Ilmiy-pedagogik asoslari



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/40
Sana27.03.2023
Hajmi1,29 Mb.
#921997
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
Bog'liq
касбга йўллаш ўкув кўлланма

A) Ma`lumot-axborot beruvchi maslahatlar: 
Kasbni mazmuni bilan iloji boricha chuqurroq tanishtirishga qaratilgandir. U 
sizni o’qa kasbni shaxsga nisbatan qanday talablar qo’yishi bilan tanishtiradi, bu 
kasbni qaerda, qanday qilib o’rganish yo’llarini, ishga joylashish imkoniyatlarini 
tushuntirib beradi: shu maslahatning o’zida siz kasb mahoratini oshirish yo’llari 
to’g`risida ham ko’pgina ma`lumotlarni bilib olishingiz mumkin. Odatda bunday 
maslahatlarni o’sha kasbda uzoq vaqtdan beri ishlayotgan tajribali mutaxassislar 
o’tkazadilar. 
B) Diagnostik kasb maslahati berish: 
Kishini har tomonlama o’rganish asosida undagi qiziqishlar, moyilliklar, 
qobiliyatlar hamda shaxsdagi kasbiy jihatdan muhim bo’lgan ayrim sifatlarni aniqlab 
o’rganishga qaratilgandir.
Bunday maslahatdan maqsad – faoliyatning qanday sohasida siz muvaffaqiyatli 
ishlashingiz mumkinligini, ya`ni siz qaysi sohada jamiyat uchun maksimal foyda 
keltirishingiz mumkinligini hamda o’z mehnatingizdan mumkin qadar ko’proq 
qoniqish hosil qilishingizni oldindan belgilab berishdan iborat. Diagnostik kasb 
maslahatini psixologlar o’tkazadilar. Ular shaxsni o’rganishning anketa to’ldirish, 
testlar bilan sinash singari har xil metodlarini qo’llaydilar.
V) Tibbiy kasb maslahati: 


73 
Odamning salomatligi u tanlagan kasb talablariga qay darajada muvofiq kelishini 
aniqlab olishga yordam beradi. Agar siz mo’ljallayotgan kasb qandaydir bir sabab 
bilan sog`lig`ingizga to’g`ri kelmaydi, deb topilgudek bo’lsa, u holda vrach sizga 
boshqa bir kasbni, ya`ni sizning qiziqishingiz va sog`lig`ingizga zarar etmaydigan 
kasbni tanlashga tavsiya qiladi. 
G) Tuzatish kirituvchi kasb maslahati: 
Odam bir kasbni tanlasa-yu, lekin uning real imkoniyatlari va qobiliyatlariga 
o’sha kasb muvofiq kelmagan hollarda bunday maslahat zarur bo’ladi. Bunday 
vaziyatda kasbiy rejani qaytadan ko’rib chiqish yoki unga aniqlik kiritish zarur bo’lib 
qoladi. YUqorida sanab o’tilgan kasblar bir-biri bilan o’zaro mahkam bog`liqdir. 
Meditsina kasb maslahatiga ma`lumot – axborot berish xarakteridagi va tuzatish 
kirituvchi xarakterdagi elementlar mavjud bo’lsa, diagnostik kasb maslahatida kasb 
maslahatlarining elementlari uchraydi va hakozo. 
Kasb to’g`risida maslahat 3 ta bosqichga bo’linadi. 
A) Kasbga tayyorlash. 
Bunga o’quvchining maktabni bitirgunga qadar bo’lgan 
jarayoni kiradi. Bunda maktabda o’quvchining qiziqishi, xohishi u yoki bu kasbga 
moyilligini hisobga olgan holda kasblarga tayyorlanadi, kasblar to’g`risida axborotlar 
berib boriladi. 
B) YAkunlovchi: 
8-9 sinfni bitirayotganda kasbga yo’llash ishlarini olib boriladi. 
Bu yakunlovchi turda o’quvchilarni qobiliyatiga qarab u yoki bu kasblarni egallashga 
yordam berish. Bu xil maslahat maktab doirasidan tashqariga chiqadi va ko’pincha 
akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, tashkilotlarda o’quvchi 8-9 sinfni bitirib chiqib 
borgan joylarda amalga oshiriladi. 
Kasbga ko’nikma hosil qilish. 
Bu kasbga yo’llash ishi yakunlovchi ish bo’lishi 
kerak, chunki o’quvchi zavod va fabrikada, shuningdek o’quv yurtlarida o’z qiziqqan 
sohasi bo’yicha ishlaydi va o’qiydi. Ko’nikma hosil qilish sistemali ravishda rejani 
bajarish va musobaqalarda ishtirok etish natijasida mustahkamlanadi, ishlab 
chiqarishda qancha og`ir bo’lsa, shuncha ko’p yosh ishchiga e`tiborni kuchaytirish 
lozim. 
Kasbga layoqatliligi. 
Kasbga layoqatliligini aniqlash 3 yo’l bilan amalga 


74 
oshiriladi. 
A) sog`lig`i to’g`risida; 
B) Kasbga taxminiy tayyorgarlikning puxtaligi; 
V) Psixofiziologik holati. 
Bu layoqatligiga qarab mutaxassislar o’quvchilarga u yoki bu kasbga loyiq 
ekanligini aniqlashadi va kasbni o’zgartirish kerakligi yoki sog`liqqa zararligini, uning 
organizmi tanlagan kasbiga loyiq emasligi to’g`risida ma`lumot berishadi. SHuning 
uchun o’rta maktablar kasb tanlash ishlarini olib borishda asosiy baza bo’lib 
hisoblanadi. 
Magistrlar ushbu mavzu yuzasidan olib boriladigan ilmiy izlanish hamda 
ilmiy-pedagogik ishlarida – kasbga yo’naltirish masalalarida test metodlaridan unumli 
va maqsadli foydalanishga yo’naltiriladi. 
Unda, 
ilmiy 
pedagogik 
tadqiqotlarni 
amalga 
oshirishning 
mantiqiy 
ketma-ketligiga: tadqiqot farazi hamda izlanish materiallaridagi g`oyalarini o’rganish 
va ishlab chiqish mantiqi va metodlari, yangi g`oyani ro’yobga chiqarish bosqichlari 
hamda ilmiy pedagogik tadqiqotlarida magistrlik dissertatsiya mazmunini 
shakllantirishdan iboratdir. 
Bu borada o’qituvchining samarali faoliyati uning chuqur va rang-barang kasbiy 
bilimlari, dars berish metodikasini egallaganligi, o’z mehnatining psixologik asoslarini 
hisobga olishi bilan bog`langanligi ravshan bo’lishiga olib keladi. 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish