Poliuretan smola asosidagi yelimlar.
Poliuretan smola asosi-
dagi yelimlarning adgezion xususiyati yaxshi bo‘lib, xona harorati-
da va qaynoq holda ishlatish mumkin. Yelim tayyorlashda poliefir
va poliizotsianatlarning gidroksidlaridan foydalaniladi. Poliure-
tan smoialar asosidagi yelimlar metall va metallmas materiallarni
yelimlashda ishlatiladi. Hosil qilingan birikmalar quyidagi xususi-
yatlarga ega bo‘ladi: neft mahsulotlari ta’siriga chidamli, titrash va
zarb ta’siriga mustahkamligi yuqori, haroratning tezlik bilan o‘zga-
rishiga chidamli.
Poliuretan smola asosidagi yelimlar Вилад 11К–1, Вилад 13–
2M, ГПК 24–11, КЛМ–1, РУ–2, ВК–5, ВК–11 kabi markalarda
ishlab chiqariladi. Bu yelimlar asosida hosil qilingan birikmalar-
ning siljishdagi mustahkamligi 3–20 MPa oralig‘ida bo‘ladi. Ularni
minus 60 dan 200°C gacha ishlatish mumkin. Yelimlarni 6 oygacha
(ba’zi bir markalari 12 oygacha) muddatda saqlash mumkin.
Poliefirakrilatli yelimlar.
Poliefirakrilatli yelimlar (masalan,
siakrin)ning yopishtirish xossalari juda yuqori bo‘lib, u bilan istal-
gan materialni biriktirish mumkin. Xona haroratida bir daqiqada
qotadi. Uning suvga chidamliligi past bo‘lganligidan kam ish-
latiladi. Fenolkauchuk asosida olingan, qaynoq holda qotadigan
yelimlarni yopishtirish xossalari yaxshi. 130–200°C haroratda va
0,5–1,2 MPa (5–12 kgk/sm
2
) bosim ostida 1–4 soat mobaynida
qotadi. Xona haroratida 24 soat, qizdirilganida esa 4 soat mobayni-
da qotadigan poliuretan asosida tayyorlangan yelimlar zaharliligi
tufayli kam ishlatiladi.
Polivinilxlorid polimerlari va sopolimerlari asosidagi yelim-
lar.
Polivinilxlorid organik erituvchilarda yomon eriydi, shuning
uchun ular plastizol deb ataluvchi plastifikatordagi pastasimon
dispersiya ko‘rinishida ishlatiladi. Plastizol tarkibida polivinil-
xloriddan tashqari stabilizatorlar, to‘ldirgichlar, pigmentlar, adgezi-
on qo‘shilmalar va boshqa moddalar bo‘ladi. Polivinilxlorid poli-
merlari va sopolimerlari asosidagi yelimlar Д–1А, Д–4А, Д–7A,
301
ГИПК–133, ПФ–1А kabi markalarda ishlab chiqariladi. Bu yelim
-
lar asosida hosil qilingan birikmalarning siljishdagi mustahkamligi
1,5–10 МPа oralig‘ida bo‘ladi. Ularni minus 60°C dan 130°C gacha
ishlatish mumkin. Yelimlarni 1–3 oygacha muddatda saqlash mum-
kin. Ularni havo filtrlari qopqoqlarini quyishda, payvand choklarini
jipslashda, moy filtrlari kartonli elementlarini yelimlashda, antikor
-
rozion va shovqinga qarshi himoya vositasida ishlatiladi.
Shuningdek, polivinilxlorid polimerlari va sopolimerlari asosi-
da avtomobillarni ta’mirlashda ishlatiladigan Mars, Feniks, MC–1,
РЕД–В kabi yelimlar ishlab chiqariladi. Ularni minus 40 dan 80°C
gacha haroratlarda ishlatish mumkin. Ularni saqlash muddati 3 oy-
dan 1 yilgacha. Bu yelimlardan asosan avtomobil salonlari va ka-
binalarini pardozlashda foydalaniladi.
12. 1- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |