“DEVELOPMENT ISSUES OF INNOVATIVE ECONOMY IN THE
AGRICULTURAL SECTOR”
International scientific-practical conference on March 25-26, 2021.
Web:
http://conference.sbtsue.uz/uz
Qishloq ho`jaligida export mahsulotlarini hisoblashning avtomatlashtirilgan
tizim algoritmi va dasturiy ta`minotini ishlab chiqish.
Sobirov R.A.
1
Axrorov M.Sh.
2
Annotatsiya.
Mazkur maqolada qishloq ho`jaligida export mahsulotlari ya`ni meva mahsulotlarini
ro`yhatga olish va buyurtmalar berishni avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqiladi.
Kalit so`zlar:
Axborot tizimi, raqamli iqtisodiyot, Microsoft Access, Borland C++Builder,
avtomatlashtirilgan axborot tizimi(AAT).
Ключевые слова
:
Информационная система, цифровая экономика,
Microsoft Access, Borland
C++Builder
, автоматизированная информационная система(АИС).
Key words:
Information system, digital economy, Microsoft Access, Borland C++Builder,
automated information system(AIS).
1
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali
E-mail: sruzimboy44@gmail.com
tel.(97)-920-95-00
2
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali
axrorov0204
@gmail.com
Tel: (91)-314-86-81
582
“DEVELOPMENT ISSUES OF INNOVATIVE ECONOMY IN THE
AGRICULTURAL SECTOR”
International scientific-practical conference on March 25-26, 2021.
Web:
http://conference.sbtsue.uz/uz
Yangi XXI - asrda axborot texnologiyalari hayotimizning turli jabhalariga kirib borishi
axborotlashgan jamiyatning shakllantirishga zamin yaratib bermoqda. "Internet", "Elektron pochta",
"Elektron ta'lim", "Elektron boshqaruv", "Elektron hukumat", "Masofaviy ta'lim", "Ochiq ta'lim",
"Axborotlashgan iqtisod" kabi tushunchalar hayotimizga kirib kelishi jamiyatimizning axborotlashishiga
intensiv ta'sir ko`rsatmoqda. Axborot
–
kommunikatsiyalari orqali mamlakatlarning milliy iqtisodi
globallashib, axborotlashgan iqtisod shakliga o'tmoqda, ya'ni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning
yaratilgan axborot va bilimlarning 90% so'nggi 30 yil mobaynida yaratilgan bo'lib, ular hajmining ko'payib
borishi axborot-kommunikatsiyalaridan samarali foydalanishni talab etmoqda.
Iqtisodiyotning bozor sharoitida faoliyat ko`rsatishiga o`tishi, axborot tеxnologiyalari sohasidagi
yutuqlar avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini yaratish va rivojlantirish amaliyotiga ta`sir ko`rsatadi.
Ko`pgina faoliyat yurituvchi tashkilotlarda yangi ilovalarga (vazifalarga) bo`lgan ehtiyoj kuchaymoqda.
Yangi ilovalarga bo`lgan talab va ularni amalga oshirish o`rtasidagi disbalans to`xtovsiz o`sib bormoqda.
Shuning oqibatida tugallanmagan ilovalar hajmi ko`payib borayapti. Mavjud tizimlarni yangi sharoitlarga
moslash yoki tеxnik vositalar, opеratsion tizimlar bilan ishlash uchun modifikatsiyalash harajatlarining
o`sib borishi tufayli il
ovalar sonini oshirish oqsayapti. Bunday holatdan chiqib kеtish uchun oxiridagi
foydalanuvchilarni shaxsiy tizim va ularning ilovalarini yaratishga jalb etish, ularga kuchli asbob-uskuna
vositalarini yеtkazib bеrish lozim.
Mazkur maqolada qishloq ho`jaligida export mahsulotlari ya`ni meva mahsulotlarini ro`yhatga olish
va buyurtmalar berishni avftomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish masalasi qo`yildi.
Bu masalani xal qilish uchun quyidagi algoritmni taklif etamiz.
1-rasm: Mevalar
–
avtomatlashtirilgan tizimi tarkibiy modeli
Buning uchun biz quyidagi qadamlarni bajarishimiz kerak:
1.Microsoft Access dasturidan foydalanib mevalar ma’lumotlar bazasini va hisobot bazalarini
yaratish.
2.C++ tili asosida yaratilgan Borland C++Builder 6 d
asturlash muhiti bilan ishlashni o’rganish.
3.Microsoft Access dasturida yaratilgan mevalar ma’lumotlar bazasini Borland C++ Builder 6
dasturlash muhiti bilan bog’lash.
Dasturni ishga tushurish uchun “Project.exe” ni ishga tushuramiz. Ishga tushurganimizd
an keyin
bizga quyidagi oyna hosil bo’ladi:
583
Do'stlaringiz bilan baham: |