26.2. - rasm
. Chayqalib to‘tkilish turlari: a - tashqi; b - boshlang‘ich ichki; v - oxirgi ichki; g - bir
tomonlama payvandlashda oxirgi tashqi.
26.3- rasm
. Payvandlash joyidagi noyaxlitliklar:
1 - ichki darzlar; 2 - bo‘shliq; 3 - tashqi darzlar; 4 - «o‘simtalar».
d)
mo‘rt birikma toblanuvchi po‘latlar uchun xosdir. Toblanish birikmaning plastikligini
pasaytiradi. Nuqson sinish turiga qarab aniklanadi: u odatda nuktaning kesimi bo‘ylab o‘tadi.
Nuqsonga sabab qilib rejimning juda qattiqligini yoki mashina elektrodlarida termik ishlovning
noto‘g‘ri sikli tanlanishini ko‘rsatish mumkin;
e)
payvand chokning zich (germetik) emasligi payvandlash rejimi parametrlaridan
chetlashilganda yuzaga keladi. Tok kuchining haddan tashqari kattaligi chayqalib to‘kilishlarga olib
kelishi mumkin. Payvandlash toki kuchining kichiklashuvi, impuls va to‘xtam vaktining qisqarishi
quyma o‘zakning kichiklashishiga olib keladi. Nuqtalarning bir-birini qoplashi yo‘qoladi va
nuqtalar oralig‘ida chala payvandlangan joylar paydo bo‘lib, ular zichlikni buzadi. CHokning
zichligi ortiqcha havo bosimi bilan sinab yoki boshqa usullarda nazorat qilinadi.
Uchma-uch payvandlashdagi nuqsonlar:
a)
chala payvandlanganlik - uchma-uch birikmadan oksid pardasi siqilib chiqmasdan qolib
ketganligi, shuningdek oksidlar yo‘qotilganiga qaramay umumiy chegarada metall donalari hosil
bo‘lmaganligi tufayli metall bog‘lanishning umuman yoki qisman yuqligi. Singan joyda ular xira
dog‘lar qiyofasida ko‘rinadi. CHala payvandlanish birikmalarning mustahkamligi va plastikligini
jiddiy kamaytiradi. Ushbu nuqsonga nobarqaror erish, chuqish boshlanmasdan oldin tokni uzib
quyish, chala erish, cho‘ktirish tezligining pastligi sabab bulishi mumkin. CHo‘ktirish etarli
darajada bo‘lmaganda birikish joyida siqib chiqarilmagan quyma metall qolib ketishi mumkin.
Uning kristallanishi oqibatida cho‘kish kavaklari paydo bo‘lad i. Bunday kavaklar uchma-uch
birikish joyi yaqinida qattiq-suyuq holatdagi qismda ham paydo bo‘lishi mumkin.
b)
metallning ortiqcha qizishi odatda chok yaqinidagi joyda metall zarralari yiriklashuvi va
birikmaning plastikligi pasayuviga sabab bo‘ladi. Ku chli ortiqcha qizish quyib ketishga olib kelishi
mumkin. Nuqsonning sabablari erish siklining haddan tashqari cho‘zilib ketishi, eritishdan oldin
detallarni ortiq cha qizdirish, cho‘ktirish qiymatining kichikligi, tok ostida cho‘ktirish muddati ning
haddan tashqari uzunligidir;
v) uchma-uch payvandlashda paydo bo‘ladigan darzlar ikki xil: bo‘ylama va ko‘ndalang
(halqasimon) bo‘lishi mumkin. Bo‘ylama darzlar metall ortiqcha chuktirilganda vujudga keladi. Bu
nukson payvandlash joyi ortiqcha qiziganda yuzaga keladi. Halqasimon darzlar odatda toblanuvchi
materiallar haddan ziyod qattiq rejimda payvandlanganda paydo bo‘ladi. Ularning hosil bo‘lishiga
mashi naning harakatlanuvchi plitasi orqaga qaytishi natijasida detallarning qismalarda qayishqoq
deformatsiyalanishi sabab bo‘ladi. Bunday nuqsonlarga metallning qatlamlarga ajralishi
ko‘rinishidagi nuqson ham kiradi, u cho‘ktirish vaqtida ochiladi va darz kurinishida bo‘ladi;
g) detal yuzasining kuyishi detalning yuzasi payvandlashga yomon hozirlanganda, siqish kuc hi
etarlicha bo‘lmaganda yoki jarlar (elektrodlar) noto‘g‘ri o‘rnatilganda tok keltirilgan joyda yuz
beradi. Bu joyda issiqlikning ko‘p ajralib chiqishi yuzaning erishiga olib keladi. Agar
payvandlanayotgan metall toblangan bo‘lsa, u holda kuygan joyda metallning qattiqligi ancha
ortishi natijasida detalga keyingi mexanik ishlov berish murakkablashadi.
Joiz nuqsonlar soni va turi texnik shartlar yoki boshqa hujjatlar bilan belgilanadi hamda
konstruksiyaning muhimligi, payvandlash uskunalariga, detalning materiali va boshqa omillarga
bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |