“DEVELOPMENT ISSUES OF INNOVATIVE ECONOMY IN THE
AGRICULTURAL SECTOR”
International scientific-practical conference on March 25-26, 2021.
Web:
http://conference.sbtsue.uz/uz
COVID-19 virusining tarqalishi 2019 yil dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida boshlangan va u
butun dunyoda pandemiyaga aylandi. Uning ta’siri jahonni qamrab oldi. Ta'sir sohalaridan birinchi bo'lib
sog'liqni saqlash, ta'lim, ovqatlanish, dori-darmon, savdo va iqtisodiyotdir.
Epidemiya insonlarning kundalik hayotida tub o`zgarishlarga sabab bo`ldi, ayniqsa, shaxsiy
gigiyenaga amal qilish bilan bir qatorda sog'lom ovqatlanish, sog`lom hayot tarziga o`tishni taqozo qildi.
Bu esa o`z navbatida biologik toza mahsulot, immunitetni mustahkamlovchi antioksidantlarga boy
qishloq xo`jaligi mahsulotlarini iste’mol qilishga ehtiyojni orttirdi. Shuningdek, koronavirusdan
saqlanishning muhim usullaridan biri sifatida qaralayotgan ochiq havoda ko`proq bo`lish
–
ochiq tabiat
manzaralarining jozibadorligini oshirdi. Har ikkala usulning samarali yo`li sifatida biz agroturizmni
qarashimiz mumkin, ya’ni u tabiat qo`ynida dam olish hamda tabiiy toza mahsulotlardan bevosita iste’mol
qilish imkoniyatini yaratib beruvchi turizm turlaridan biri hisoblanadi.
3
Koronavirus yuzaga keltirgan bugungi iqtisodiy inqiroz mamlakatimiz iqtisodiyotining boshqa
sohalari kabi turizm sohasiga ham ulkan zarar yetkazdi.
Dunyo davlatlari eshiklarining yopilishi, ommaviy karantin cheklovlari xalqaro iqtisodiy
aloqalarni, eksport va import munosabatlari, xorijiy investitsiyalar kirishini, savdo va turistlar oqimini
to`xtatdi.
Sayyohlar oqimining pasayishi agroturizmning rivojlanishiga ham o`z salbiy ta’sirini o`tkazmay
qo`ymadi. Lekin uzoq muddatli karantin cheklovlari hamda pandemiyaning davomli asoratlari aholini
bog`larga, fermalarga, qishloq hududlaridagi ochiq maydonlarga chorlab, immun tizimini yaxshilash
uchun bog`dorchilik hamda meva-sabzavotchilik mahsulotlarini ko`proq tanovul qilishga undadi, qishloq
xo`jaligi mahsulotlariga bo`lgan talabni oshirib yubordi. Hatto kasallik vahimasi aholini ehtiyojdan ortiq
mahsulotlarning zahira sifatida olib qo`yilishiga majbur qildi.
Pandemiyaning salbiy oqibatlari 2020 yilning qishloq xo‘jaligi va oziq
-ovqat sohasi vakillari
uchun katta imtihon bo`lishi bilan birgalikda, bir qator imkoniyatlarni ham ochib berdi. Davlatimiz rahbari
Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yil 14 aprel kuni qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini yanada rivojlantirish,
oziq-ovqat mahsulotl
ari ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor
yig‘ilishida bog‘ va tokzorlar, issiqxonalar aholiga 3 yillik imtiyozli davr bilan, 7 yilgacha lizing asosida
berilishi ta’kidlandi.
4
Hozirgi global inqiroz sharoitida aholining qishloq xo`jaligi mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojini
qondirish, bandligi va daromadini ta’minlash, iqtisodiy barqarorlikni saqlashda agrar tarmoq eng ko‘p
imkoniyatga ega soha hisoblanadi. Xalqaro ekspertlarning fikriga ko‘ra, pandemiya oqibatida
ocharchilikdan qiynalayotgan aholi soni 2 barobarga oshib, 1 milliard 600 millionga yetdi.
Pandemiya va karantin qancha vaqt davom etishidan qat’i nazar, aholining oziq
-
ovqatga bo‘lgan
ehtiyoji kamaymaydi. Shu bois bugungi kunda bog`dorchilik, meva-sabzavotchilik va chorvachilik
tarmoqlarida mahsulot yetishtirish hajmini ikki barobarga oshirish muhim vazifalardan biri bo`lib
qolmoqda.
So‘nggi uch yilda sohada manfaatdorlikni oshirish, oddiy qilib aytganda, dehqon va fermerni boy
qilish uchun turli masalalar ko`rib chiqildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
-yil 20-martda qabul qilingan
"O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora
-tadbirlari
to‘g‘risida"gi Qaroriga asosan bog‘dorchilik tarmog‘i va issiqxona xo‘jaliklarida boshqaruv tizimini
takomillashtirish hamda davlat tomonidan qo‘llab
-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish,
shuningdek, zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalar asosida yuqori sifatli, raqobatbardosh va
eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish maqsadida bir qator vazifalar belgilangan
edi. Shu asosda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Bog‘dorchilik va issiqxona
3
Sevinç BAŞAY
- The importance of organic agriculture and agro tourism in the covid-19 pandemic, 2020
4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishi ma’ruzasidan,
14.04.2020
318
Do'stlaringiz bilan baham: |