psixologiyasi va kasalliklarning psixologik
strukturasi bilimiga ega, xamda nazariy va amaliy
jixatdan bemorlarda turli metodikalar qoʼllay oladi.[2;4;6]
Klinik psixolog bemor shaxsini oʼrganida, kasallik bilan aloqasini oʼrganishda turli xil
psixologik metodlardan foydalanishi mumkin. Misol uchun, tibbiyot soxasi yonalishidan kelib
chiqib (psixonevrologiya, psixiatriya,
pediatriya, psixoformaterapiya, psixosomatika kabi v.b.)
oʼziga xos klinik metodlardan foydalanadi. Kasalning yoki psixologik buzilishlarning xarakteriga
koʼra quyidagi usullarni ishlatish maksadga muvofiqti:
- Subektiv metod: Anamnesis morbı (kasallik tarixi) va anamnesis vıtae (ijtimoiy oʼtmishi,
tarixi)
- Obektiv metod: Psixologiyada xamda klinik psixodiagnostikada mavjud boʼlgan barcha
test, anket-soʼrovnoma, envanterlar, test batareyalari va boshqa turdagi metodikalardir.
- Proektiv metodikalar: Proektiv soʼzi (ing. aks ettirmoq) degan maʼnoni anglatadi. Demak
psixologiyada shaxsning xususiyatlari, muammolarini bilish uchun maxsus usullar va materiallar
bilan muammoli shaxsdagi ong osti maʼlumotlari va asosiy etiqotlarini anglash va chikarish
uchun samarali metod xisoblanadi. Kolaversa Proektiv metodning yana bir ustunlik tomoni
shundagi bemorlarning nafaqat shaxs klinik psixodiagnostikasini amalga oshirish uchun balkida,
ayni shu jarayonda psixokorrektiv jarayonlarni xam olib borish uchun samarali metod
xisoblanadi.
xorij mamlakatlarda va yurtimizda xam tibbiyot va psixologiya soxasi jadʼal
rivojlanib
kelmoqda. Bemorlarning nafaqat tanasiga (somatika) oid labolatuar – ekspressiv tekshiruv va
metodlar qoʼllaniladi balkida soxaga oid bemorning xissiy-emotsional xamda kognitiv-
neyropsixologik va bixoverial jarayonlardagi patologik xolatlarni aniqlashda xam klinik
psixologik metodikalarni oʼtkazish extiyoji va zarurati mavjutdir.
Neyropsixologik diagnostika (neyropsixologik tekshiruv) - bu bir qator maxsus texnika va
namunalar yordamida psixik jarayonlarni oʼrganish jarayonidir. Diagnostika jarayonida miyaning
morfofunktsional holati organiladi, buzilishlar yuqori aqliy funktsiyalar holatining miqdoriy
hususiyatlari va miyaning maʼlum sohalari bilan lokal ravishda bogʼlanadi. Bundan tashqari bir
yoki bir nechta omillar tasirida sodir bolgan buzilishlarning
aqliy jarayonga tasiri, psixik
funksiyalarning patologik hususiyatlari organiladi. Bundan tashqari, neyropsixologik diagnostika
jarayonida psixik funktsiyaning buzilgan va buzilmagan aloqalari aniqlanadi. Tashxisdan soʼng,
agar patologiya yoki nuqsonlar aniqlansa, neyropsixologik tuzatish amalga oshiriladi. Hozirgi
vaqtda rus neyropsixologlarining koʼpchiligi Luriyaning neyropsixologik testlari va stimulyator
materiallari batareyasidan odamning yuqori ruhiy funktsiyalarining holatini tashxislash uchun
foydalanadilar.
Rossiyada neyropsixologik usullarning aksariyati 1940-1960 yillarda А.R.Luriya va uning
shogirdlari tomonidan yaratilgan. Bu usullarning shakllanishiga L.S.Vigotskiyning psixika
rivojlanishining
madaniy-tarixiy nazariyasi, P.Ya.Galperinning aqliy harakatlarning bosqichma-
bosqich shakllanishi nazariyasi katta hissa qoʻshdi. Fanda dastavval miyaning mahalliy
shikastlanishi boʼlgan bemorlar oʼrganilib, soʼnggi oʼn yilliklarda diffuz miya patologiyasi
boʼlgan bemorlar ham oʼrganila boshlandi. 1960-1970-yillardan boshlab bemorlarni sogʼlom
odamlar bilan taqqoslanib, bu tadqiqotning yangi qirralarini ochdi.
А.R.Luriya oʼzining "Jarohatlar tasirida oliy kortikal funktsiyalarning buzilishlari" asarida
miyaning mahalliy jarohatlarida tadqiqot vazifalarini belgilab berdi. Аsosiy vazifa – muayyan
funktsiyalardagi oʼzgarishlarning umumiy holatini tavsiflash natijasida asosiy nuqsonni ajratish,
shuningdek, ikkinchi darajali tizimli buzilishlarni asosiy nuqsondan
olib tashlash sifatida
belgilandi. Tekshiruv davomida simptomning tuzilishi va maʼnosini aniqlashtirish kerak, bu faqat
bemorni oʼrganishning eksperimental psixologik usullari bilan amalga oshiriladi. Psixolog
boshqa barcha jarayonlardan aqliy jihatdan mavhumlashtirib, uni qiziqtiradigan faqat muhim
jarayonni aniqlaydi va uni oʼrganish maxsus tashkil etilgan sharoitlarda amalga oshiriladi.
Sindromni
aniq ajratish uchun eshitish, vizual, kinestetik va motorli tahlil va sintez, fikrlash,
nutq, xotira va boshqa aqliy funktsiyalarni oʼrganishni oʼz ichiga olgan keng koʼlamli testlar
seriyasiga ega boʼlish kerak. [1]
Ruhiy kasalliklar ham organizmning boshqa xastaliklari kabi simptom (alomat)larga
egadir. Har kanday kasallik aniqlash belgisidan boshlanadi. Аmmo faqat aniqlangan alomatlariga
qarab kasallikni tashxis qilish mumkin emas. Аlohida alomat tashxis ahamiyatiga faqatgina
boshqa belgilar bilan birgalikdagina (sindrom) ahamiyatga ega boʼladi. Sindromlar oʼz holiga
maʼlum bir kasallik uchun maxsus boʼlmay, koʼpgina ruxiy kasalliklarda kuzatilishi mumkin.
Shu bilan birga belgi va sindromlar kasallikning klinik koʼrinishini vujudga keltiruvchi material
hisoblanadi. Bemorlardagi maxsuslik siidromlarning oʼzigina emas,
balki ularning tavsifidir,
yaʼni sindromlarning shakllanishi, murakkablashuvi — qaytishi, ularning almashinuvidir.
Sindromlardan va ularning navbatlashib almashinuvidan kasallikning klinik koʼrinishi va
taraqqiѐti shakllanadi. Har kanday ruhiy kasallik uchun maʼlum bir sindromlar xosdir, har bir
kasallik uchun maʼlum bir tartibda oʼzgaradi va almashinadi. Bir sindromni boshqa bir
sindromlar
ustidan ustivorligi, paydo boʼlish tartibi, har bir ruhiy kasallik uchun odatda
yetarlicha qatʼiy samanadi. Bu esa alohida ruxiy kasalliklarni nozologik birlik sifatida aniqlashga
imkon beradi. Ruhiy kasalliklar faniga «alomatlar majmuasi» atamasini 1863 yilda katatoniyani
izoxlashda Kalьbaum tomonidan kiritilgan. Аmmo to shu paytgacha ruhiy xastalik sindromlarini
qoniqtiruvchi tizimlashtirish nuqtai nazari ishlab chiqilmagan. Sindromlarni asosiy ѐki uk
sindromlari (paranoid, maniakal, deiressiv va boshqalar) va utkinchi (tranzitor bosqich)
mezonlari boʼyicha tasniflashga harakatlar boʼlgan. Аsosiy va oʼq sindromlar endogen va
progradientli psixozlar (shizofreniya) va ekzogen organik psixozlar uchun xosdir. Ular koʼpincha
oʼtkinchi, bosqich sindromlar bilan qoʼshiladi, ammo oxirgilari sof holda ham oʼtkir ekzogen
psixozlarda uchraydi. Kasalliklarning kechish alohidaliklariga karab tasnif qilishga oʼrinishlar
boʼldi. (tsirkulyar, rezidual, boshlangʼich ѐki nevrotik va boshqa sindromlar). Baʼzi
mualliflar
katta va kichiq oddiy va murakkab, umumiy, xususiy va boshqa sindromlarni farqlaydilar.
Kichiq oddiy ruhiy xastalik sindromlarda ruhiy buzilishlarning darajasi yuqori boʼlmagan
buzilishlari oʼzi kaytaluvchandir, kasallikdan soʼng shaxsiyat saqlangan xolda qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: