajariladigan eng so‘nggi ope-
ratsiya yog‘sizlantirishdir. Bu maqsadda uayt-spirit yoki benzin-eri-
tuvchidan foydalanish mumkin. Yuvish vositalari tarkibidagi mod-
dalar yog‘ qatlamlarini yaxshi ketkazadi. 11 suvga 1g kaustik soda 
(o‘yuvchi natriy), 5–10 g kalsiylangan soda, 15–25 g trinatriyfosfat, 
1 g suyuq shisha qo‘shib tayyorlangan yog‘sizlantirgichni tavsiya 
etish mumkin. Sintetik yuvish vositalari MC (MC–6, MC–5)dan 
foydalanish ham yaxshi natija beradi. Yaxshi yog‘sizlantiradigan 
sirtda suv tomchilari to‘planmaydi, balki oqib tushib ketadi. 
Oldindan tayyorlangan sirtga lok-bo‘yoq materiallari bo‘yoq 
purkagich yoki cho‘tka bilan 2–3 qatlam qilib surtiladi. Agar pur-
kagichdan foydalanilsa, bo‘yoq oqimi sirtga perpendikular tarzda 
yo‘nalishi kerak. Material avval vertikal polosalar tarzida, so‘ngra 
gorizontal polosalar tarzda surtiladi. Faqat shundagina bir tekis 
qoplam hosil qilish mumkin. Bo‘yashni chang va suv tushmasligi 
uchun xona ichida yoki bostirma tagida 10°C dan past bo‘lmagan 
haroratda bajarish lozim. 
Lok-bo‘yoq qoplama quriganidan so‘ng nam o‘tkazmaydigan 
qattiq parda hosil qiladi. Barcha tayyorgarlik operatsiyalari baja-
rilsa, asosiy lok-bo‘yoq materiallari (shpaklovka, gruntovka, emal) 
287
to‘g‘ri tanlansa va ularni surtish qoidalariga amal qilinsa, ta’mir-
langanidan keyin zavodnikidan qolishmaydigan qoplama hosil 
bo‘ladi. Ammo barcha operatsiyalarga to‘la amal qilinganda ham 
lok va bo‘yoqlar faqat bir necha yilgina xizmat qilishi mumkin. 
Shu sababli materiallarni himoya qilish uchun hozir tarkibida kor-
roziyalanishni sekinlatkichlar (ingibitorlar) bo‘lgan zangni ketka-
zuvchi vositalar, ingibitor qo‘shilgan sovuqlayin fosfatlash erit-
malari ishlatilmoqda. Ular bo‘yashdan oldin avtomobillar, qishloq 
xo‘jaligi mashinalari va turli uskunalarning sirtlariga ishlov berish 
uchun tavsiya etiladi. Bundan tashqari, sun’iy alif asosida ingibi-
torli bo‘yoqlar ishlab chiqarilgan. Bu vositalardan foydalanilsa, 
zangni ketkazish va bo‘yashdan oldin sirtni yog‘sizlantirishga hojat 
qolmaydi. Ingibitor qo‘shilgan 1- va 2- raqamli bo‘yoqlar, masalan, 
neft mahsulotlarini saqlash hamda haydash uchun mo‘ljallangan 
po‘lat quvur va rezervuarlarni korroziyalanishdan saqlaydi. Fos
-
fat bo‘yoq qoplamlarning narxi odatdagisidan 2–3 barobar arzon, 
ammo undan 3 barobar uzoq xizmat qiladi. 
11. 8.

Download 6,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish