“DEVELOPMENT ISSUES OF INNOVATIVE ECONOMY IN THE AGRICULTURAL SECTOR” International scientific-practical conference on March 25-26, 2021. Web:
http://conference.sbtsue.uz/uz
Mamlakatimizda agrar sohada yangicha yonalish sifatida qaralilayotgan klaster tizimi ham
innovatsion yechimlarga ega. Bu tizim jahon amaliyotida qishloq xo’jaligini rivojlantirishda va qishloq
joylarda malakali hodimlar mehnatini yaratishda ko‘p yillar mobaynida foydalanib kelinmoqda. Klaster
tizimi qishloq
joylardagi infratuzilmalarni bevosita o‘zgartirib yuboradi.
Klaster yondashuvi [11], faoliyati umumiy maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan va
innovatsion mahsulotlarni yaratish uchun yagona texnologik platforma bilan bog'langan.
Klaster o‘zida lokaliz
atsiya qilingan iqtisodiy tuzilmalar majmuini ifodalovchi innovatsion
hududiy klasterlarni yaratishni nazarda tutadi. Innovatsion rivojlanish istiqbollari hudud va
mintaqalararo o'zaro ta'sir shakllari bilan bog'liq. Samaradorlik klasterlarning investitsiya xarajatlari,
ishlab chiqarish hajmi, klasterning innovatsion texnologiyalari asosida ishlab chiqarishni
diversifikatsiya qilish sharoitida ishlash samaradorligi bilan belgilanadi.
Mamlakatimizda klaster tizining qishloq xo‘jaligiga joriy etilishi ko‘pl
ab innovatsion
usullarning qo’llanishiga olib kelа
di. Nafaqat soha texnika va texnologiyalarini modernizatsiyasi balki
raqamli iqtisodiyotning agrar sohaga kirib borishini ta’minlaydi. Jumladan Janubiy Koreyada soya
yetishtirishda klaster tizimining qo‘ll
anilishi oqibatida Koreyaning qishloq joylardagi yoshlarni
zamonaviy kasblarga o‘rgatishga va yoshlarni ish izlab shaharga ketishi oldi olindi. Bizda shunga
o‘xshash holatlar va muammolar qishloq joylarda yetarli dajada. Klaster agrar sohada agar yetisht
irilgan
xosilni to‘liq qayta ishlash va tayyor mahsulotga aylantirish qamrab oladigan bo‘lsa juda ko‘plab
innovatsion usullarni joriy etilishiga va ulardan olinayotgan samarani qishloq hududlar infratuzilmalarni
tubdan yangilashga olib keladi. Agrar soha mahsulotlari turi, sifati va miqdori ortadi.
Xulosa
O‘zbekiston Respublikasi agrar tizimida innovatsiyalarning samarali qo‘llanilishi soha
imkoniyatlarini yanada kengayishiga, mahsulotlar va xizmatlar tarkibini ortishiga, halqaro bozorga
raqobatbardosh mah
sulotlar chiqishini ta’minlaydi. Innovatsiyalar mehnatga bo‘lgan munosabatning
keskin ijobiy tomonga o‘zgartiradi. Agrar sohada biznesning imkoniyatlarini kengaytiradi.
Tadbirkorlarning daromad olishga bo‘lgan intilishi yanada kuchayadi. Eng muhimi mamlak
atimizda
aholining sifatli oziq-
ovqat bilan ta’minlash va mahsulotlar turlari hamda tarkibini kengayishiga olib
keladi. Qishloq aholisining turmush tarzi yahshilanadi va daromadlari ortishiga erishiladi.
O‘z navbatida davlat innovatsiyalarning agrar sohaga kirib borishini rag‘batlantirishi va
uning xuquqiy asoslarini halqaro talablar darajasida shakllantirishi darkor. Jismoyiy va yuridik
shaxslarning innovatsion faoliyatlarini agrar sohada qo‘llab quvvatlanishi davr talabidir.