222
Agar hozirgi yillar XXI-asr boshlanishi yillari bo`yicha olinsa, albatta
aholining ta’minlanish darajasi yana ham yuqori bo`ladi. O`rtacha hayot kechirish 80
yoshni tashkil esadi. Bu eng yuqori ko`rsatkichlardan hisoblanadi.
Aytish mumkinki, inglizcha neoliberallik siyosati bevosita aholi manfaatiga
qaratilgan bo`lib, iqtisodning pravopd maqsadi bo`lgan aholi turmush darajasining
to`xtovsiz o`sib borishi va uning sifatini ko`tarilib borishida o`z ifodasini topmoqda.
Agar iqtisodiy siyosat iqtisodiyot rivojini tezlashtirib, aholi iste’molini
ko`targan xolda turmush sifatini keskin o`sishiga olib kelsa,
albatta Buyuk Britaniya
neoliberal siyosatining ustunligini ko`rish mumkin.
8.7. Bozor iqtisodining anglo-saksoniya modeli
Buyuk Britaniya bozor iqtisodiyoti o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, ular
kontinental yevropa mamlakatlari va ular ichida eng yiriklaridan bo`lgan Fransiya va
Germaniya bozor iqtisodiyoti amaliyotidan katta farqlanadi.
Bu anglo-saksoncha model hisoblanib, ko`proq AQSH bozor modeliga
yaqinroqdir. Bu modeldagi eng asosiy tafovut nemischa va fransuzcha ijtimoiy bozor
xo`jaligidan farqli o`laroq davlatning kam faolli roli va xususiy tadbirkorlikka to`la
erkinlik berishdan iboratdir. Neoliberalizm islohotining eng asosiy mazmuni erkin
bozorni rag`batlantirish va tadbirkorlar hamda xodimlarning shaxsiy javobgarligini
ko`tarishdan iboratdir. Bu liberal tamoyillar uchun kurashda
va ijtimoiy dasturlarni
qisqartirishda keskin harakatlar qilishni talab qilgan.
Albatta bu hukumatning anglichanlarning ijtimoiy kafolatlari tizimiga faol
xujumsiz bo`lmagan. Bunday qat’iylik britancha iqtisodiy tuzilmani yuzaga keltirgan.
Buning asosiy mazmuni o`ziga xos aralash iqtisodiyotning barpo qilinishiga olib
keldi. Britancha aralash iqtisodiyotning asosiy mazmuni davlatning iqtisodiyotga
aralashuvini minimallashtirish va xususiy tashabbuskorlikni maksimumlashtirishdan
iborat.
Yuqorida ko`rganimizdek, Buyuk Britaniya ilmiy-texnik
progress bilan bir
qadamlab beradi. Tarmoqlar tuzilmasini qayta tuzish uning iqtisodiyotini ilg`or
223
texnologiyaning birinchi qatoriga olib chiqdi. Bu esa o`z navbatida yuqori
to`lanadigan ish joylarini ko`payishi bilan bog`liqdir.
Pravordida bu iqtisodiy o`sish darajasini ko`tarish bilan yakunlanib, 1996-
1998 yillarda 2,5-3,5%ga teng bo`ldi. Ishsizlik esa Germaniya va Fransiyaga nisbatan
deyarli ikki barobar kamdir. Buyuk Britaniya bozor modelida privatizatsiyalash va
xizmat ko`rsatish sohasi rolini oshirish muhim o`rin egallaydi. Ayniqsa xizmat
sohasining kengayishi qo`shimcha ish o`rinlarini
yuzaga keltirib, ishsizlikni
kamaytirishda ahamiyatlidir.
Bu modelga korporativ madaniyatning ko`tarilishi xususiy biznesning
boshchiligini ta’minlash, davlat tomonidan uning rivojlanishi uchun barcha
to`siqlarni olib tashlab yo`q qilinishi xosdir. Mamlakatda investitsiya uchun juda
yaxshi sharoitlar, ma’qul muhit yaratilgan.
Anglo-saksoniya bozor modelining ustun tomonlaridan
yana biri yoqimli
soliq siyosatining olib borilishidir. Bu G`arbiy yevropadagi eng ma’qul soliq tizimini
yuzaa keltirgan. Shaxsiy daromad soliqlari va korporativ soliqlar tadbiq etiladi. Bu
sohada yana ham oldinga siljish loyihalari mavjud.
Bu investitsiya iqlimini juda yoqimli darajada bo`lishini ta’minlaydi. Past
soliq darajalari bilan birga oldingi vaqtlarga qaraganda foiz stavkalarining ham past
bo`lishi ahamiyatlidir.
Aytaylik, 2000 yilga kelib, taxminan 5,5% bo`lgan. Bundan
tashqari ichki bozordagi yuqori
darajali raqobat mavjudligi, umuman davlatning
iqtisodga chet kapitalini jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish juda muhimdir.
Chet kapitali ayniqsa xizmat ko`rsatish sohasida ko`proq qo`llaniladi.
Mamlakatda eng yirik transmilliy kompaniyalar faollik ko`rsatadi. Jumladan,
Motorola, Nokia, yepson, Frod, BMV, Samsung va boshqa ko`p kompaniyalar shular
jumlasiga kiradi. Buyuk Britaniya13 mingdan ortiq chet kompaniyalar faollik
ko`rsatadi. yeIning chet investitsiyasining 1/3 qismi Buyuk Britaniyaga to`g`ri keladi.
Ayniqsa kompyuterlar va avtomobilsozlikda chet investitsiyasining xajmi kattadir.
Bularning hammasi Buyuk Britaniya iqtisodining yuqori darajada o`sishini
kafolatlaydi, milliy valyutaning stabilligini ta’minlaydi. Boshqa rivojlangan
mamlakatlar ichida mehnat unumdorligi o`sishida ham farqlanadi. Aytaylik, 1980-
224
1990 yillar ichida yillik mehnat unumdorligi o`sishi o`rtacha 5%ni tashkil etgan.
yevro valyutasiga qo`shilmasligiga qaramasdan Buyuk Britaniya davlat moliyasi
yaxshi ko`rsatkichlarga ega.
Agar 1996-yili davlat byudjeti kamomati YAIMga nisbatan 4,8%ga teng
bo`lib, davlat qarzi 56,1 ni tashkil qilgan bo`lsa, 1957-yili bu ko`rsatkichlar 1,9 va
53,4%ga teng bo`lgan. Kontinental yevropa mamlakatlarida bunday ko`rsatkich
Lyuksemburgdan boshqa birontasida ham bo`lmagan.
Iqtisodiy ko`rsatkichlarning deyarli hammasi keyingi 20-25 yil ichida juda
sezilarli bo`lgan. Shu bilan birga ta’kidlash kerakki, xususiy sektor iqtisodi katta
muvaffaqiyatlarga erishuvi bilan birga ijtimoiy infratuzilma mamlakatda Germaniya
va Fransiyaga nisbatan yuqori rivojlangan emas. Buni anglo-saksoniya bozor
modeli
rivojining deyarli yagona kamchiligi deyish mumkin.
Xulosa qilib aytish mumkinki, anglo-saksoncha rivojlanish modeli bir qancha
afzalliklarga ega bo`lib, u kontinental mamlakatlar, ayniqsa Germaniya va Fransiya
ijtimoiy bozor xo`jaligi modeliga nisbatan ustunlikka egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: