Samarqand davlat universiteti қозон миллий тадқИҚотлар технология университети



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/100
Sana28.03.2023
Hajmi2,63 Mb.
#922312
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   100
Bog'liq
b905b7f394a5e97f28e5675473a228c5 Kimyoviy-texnologik jarayonlarni matematik modellash

1.4-misol.
Har qanday biotexnologik jarayonning eng muhim 
elementlaridan biri bu reaksiyalarni bajarishda ishtirok etadigan 
mikroorganizmlarning 
hayotiy 
faolligidir. 
Ammo 
har 
qanday 
organizmning hayotiy faoliyati - bu sistemaning barcha xususiyatlariga 
ega bo„lgan murakkab jarayon. Shuning uchun u texnologik jarayonning 
quyi sistemai hisoblanadi. 
Ko„p sonli sistemalarda quyi sistemalar ierarxiyasi mavjud: 
sistema birinchi darajali quyi sistemalardan iborat bo„lib, ularning har 
biri ikkinchi darajali quyi sistemalar va hokazolardan tashkil topgan va 
darajalar soni juda katta bo„lishi mumkin. Bunday hollarda, odatda, 
sistemaning o„zini tutishini tahlil qilish, eng past darajadan boshlab, 
so„ngra yuqori bosqichlarga o„tish qulay bo„ladi. Shunday qilib, 
kimyoviy texnologik jarayon uchun M.G.Slinko taklif qilgan matematik 
modelning ierarxik tuzilishi ishlatiladi. Model bir bosqichdan 
ikkinchisiga jarayonni tavsiflashda ketma -ket o„tish yo„li bilan qurilgan. 
Molekulyar daraja
- molekulalar orasidagi masofa tartibida sodir 
bo„ladigan jarayonlarning tavsifi. Ularning fonuniyatlari birinchi 
navbatda kimyoviy kinetikaning namunalaridir. 
Kichik hajm darajasi, ularda masalan, bitta katalizator donasida 
yoki ko„pikning barbataj qavatidan ko„tariishi va uning atrofida 
oqayotgan suyuqlikda yoki nasadkali kolonkaning bitta nasadka 
elementida va h.z.larda o„ralgan bitta o„rash elementidagi amalga 
oshadigan jarayon ifodalanadi. Bu erda oldingi darajadagi qonuniyatlar 
endi etarli emas, ularni issiqlik va massa almashish jarayonlarining 
qonuniyatlari bilan to„ldirish kerak. Bir vaqtning o„zida uzatish 
jarayonlarining oqimi sharoitida kinetik qonuniyatlarning tahlili 
makrokinetika deb nomlangan ilmiy yo„nalishning predmetidir. 
Qurilmaning ishchi zonasi darajasi
(katalizator to„shagi, ko„pikli 
to„shak, qadoqlangan to„shak va boshqalar), bunda oqim harakatining 
tabiati bilan bog„liq ta‟sirlar hisobga olish kerak. Ba‟zi hollarda 
(masalan, bir hil reaksiyalarda) birinchisidan bu darajaga to„g„ridan-


14 
to„g„ri o„tish mumkin. 
O„tish paytida ishchi zonalarning soni, konfiguratsiyasi, o„zaro 
bog„liqligi va o„zaro joylashuvi hisobga olinadigan apparat darajasi 
hisobga olinadi. Masalan, apparatda bir nechta katalizator qavatlari 
iborat va ular orasida oraliq issiqlik almashinuvchilari joylashgan 
bo„lishi mumkin. 
Qurilma darajasi, unda apparatlvr o„rtasidagi o„zaro bog„liqlik 
hisobga olinadi. Yuqori darajadagi har qanday bir darajadan ikkinchisiga 
o„tishni tavsiflovchi quyi darajadagi modellar va nisbatlardan iborat. 
Bunday yondashuv jarayonni qismlarga ajratgan holda analiz qilish va
modellashtirishga imkon beradi, bu esa tahlilni ancha soddalashtiradi, 
shu bilan birgalikda struktura – bog„lanish tabiati darajasi bog„liqligini 
ko„zdan qochirmaydi. Sistemaning tashqi aloqalari. "Sistema" 
tushunchasiga ta‟rif berilar ekan, uning elementlari o„rtasidagi 
aloqalarning alohida ahamiyati haqida gapirmasdan bo„lmaydi. Dinamik 
sistemalar uchun tashqi aloqalar - sistemaning atrof-muhit bilan o„zaro 
ta‟siri ham muhim. Tashqi aloqalar ikkita asosiy sinfga bo„linadi: 
dunyoning sistemaga ta‟siri - sistemaga kirishlar va sistemaning 
dunyoga ta‟siri - uning unumlari, sistemaning ishlash natijasi. Alohida 
holat – teskari aloqalar: sistemaning chiqishi uning kiritilishiga ta‟sir 
qiladi. Agar chiqish signalining kuchaytirilishi kirish signalining 
kuchaytirilishiga olib kelsa, ijobiy teskari bog„liqliq, agar chiqish 
signalining kuchayishi kirish signalining susayishiga olib kelsa, salbiy 
teskari aloqa amal qiladi. Qoidaga ko„ra, ijobiy teskari bog„liqliklarning 
ta‟siri sistemaning qo„zg„alishiga, uning faolligining kuchayishiga, 
noqulay holatlarda esa sistemaning "ishdan chiqishiga" olib kelishi 
mumkin. Aksincha, salbiy teskari bog„liqliklar sistemaning holatini 
barqarorlashtiradi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish