Rivojlangan darslik lotin tayyor doc


 Shimoliy Amerika erkin savdo assosatsiyasi (NAFTA)



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

14.2. Shimoliy Amerika erkin savdo assosatsiyasi (NAFTA) 
Shimoliy Amerika erkin savdo assosatsiyasi AQSH, Kanada, va Meksika 
o`rtasidagi kelishuv bo`lib, u 1994 yili yuzaga kelgan. Oldindan AQSH va Kanada 
o`rtasida iqtisodiy aloqalar juda kuchli bo`lgan va bu mamlakatlar ilgaridan biri-biri 
bilan chatishib, o`zaro kapital va ish kuchining mamlakatlararo harakati mavjud edi. 
Bularda TMK ta’siri kuchli bo`lib, integratsiyalashuvda rasmiy davlatlararo 
kelishuvlarga ehtiyoj bo`lmagan. Ma’lum darajada shunday jarayon Meksikaga ham 
taalluqli edi. Bundan tashqari 90 – yillarga kelib, jahonda yuz berayotgan siysiy va 
iqtisodiy o`zgarishlar integratsiyaning kuchayishini talab etar edi. Ayniqsa, yeI, 
Yaponiya, Xitoy, Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlarining iqtisodiy salohiyatining 
o`sishi, hamkorlik harakatining kengayishi kabilar Shimoliy Amerika davlatlari 
integratsiyasini chuqurlashtirishni zaruriyatga aylantirgan edi. Bunda AQSH 
tashabbuskor bo`lib, jahon bozorlarida raqobatbardoshlikni oshirish choralarini 
qo`llashga undar edi. 
AQSH, Kanada va Meksika yetakchi kompaniyalari moliyaviy, ilmiy-texnik 
va tadbirkorlik salohiyatlarini birlashtirishni ko`zlagan xolda raqobatbardoshlikni 
kuchaytirish maqsad qilingan edi. Albatta AQSH va Kanadaning rivojlangan 
iqtisodiyoti va Meksikaning ishlab chiqarish xarajatlarining pastligi birgalikda 
samara berishi mumkin. Aytaylik, bir soatlik ish vaqti 1993 – yili Kanadada – 5,75 
dolllar, AQSHda – 4,5 dollar bo`lgan bo`lsa, Meksikada – 50 
ц
entga teng kelgan. 
Birinchi navbatda Meksika bilan tovar ayriboshlashni erkinlashtirish ko`zda tutilgan. 
Chunki bu muammo AQSH va Kanada o`rtasida hal qilingan edi. 
Kelishuvda tashqi iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish, boj to`siqlarini 
bartaraf etish va tovar, xizmat, kapital va ish kuchi harakatlarining erkinligini 
ta’minlash kabilar ko`zda tutilgan. Avvalo uch mamlakat o`rtasidagi tayyor buyumlar 
savdosini chegaralash yo`q qilinadi. 1994 yildayoq sanoat va oziq-ovqat tovarlari 
poshlinasi 65%ga kamaytiriladi. Energoresurslar, qishloq xo`jalik mahsulotlari, 
to`qimachilik tovarlari, avtomobillar bozorlarida asta-sekinlik bilan erkinlashtirish 
ko`zda tutilgan.


335
1994 – yildan boshlab 15 yil ichida barcha savdo va investitsiya to`siqlarini 
olib tashlab, uch milliy bozorlarni birlashtiriladi va 400 mln.dan ortiq aholi uchun 
erkin savdo maydonini tashkil etiladi. Bunda 10 trln. dollardan ortiq jami mahsulot 
bir xalqaro bozorda siljishi ko`zda tutiladi. Bu jahon YAIMning 18 foizini tashkil 
etishi kerak. Shunday integratsiya bu uch mamlakat o`rtasida atrof muxitni saqlash va 
mehnat sohasida ham ko`zda tutiladi. Kelishuvdagi tadbirlarni bajarmaslik 
jazolanishga olib keladi.
Bu mamlakatlar o`rtasida iqtisodiy salohiyat bo`yicha farq katta. Aytaylik, 
Kanada YAIM AQSHning 10 foiz, Meksikaniki esa 5 foizni tashkil etadi. Aholi jon 
boshiga nisbatan olinsa, Kanada AQSHga nisbatan 90 foiz va Meksikada 15 foizga 
teng. NAFTA bu uch davlatlar ichida qoloq hisoblangan Meksikaga yordam 
bermaydi. Aytish kerakki, Meksikaning bu kelishuvga qo`shilishi rivojlanish davrini 
50 yildan 10-15 yilgacha qisqartiradi, deb baholanadi. Bunda chet kapitali miqdori, 
ayniqsa AQSH kapitalining yordami yuqori bo`lishi mumkin.
90 – yillar o`rtasidayoq chet investitsiya miqdori bo`yicha Meksika Lotin 
Amerikasi mamlakatlari ichida birinchi o`ringa chiqadi va yillik miqdori 8 mlrd. 
dollarga yetadi. 90 – yillar oxiriga kelib mehnat haqi real 29 foizga o`sadi. 
Shuningdek, NAFTA Meksikaga bir qancha majburiyatlarni yuklaydi. Qishloq 
xo`jalik mahsulotlari bo`yicha Meksika AQSH va Kanada bilan aloxida ikki 
tomonlama kelishuv tuzadi. AQSH va Kanada kompyuterlariga bo`lgan 20 foiz 
soliqni bekor qiladi. Bu arzon bo`lgan Yaponiya va Janubiy Korea texnikasini 
Meksika bozoridan siqib chiqarishga olib kelishi kerak. 10 yil ichida avtomobillarga 
bo`lgan ko`pchilik cheklanishni olib tashlashlari kerak. 1994 – yildan chet 
investitsiyalarni kengaytiruvchi qonun qabul qilinadi. Chet kapitalining Meksika 
banklari va sug`urta kompaniyalarida qatnashuviga yo`l ochiladi.
NAFTA AQSHga katta imkoniyat tug`dirmoqda, Amerika eksportining va 
shu bilan ish joylarini kengayishi, mehnat xajmli, material sig`imli, ekologik 
qimmatga tushadigan ishlab chiqarishni Meksikaga ko`chirish kabilar AQSH uchun 
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va bir qancha sanoat tarmoqlarining 
raqobatbardoshligini ko`tarish imkonini beradi.


336
NAFTA orqali Amerika TMKlari Lotin Amerikasi bozorlaridagi o`z 
mavqelarini kuchaytirishga umid qilmoqdalar. Shu bilan birga bu mamlakatlarda o`z 
kompaniyalari uchun ish joylarini ko`paytirish, raqobatbardoshlikni oshirish va 
foydani kuchaytirishga harakat qiladilar. 
Kanada ham bu kelishuvdan ko`p tomonlama o`z manfaatini kengaytirishga 
harakat qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, foydani ko`paytirish, yuqori 
texnikali tarmoqlarni (kompyuterlar, telekommunikatsiya, elektronika) kabilarni 
kengaytirishni amalga oshirish uchun harakat qilmoqda. 
Qisqa vaqt ichida bu kelishuv o`z samarasini ko`rsatdi. Aytaylik, uch yil 
ichidayoq, ya’ni 1994-1997 yillar ichida AQSHning Meksika va Kanada bilan tovar 
aylanish xajmi 44 foizga o`sgan.
Shunga o`xshash kelishuv Janubiy Amerikada ham bo`lib, u 
Merkasur
deb 
ataladi. Unga: Argentina, Braziliya, Paragvay va Urugvay davlatlari birlashtiriladi. 
Bu birlashma qit’aning 45% aholisi, 50% YAIM, 40% to`g`ri chet investitsiyasi, 60% 
tovar aylanishi va 33% tashqi savdo xajmini birlashtiradi.

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish