116
O`zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o`tishdagi o`z yo`li, o`z
milliy modeli
mavjud, degan so`z respublikaning o`z maxsus bozor iqtisodiy qonunlari, ya’ni milliy
iqtisodiy qonunlar bor, degan xulosa emas. Bu, biz yuqorida ko`rib o`tgan
umumiylik, xususiylik va mamlakatlar tajribalari birligidir va shu bilan birga
hamkorlikda, birgalikda amalga oshiriladigan vazifalar, degan ma’noni bildiradi.
O`zbekiston milliy modeli bozor iqtisodiyotini izchillik bilan tiklab borish,
unga bosqichma-bosqich va sharoitlar yaratilishi bilan asta-sekin o`tish, aholini
ijtimoiy himoyalashni keng qo`llagan holda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlab
borish
yo`li blian o`tishni taqozo etadi. Milliy modelda o`z aksini topgan O`zbekistonning
bozorga o`tishdagi o`z yo`li bozor iqtisodiyoti shakllanishi uchun uch tomonni, ya’ni
ichki va tashqi sharoitlarni yaratish, bozor iqtisodiyoti maqsadlariga erishish va
umuman, bu jarayonlar shakllarini yaratish kabilarni o`z ichiga oladi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tishdagi milliy modelning amaldagi harakati real
sharoitga asoslangan holda, mavjud va ro`y berishi mumkin bo`lgan barcha
iqtisodiy
hodisalarni e’tiborga olgan tarzda bo`lishi,
juda ehtiyotkorlik, hamkorlik va
tadbirkorlik asosida bo`lishini talab qiladi.
Bozor iqtisodiyoti shakllanishining
ichki sharoitlari
deganimizda, avvalo
mulkni
xususiylashtirish, davlat monopoliyasining oldini olish, xususiy mulkning
turli shakllarini yaratish, shuningdek, ishbilarmonlikni
rivojlantirish, barcha mulk
shakllari tengligini ta’minlash, xalq xo`jaligi va ishlab chiqarishning zamonaviy
samarali tuzulishini yaratish va bular asosida xalq farovonligi hamda istiqbol
ishonchini yaratish, aholining ijtimoiy himoyalanishi kabilarni tushunamiz.
Bu jarayonning
tashqi sharoitlari
deganimizda jahon iqtisodiyotiga qo`shila
borish usullarini qo`llash, xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol qatnasha borish,
jahon mehnat taqsimotida o`z o`rnini yarata borish, jahon bozorida kengroq ishtirok
etish yo`l va usullarini qo`llab borish kabilarni tushunamiz.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish shakllarini yaratib borish
deganimizda iqtisodiy
erkin faoliyat, bozor ishtirokchilarining erkin raqobatlashuvi, xo`jaliklarning turliligi,
ijtimoiy hamkorlik munosabatlarini o`rnatish kabi iqtisodiy voqeliklarga o`tish
o`zining shakllarini talab etib, bular mavjud sharoitlariga qarab paydo bo`lishi,
117
o`zgarishi va takomillashuvini tushunish kerak. Masalan, xo`jalik yuritish
shakllarining turliligi, mulk shakllari tengligi va raqobat rivoji bizning sharoitimizda,
birinchi navbatda, davlat mulk monopoliyasiga barham berish va uning
xususiylashtirish shakllariga bog`liq. Bu hech qachon bir xil bo`lmaydi
va oldindan
ma’lum andoza bo`yicha ro`y bermaydi. Bu jarayon davlat mulkini tekinga berish,
imtiyozli bahoda berish, kim oshdi savdosi asosida xususiylashtirish kabilar bilan bir
qatorda ijara, oilaviy pudrat, hissadorlik kabi shakllarni
yuzaga keltirmoqda va buni
belgilaydigan ko`p miqdordagi omillar e’tiborga olinmoqda. Zero, bozorning turli
tomonlariga taalluqli jarayonga xos shakllarni e’tiborga olish, ulardan o`z joyida va
vaqtida iqtisodiy sharoitga mos holda foydalanish va ularni takomillashtirish
bozor
iqtisodi shakllanishini tezlashtiradi.
O`zbekiston milliy modelidagi muhim tomonlardan yana biri shuki, bozor
iqtisodiga o`tish silliq, osonlik bilan ro`y beradi deb hisoblamay, bu og`ir,
mashaqqatli va ma’lum iqtisodiy buzilish, beqarorlik kabi salbiy hodisalar bo`lib
turishi, e’tibor susayganda bunday salbiy oqibatlarning chuqurlashuvi ro`y berishi
mumkin. Chunki bu bir iqtisodiy tizimdan ikkinchisiga o`tishdan iborat bo`lib,
ko`pchilik iqtisodiy voqelik bir-biriga qarshidir. Bunday o`zgarish milliy modelning
har tomonlama mukammal bo`lishi va umumiylik, xususiylik hamda jahon tajribasini
o`z sharoitlarini to`la hisobga olib qo`llash kabilarni o`z ichiga olishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: